#tavsiyalar: TikTokda biznesni qanday rivojlantirish va trendda bo’lish mumkin?

Kurs haqida:

Ushbu kursda siz TikTok platformasi bilan tanishasiz va TikTokda biznesni targ'ib qilishning eng omadli va eng omadsiz misollari yordamida biznes egalari uchun kontent yaratish asoslarini o'rganasiz. 

Kurs doirasida siz ilova interfeysini, rag'batlantirish algoritmini, shuningdek akkauntni qadoqlash qoidalarini tahlil qilasiz. Bundan tashqari, mualliflar sizga TikTokda kontentni targ'ib qilish strategiyasi haqida gapirib berishadi, kontent yaratish usullari hamda vositalari va tavsiyalarga qo’shilish imkoniyatini oshiruvchi mezonlar bilan bo’lishadilar.

Kurs uchta moduldan iborat bo'lib, amaliy vazifalarni bajarishni hisobga olgan holda 2 haftalik o'qish uchun mo'ljallangan. Haftalik yuklama 3-4 soatni tashkil etadi (bu bo'limning murakkabligi va mustaqil ish bajarilishiga qarab o’zgaradi). Modullar 15 daqiqagacha bo'lgan video ma'ruzalardan iborat. Bu videolar foydali havolalar, mavzu bo’yicha testlar, shuningdek, mustaqil tarzda amalga oshirish zarur bo’lgan vazifalarni hamda batafsil ma’lumotlar bilan boyitilgan matnlardan tashkil topgan.


Kurs Go Viral loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Bu AQSh Davlat departamenti homiyligidagi loyiha boʻlib, AQShning Markaziy Osiyodagi missiyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi va Markaziy Osiyodagi Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) tomonidan amalga oshiriladi. Go Viral odamlarga yangi texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy mediya va yangi platformalar orqali o'z kontentlarini ixtiro qilish, yaratish, targ'ib qilish, xabardor qilish, ko'ngil ochish va global auditoriya bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish imkonini beradi.

 
2 hafta
Treningni boshlash uchun ro'yxatdan o'ting
Hisobingiz bormi?
Сўровномани тўлдириш

Siz nimani o'rganasiz?

TikTok interfeysi va algoritmi
Biznes akkauntni qadoqlash asoslari
TikTokda kontent yaratish yo’llari
Videolarga texnik talablar, layfhaklar
Kontentni mashhur qilish strategiyasi

Dastur

  • Modul 1

    Ushbu modulda siz ilovaning interfeysini va TikTok algoritmining o’ziga hos xususiyatlarini tahlil qilasiz, shuningdek, TikTokda akkauntni to'g'ri qadoqlashni o'rganasiz (nik, bio, avatar, heshteglar)

  • Modul 2

    Ushbu modulda siz reklama strategiyasi va g'oyalarini ishlab chiqish uchun vositalar va ma'lumotlar hamda TikTokda kontent yaratish usullari bilan tanishasiz.

  • Modul 3

    Ushbu modul sifatli kontent yaratish va uni TikTokda targ'ib qilish uchun zarur bo’lgan amaliy vositalarga bag'ishlangan

  • Тест

O'qituvchilar

Tez-tez so'raladigan savollar