Yuklash
Chop etish

Mixail Korostikov: ekspert tahliliy materiallarni qanday tayyorlash kerak?

Birinchidan, biron bir mavzuga chin dildan qiziqtirish kerak, chunki busiz har qanday holatda ham yuqori natijalarga erishishni mutlaqo iloji yoq. Ikkinchidan, qat’iy ravishda ilmiy mezonlariga rioya qilish kerak, ya’ni sizning har qanday g’oyangiz, siz ilgari surgan gipoteza tekshirilib to’g’ri yoki noto’g’ri deb topilishiga asos bo’lishi kerak Ya’ni, maqola ilmiy standartlarga mos kelishi kerak

Bundan tashqari, maqola yaxshi yozilgan bo’lishi kerak. Keng auditoriya uchun tushunarli, osongina ilg’ay olsa bo’ladigan, keraksiz qiyin so’zlarni o’z ichiga olmagan, besh qatorli jumlalardan tashkil topmagan, sodda tilda  yozilishi  kerak. Siz Lev Tolstoy emassiz, siz tahlilchisiz, shuning uchun imkon qadar aniqroq, qisqacha va tiniq yozishingiz kerak.

Matnni tuzishda asosiy qoidalar mavjud. Tahliliy matn odatda uchta qismdan iborat: kirish, asosiy qism va xulosa, va ularning barchasi piramida printsipiga asoslanib qurilgan. Kirish qismida biz asosiy qismda keng yoritiladigan barcha asosiy g’oyalarni sanab o’tamiz, xulosada  ham shunday qilamiz, shu bilan birga xulosada har bir paragraf  standartlashtirilgan bloklardan iborat bo’ladi.

Birinchi jumla bu ma’lum bir tezis bo’lib, uni keyingi paragrafda tahlil qilasiz, so’ng bir nechta jumlalar – bu tezisning isboti, so’ngra bir guruh, kichik qo’shimcha dalillar yoki keyingi paragrafga o’tish. Ushbu shakl yozma matnni yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Uncha ko’p vaqtga ega bo’lmagan o’quvchi shunchaki kirish qismi yoki xulosani ko’rib chiqish bilan tiyilishi mumkin. Agar u biroz ko’proq vaqtga ega bo’lsa, lekin bu vaqt maqolani to’liq o’qish uchun yetarli bo’lmasa, u shunchaki yuqori chap deb ataladigan burchaklardan ko’z yugurtirib chiqishi mumkin, ya’ni asosiy qismning barcha xatboshilaridagi birinchi satrlarni o’qishi mumkin. Ideal holda, bundan keyin u sizning barcha asosiy g’oyangizni tushunishi kerak. Maqolaning kirish qismi va xulosasi muallifning asosiy g’oyasini aks ettirishi kerak.

Uslub

Agar biz matnni o’quvchiga qanday tushunarliroq qilish haqida gapiradigan bo’lsak, unda avvalo uslubga e’tibor berishingiz kerak: uni qanday qilib tushunarli, zerikarli ilmiy matnga o’xshab qolmasligini ta’minlashimiz kerak, qanday qilib o’zingizning fikringiz, g’oyangiz o’quvchiga yaxshiroq yetib borishi uchun matnni qanday yaxshilash kerakligi haqida o’ylash kerak. Buning uchun jumlalarni maksimal darajada qisqartirsangiz arziydi. Ideal holda, jumlalar ikki qatordan oshmasligi kerak. Qo’shma gaplarni qisqartiring, iloji boricha vergul o’rniga nuqta qo’ying. Ega va kesimni jumla  boshida va ulardan keyin to’ldiruvchini qo’ying. Passiv kollajlardan va haddan tashqari uzun kirish so’zlardan saqlaning. Avvaliga bu sizning matningizni yomonlashtiradiganga o’xshaydi, ammo analitik matningizning haqiqiy boyligi unda keltirilgan fikrlardir va ular sizning o’quvchingizning qalbiga qanchalik tez yetib borsa, bu unga yaxshi bo’ladi. Murakkab tuzilgan jumalalardan qochish – bu professionallikning belgisidir.

Qanday qilib ekspert analitik maqolalarni tushunish uchun oson qilib yozish mumkin?

Asosiy maslahatlar:

  • Jumlalar ikki qatordan oshmasligi kerak
  • Murakkab tuzilgan jumlalardan saqlaning
  • Fikrlarni aniq va tiniq yetkazish kerak.
  • “to’ntarilgan piramida” tamoyiliga amal qiling
  • Kirish va xulosa – maqolaning eng muhim qismlari
  • Esingizda bo’lsin: ko’pchilik maqolani to’liq o’qimaydi

Yuqori sifatli tahliliy maqola odatda bitta asosiy g’oyani tasdiqlashga bag’ishlangan, bir necha yon fikrlarga ega bo’lishi mumkin, lekin ular hammasi asosiy g’oyani to’ldiruvchi, rivojlantiruvchi bo’ladi. Ammo umuman olganda, agar siz haqiqatan ham jiddiy va chuqur analitik tadqiqot ishini yozmoqchi bo’lsangiz, unda siz  bitta asosiy fikr doirasidan tashqariga chiqmasliginigiz kerak, chunki sizning vazifangiz yaxlit mikrokosmosni yaratish, hech bo’lmaganda bir muncha vaqt davomida shu mavzudagi barcha savolllarni yopadigan biron bir material yaratishdir. Ya’ni, sizning asaringizni o’rganayotgan o’quvchi, ha, savol yetarlicha chuqur o’rganilganligi, muallif nima demoqchi ekanligini tushundim, men unga ishonaman va u o’z pozitsiyasini tasdiqlash uchun yetarli dalillar keltirgan degan xulosaga kelishi kerak. Bu chuqurlikka shunchaki biz o’zimizni har qanday mayda-chuyda fikrlarga chalg’ib ketmasligimiz, balki butun vaqtimizni bitta aniq fikrni maksimal darajada isbotlash uchun sarflashimiz orqali erishamiz.

Ijodiy aloqalar

Yaxshi tahlilchi boshqa tahlilchilar bilan, hukumat amaldorlari, qaror qabul qiluvchilar, boshqa sohalardagi do’stlari bilan aloqalar tarmog’ini yaratishga katta e’tibor beradi, chunki siz qaysi sohaga odam kerakligini hech qachon bilmaysiz. Ya’ni, ochiqchasiga va tanishlar doirasini kengaytirish kerak.

Yaxshi tahlilchi ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashga juda diqqat bilan jiddiy qaraydi, u ulardan faol foydalanadi. O’z brendingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ib qilib, taniqli bo’ladi, tinglovchilarni muloqotga jalb qiladi, tanqiddan qo’rqmaydi. U o’zining barcha yutuqlarini ochiqchasiga e’lon qiladi va odamlar unga nima deyayotganini diqqat bilan tinglaydi, eng muhim asarlarini  ularga munosib tanqidiy baho bera oladigan tanishlariga yuborish bilan shug’ullanadi. Shunday qilib, o’zingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ib qilish har doim o’z natijasini beradi.

Umuman olganda, o’z sohasidagi mutaxassis doimiy ravishda yangi narsalarni o’rganadi, konferentsiyalar, seminarlarda qatnashadi, o’z-o’zini o’qitishdan to’xtamaydi va ba’zi yangi bilimlarni egallash, tahlillari va prognozlarining sifatini oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi.

Qanday qilib talabgori ko’p tahlilchi bo’lish mumkin?

  • Mavzuingizga samimiy qiziqish
  • Har bir muammoning tafsilotlari ochib berish
  • Ilmiy me’yorlarga rioya qilish
  • Sodda tilda yozish
  • Foydali tanishlar doirasini kengaytirish (mutaxassislar, amaldorlar, jurnalistlar)
  • O’zingizni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ib qiling va muxlislaringizni munozaraga jalb qiling.
  • O’z bilimingizni doimiy ravishda chuqurlashtirib boring
  • Ingliz tilini bilish

Maqolalarni nafaqat odamlar uchun, balki siz targ’ib qiladigan ma’lumotlarga qiziqadigan ma’lum bir guruh uchun yozish juda muhimdir. O’quvchingizning kim ekanligini bilish, siz o’zingiz uchun yozmoqchi bo’lgan maqolangiz bo’yicha ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhda maslahatlar olish uchun murojaat qilishingiz mumkinligini aniqlashni anglatadi.

Maqolani to’ldirib turuvchi muhim qo’shimcha tasviriy illustratsiyalar bo’lishi mumkin. Bu muallif mavzuning mohir mutaxassisi ekanligi va nafaqat o’z fikrlarini to’g’ri ifoda eta olishi, balki ularni vizualizatsia ham qila olishini anglatadi. Bunda yordamchilar tayyor matnni kerakli qolipga soluvchi va materialni yaxshiroq idrok etishga hizmat qiluvchi vositasidir. Bu jadvallar, rasmlar, videolar bo’lishi mumkin.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish