Download
Print

Inga Sikorska: dushmanlik tili nima va uni jurnalistikada qanday yengish kerak?

OAVda nafrat tili nima? Buni tushunish uchun bir nechta omillarni aniqlash kerak.

Birinchidan, nafrat tili deb har qanday irq, etnik, diniy, gender yoki ijtimoiy guruh vakillari uchun yoqimsiz va kamsituvchi deb hisoblanadigan nafratli ritorika, har qanday salbiy baho ifodalari va vizual tarkibga aytiladi. Nafrat tili kamsitishning bir turi bo’lishi mumkin, mojaro qo’zg’atishga va murosasizlikka undashi mumkin. Yoki ba’zi shablonli iboralar ijobiy kontekstda ishlatilsa, bunday hollarda mojaroni qo’zg’atishga undamayatgan bo’lishi mumkin.

Nafratli tili- bu har qanday irq, etnik, diniy, gender yoki ijtimoiy guruh vakillari uchun yoqimsiz va kamsituvchi deb hisoblanadigan salbiy baholash va vizual tarkibning har qanday shaklidir.

Paradoks shundaki, nafratni ifodalash so’z erkinligining bir qismidir va aksariyat hollarda uni ta’qiqlab bo’lmaydi. Ammo, shuni unutmangki, so’z erkinligi ichki axloq masalasidir va mojarolarga sezgir jurnalistika shu tamoyilga asoslanadi.

Fikr bildirish erkinligi – bu o’z nuqtai nazariga ega bo’lish, axborot va g’oyalarni hech qanday aralashuv va chegaralarsiz bemalol olish va tarqatish huquqidir.

Ko’pincha nafrat ritorikasi og’zaki mazmun jihatidan ba’zi odamlar uchun rost bo’lishi mumkin, ammo haqoratli  bo’lgan past nazar bilan qarash va stereotiplarda namoyon bo’ladi.

Masalan, nozik mavzulardagi hikoyalarda jurnalistlar ko’pincha qaharmonlarni tasvirlashda umumlashgan nutq iboralari va konflikt qo’zg’ovchi stereotiplardan foydalanadilar.

Klishelar – bu ommaviy ongda biron guruh vakillariga nisbatan  shakllangan stilistik jihatdan rangdor nutq imboralaridir. Stereotiplar – bu biror bir guruh vakillarining boshqa guruh vakillariga nisbatan umumiy xulosalari.

Nafratli nutq yoki tilning ommaviy axborot vositalarida juda keng tarqalgan ba’zi misollar:

diniy guruhlarga mansubligiga,

«Uning ekstremistik soqoli va kalta shimi bor edi». «Mikroavtobusda o’ralgan ayol  va soqol bir biriga yaqin o’tirgan (qirg’iz chada sakalcan bu yosh soqolli odam, diniy mutassib)». («O’rta Osiyodagi Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabining dushman tilini ommaviy axborot vositalarida monitoring qilish misollari ta’lim maqsadlarida namoyish etildi»)

Etnik mansubligiga ko’ra,

«Kavkaz millatiga mansub va osiyoliklar hariplar o’rtasida urushi bo’lgan». «Ularning bolalari maktabga bormaydilar, chunki hamma lo’lilar- o’g’rilardir va ba’zilari bu ishni har kuni qilishlari kerak» («O’rta Osiyodagi Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabining dushman tilini ommaviy axborot vositalarida monitoring qilish misollari ta’lim maqsadida namoyish etilgan»).

Gender mansubligiga ko’ra,

«Biz ularning payg’ambar hadislariga muvofiq harakat qilayotganlarini ko’rmoqdamiz. Yuqori qavatlardan besoqolvoz va pedofillar pastga irg’itmoqdalar » («O’rta Osiyodagi Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabining dushman tilini ommaviy axborot vositalarida monitoring qilish misollari ta’lim maqsadlarida namoyish etildi»)

va ijtimoiy guruhlarga mansubligiga ko’ra.

«qishloqlardan kelgan irkitlar va hariplar(Qozog’istondagi mambetalar, O’zbekistonda harip) poytaxtni tufurib tashlangan shaharga aylantirdi. Hammasini chiqqan joyiga qaytarib yuborib, dalada shudgor qildirish kerak! » («O’rta Osiyodagi Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabining dushman tilini ommaviy axborot vositalarida monitoring qilish misollari ta’lim maqsadlarida namoyish etildi»).

Misollarda ta’kidlangan klishe va stereotiplar nafrat nutqining salbiy baholash turi bo’lib, uni ta’qiqlab bo’lmaydi, chunki bu noqonuniy emas. Ammo axloq va to’g’rilik nuqtai nazaridan, jurnalistlar kundalik nutqida tanish bo’lishi mumkin bo’lgan bunday keng ishlatiladigan iboralarni o’z maqolalarida ishlatmasliklari kerak. Buning sababi shundaki, bunday stilistik jihatdan rangdor klishelar, ayniqsa mojarolarga moyil mavzularga oid materiallarda, zaif guruhni yanada ruhiy tushkunlikka solishi va ular haqida salbiy tasavvurlarini kuchaytirishi mumkin.

Jamiyatda tavsiflangan guruhlarga nisbatan murosasizlikni oshirmaslik uchun ushbu klishe va stereotiplarni qanday so’zlar bilan almashtirish mumkin?

«Uning ekstremistik soqoli va kalta shimi bor edi»

«Mikroavtobusda o’rangan ayol va soqol o’tirgan edi(qirg’iz tilida – yosh soqolli odam, diniy muta’assib)»

«Kavkaz millatiga mansub shaxslar va osiyolik hariplar o’rtasida urush bo’lgan»

«Ularning bolalari maktabga bormaydi, chunki lo’lilarning hammasi o’g’ri, shuning uchun ba’zilari har kuni bu ishni qilishlari kerak»

«Biz ularning payg’ambar hadislariga muvofiq harakat qilayotganlarini ko’rmoqdamiz. Yuqori qavatlardan besoqolvoz va pedofillar tashlab yuborilyapti»

«qishloqlardan kelgan irkitlar va hariplar(Qozog’istondagi mambetalar, O’zbekistonda harip) poytaxtni tufurib tashlangan shaharga aylantirdi. Hammasini chiqqan joyiga qaytarib yuborib, dalada shudgor qildirish kerak! »

Qanday iboralar mumkin emas va qandaylari mumkinligiga misollar:

“Uning ekstremistik soqoli va kalta shimi bor edi.”

“U soqolli, kalta shim kiygan odam edi.”

 

«Mikroavtobusda o’rangan ayol va soqol o’tirgan edi»

«Mikroavtobusda ro’mol o’ragan ayol  va soqolli bir erkak yonma-yon o’tirishar edi».

 

«Kavkaz millatiga mansub shaxslar  va osiyolik hariplar o’rtasida urush bo’lgan».

«O’n kishilik jang bo’ldi»

 

«Ularning bolalari maktabga bormaydi, chunki lo’lilarning hammasi o’g’ri, shuning uchun ba’zilari har kuni bu ishni qilishlari kerak»

«Ularning bolalari maktabga bormaydilar, o’zlari ham ishlamaydilar va ko’chada tilanchilik qiladilar va har kuni buni qilishlari kerak»

 

«Biz ularning payg’ambar hadislariga muvofiq harakat qilayotganlarini ko’rmoqdamiz. Yuqori qavatlardan besoqolvoz va pedofillar tashlab yuborilyapti»

«Biz ularning payg’ambar hadislariga muvofiq harakat qilayotganlarini ko’rmoqdamiz. Yuqori qavatlardan besoqolvoz va pedofillar tashlab yuborilyapti»

 

«qishloqlardan kelgan irkitlar va hariplar(Qozog’istondagi mambetalar, O’zbekistonda harip) poytaxtni tufurib tashlangan shaharga aylantirdi. Hammasini chiqqan joyiga qaytarib yuborib, dalada shudgor qildirish kerak! »

«Qishloqlardan kelgan ichki muhojirlar poytaxtni tuflab tashlangan shaharga aylantirmoqdalar»

 

Nafrat tili jurnalistikada yashirin shakllarda ham keng tarqalgan. Ba’zida, xavfsizlik masalalarini yoritishda, muxbirlar nafratli nutq atamalarni buzish va tushunchalarni almashtirish shaklida ishlatadilar, buning qanday oqibatlarga olib kelishini o’ylamaydilar. Gazeta maqolasidan ushbu xatboshidagi kabi:

«Manbaning so’zlariga ko’ra, D. tinchgina odam bo’lgan. Uning ta’kidlashicha, o’sha paytda hujumlar tashkilotchisi masjidga bormagan».

Ushbu gapdan auditoriya shunday xulosa qilishlari mumkin: tinch odam masjidga borishni boshlaganida, u terrorchilik hujumlarini amalga oshira boshladi. Bu yerda yashirin ritorika tushunchalarni almashtirish bilan bir qatorda, Islomni terrorizm bilan asossiz bog’lash ham namoyon bo’ladi.

«Manbaning so’zlariga ko’ra, D. tinchgina odam bo’lgan. Uning ta’kidlashicha, o’sha paytda hujumlar tashkilotchisi masjidga bormagan».

  • tushunchalarni almashtirish
  • asossiz
  • Islomni terror bilan bog’lash

Yana bu kabi gaplar ham nafrat ritorikasining shakllaridan biridir, garchi unda haqoratli so’zlar mavjud emas bo’lsada “O’z etnik guruhining ustunligi to’g’risida fikr yuritish”ga doir gaplar mavjud.

«Biz buyuk xalqmiz! Biz dunyoga buyuk san’atkorlarni, yozuvchilarni, shoirlarni berdik! Buyukligimizni unutmaylik!»

Va bu yerda juda kam kishi o’ylashi mumkin bo’lgan jihat shundaki, bir guruhning etnik maqtovchi va ko’klarga ko’taruvchi bunday gaplar, ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilganda  shu davlatda yashovchi boshqa millat vakillarini,  boshqa etnik guruhlarning maqomini avtomatik ravishda pasaytiradi va shu bilan bu guruhlarni chetga suradi. “Millat” so’zining o’rniga mamlakatning nomini ko’rsatib, shunday deyish to’g’ri bo’ladi: “Biz shunday va bunday mamlakatning buyuk xalqimiz”, bu ijobiy gap bo’lib, jamiyatni birlashtiradi va jipslashtiradi.

«Biz —– davlatning buyuk xalqimiz»

Nafratli tilning yana bir keng tarqalgan turi, stereotiplar va taxminlarni umumlashtirish orqali diniy, etnik yoki har qanday ijtimoiy guruhning salbiy qiyofasini yaratish deb tasniflanadi.

«Xitoyliklar barcha ish joylari egallab olganlarii sababli, kichik qirg’iz xalqi yo Rossiyada ishlashga, yoki Suriyada jihod uchun jang qilishga majbur bo’lmoqda».

Maqoladagi ushbu misol bir vaqtning o’zida turli xil dushman tillar shaklida bir nechta xatolarni o’z ichiga oladi:

Birinchisi, faktlar bilan tasdiqlanmagan umumlashtirilgan stereotip – xitoy etnik guruhini salbiy kontekstda eslash.

Shu bilan birga, chap yoki o’ng tarafda yozuvlar ko’rinadi:

«Barcha ishlarni xitoyliklar egallab oldilar» –

bu umumlashtiruvchi stereotip, hech qanday faktlar bilan tasdiqlanmagan –  xitoylik etnik guruh haqida salbiy konteksga bog’lash:

Keyin yuqoridagi jumla o’chirib tashlanadi va yangi bir yozuv paydo bo’ladi:

Aslida qanday yozish kerak: Qirg’izistonda ishsizlik  …% tashkil etadi. Shu bilan birga, …% ish joylari chet elliklar tomonidan egallangan (siz qaysi davlatlardan kelganlarini sanab o’tishingiz va Xitoy fuqarolari qancha ish joylarini egallaganini aniq ko’rsatishingiz mumkin.)

Ikkinchisi – bu etnik guruhning minimallashtirilishi orqali salbiy tasvirni yaratish. Etnik guruhga nisbatan “kichik” degan so’zni qo’llash ushbu etnik guruhga tegishli bo’lgan auditoriyada o’zini pastga urilgan his qilishiga olib kelishi mumkin.


 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Download
Print