Download
Print

Gulafshon Sokieva: Jurnalistik surushtiruv nima va uni qanday amalga oshirish kerak?

Jurnalistik tekshiruv – bu jamiyat muammolari, korruptsiya, qonun buzilishi, xizmat vakolatlarini suiste’mol qilish yoki ilgari biron sababga ko’ra jamoatchilik tomonidan sir saqlanib qolgan ma’lumotni ochib beradigan material.

Jurnalist ma’lum rejaga amal qilgan holdagina muvaffaqiyatli jurnalistik tekshiruv o’tkazishi mumkin. Ya’ni, jurnalistik surushtiruvni boshlashdan oldin, uni amalga oshirish bo’yicha aniq rejamiz bo’lishi kerak.

Jurnalistik surushtiruv o’tkazish uchun mavzu tanlash juda muhim qadamdir. Jurnalist qonun qayerda buzilganligini va qayerda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganligini bilishi kerak.

Shuni unutmangki, bizning surushtiruv mavzuimiz jamiyat uchun ahamiyatiga ega bo’lishi kerak. Agar siz hech kimga qiziq bo’lmagan mavzuni o’rganmoqchi bo’lsangiz, vaqtingizni behuda ushbu mavzuga sarflamang. Bunday mavzularga kirishmaslik afzal.

Jurnalist istalgan sohada jurnalistik tekshiruvlar o’tkazishi mumkin, ammo u surushtiruv maqsadi jinoyat, poraxo’rlik va qonun buzilishining aniqlash bo’lishi kerakligini yodda tutishi kerak. Masalan, jurnalist jurnalistlik surushtiruvini quyidagi sohalarda olib borishi mumkin:

 

  • Siyosat
  • Jinoyatchilik
  • Moliya
  • Jamiyat muammolari

 

Agar jurnalist siyosiy sohada surushtiruvlar o’tkazmoqchi bo’lsa, u saylovoldi tashviqotlari, partiyaviy faoliyat, davlat xizmatidagi tayinlovlar, qonunchilik va siyosatchilarning daromadlari to’g’risida surushtiruv o’tkazishi mumkin.

Agar jurnalist biror jinoyat yuzasidan surushtiruv qilishni istasa, uning jurnalistik tekshiruvlari inson huquqlari, odil sudlovning buzilishi, kontrabanda yoki odam savdosi kabi mavzularga doir bo’lishi mumkin.

Korruptsiya sxemalarini yuzaga chiqarish surushtiruv jurnalistikasining sevimli mavzularidan biridir. Ushbu sohada ishlash uchun jurnalistlar quyidagi yo’nalishlarni o’rganishlari mumkin: birinchi yo’nalish – bu davlat moliyasi: Masalan:

  1.  Jamiyatdagi imtiyozlar
  2.  davlat byudjeti
  3.  soliq imtiyozlari
  4.  davlat xaridlari

 

Ikkinchi yo’nalish –  shaxsiy boylik to’g’risida ochiq ma’lumotlar: banklar, kreditlar, korporativ moliyaviy sug’urta, investitsiya bozori ishtirokchilari ham jurnalistik surushtiruvlar uchun yaxshi mavzular bo’lishi mumkin.

Su’rat egasi: Oleg Xomenok

Jurnalistik surushtiruvlarga yangi kirib kelganlar uchun ko’pincha ijtimoiy mavzularga oid muammolarni tadqiq qilishdan boshlash tavsiya etiladi. Ta’lim, sog’liqni saqlash, kommunal xizmatlar, kam ta’minlanganlar uchun imtiyozlar, davlat ijtimoiy dasturlari va boshqa sohalarda jurnalistik surushtiruvlar olib borish tavsiya etiladi.

Jurnalistik tekshiruvning yana bir talabi gipotezaning mavjudligi va uning tasdiqlanishi. Gipoteza – bu surushtiruv davomida jurnalist tomonidan tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan taxmin, talqin yoki bayonot. Gipoteza surushtiruv subyekti va jarayonini aniqlashtiradi. Gipoteza quyidagi savollarga javob berishi kerak: kim, nima, qanday qilib, nimaning natijasida, qonun nimaga buzilmoqda va oqibatlari qanday?

Mavzuni ochib berish uchun asosiy javob berilishi kerak bo’lgan savollarni shakllantirish muhimdir. Savollarga javoblar topish bizning farazimizni isbotlash yoki rad etishga yordam beradi. Ma’lumotlarga oid savollar dalillarni to’plashga yordam beradi. Keyin, biz mavzu bo’yicha fikr va mulohazalarni to’plashimiz uchun, baholash savollarini shakllantirishimiz kerak.

Jurnalistik surushtiruvning navbatdagi qismi – axborot manbalari. Qo’yilgan savollarga javob topishga yordam beradiganlar kim va ularni qayerdan topish mumkin?

Muhim ma’lumotlarga ega axborot manbai sifatida ko’riladigan odamlar bilan birga, hujjatlarga, tashkilotlar, ijtimoiy tarmoqlar, arxivlar, ma’lumotlar bazalari va ommaviy axborot vositalari ham axborot manbai bo’lishi mumkin.

Material to’plash usullari ham jurnalistik surushtiruvning muhim qismidir, unga quyidagi bo’limlar kiradi:

Shaxsiy kuzatuvlar

– Hujjatlarni o’rganishga imkon mavjudligi

– Odamlarni intervyu qilish

– tadqiqot, tahlil va diagnostika.

Biz hamma narsani allaqachon bilib olgach, asosiy intervyuga boramiz. Asosiy intervyu qilishdan maqsad – surushtiruv qahramonining izohlari va tushuntirishlarini olish.

Biz barcha kerakli ma’lumotlarni topib, asosiy intervyu o’tkazgandan so’ng, biz matnni tuzish va loyihalashtirishga o’tamiz.

Bizning jurnalistik tekshiruvimiz tugagandan so’ng, tayyor material nashr etilishidan oldin u huquqiy ekspertizadan o’tishi kerak. Huquqiy ekspertiza bu jurnalist ishlayotgan yoki o’z surushtiruvini nashr etgan jurnalist uchun ham, OAV uchun ham xavfsizlik kafolati hisoblanadi.

Jurnalistik tadqiqotlar o’tkazishda asosiy tavsiyalardan biri ma’lumotlar arxivni saqlab qo’yishdir. To’plangan materiallar kelajakda mavzuga tezda qaytishga yordam beradi. Bundan tashqari, to’plangan materiallardan surushtiruv qahramoni sudga murojaat qiladigan bo’lsa, dalil sifatida foydalanish mumkin bo’ladi.

Ehtimol, surushtiruv olib borga jurnalist jurnalistlik tekshiruvini o’tkazishda shunga o’xshash muammolarga duch kelishi mumkin. Ya’ni, jurnalistga qarshi jinoiy yoki ma’muriy ish qo’zg’atilishining har doim huquqiy xavfi mavjud.

Boshqa xatarlar va tahdidlar jurnalistning obro’siga, ishiga va sog’lig’iga yoki shaxsiy hayotiga doir bo’lishi mumkin. Har qanday surushtiruvchi  jurnalist uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni minimallashtirish uchun jurnalistik tekshiruv o’tkazishda yuqoridagi sxemaga rioya qilishni unutmaslik kerak.

Mavzuda doir qo’shimcha adabiyot: Jurnalistik surushtiruvlar uchun qo’llanmalar (Mark Li Hunter muallifligida nashr etilgan, IWPR tomonidan 2015 yilda qayta bosilgan)

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Download
Print