Kinoda prodyuserlik asoslari

“Kinoda prodyuserlik asoslari” kursining maqsadi kino ishlab chiqarishning fundamental xususiyatlari bilan tanishtirish hisoblanadi, ya’ni:

  • Kinoda prodyuserlik nima ekani haqida tushuncha berish;
  • prodyuserning malaka va vazifalarini bilib olishga ko‘maklashish, shuningdek kino ishlab chiqarishda prodyuserlar iyerarxiyasi bilan tanishtirish; 
  • g‘oyani qanday qilib ishlab chiqarish jarayonigacha olib chiqish haqida tushuncha berish, hamda filmni moliyalashtirishning zamonaviy imkoniyatlari, jumladan investitsiya paketi  bilan tanishtirish;
  • ishlab chiqarishning, bevosita prodyuser faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlari va tarkibiy qismlari bilan tanishtirish; 
  • zamonaviy sharoitlarda kino ishlab chiqarish jarayonida e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan ayrim o‘ziga xosliklar va xalqaro standartlar haqida tushuncha berish. 

Kursning natijasi

Kurs yakunida siz zamonaviy kino ishlab chiqarish sanoatida prodyuserning vazifalari, funksiyalari va malakalari nimalardan iboratligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz. O‘qish jarayonida siz, shuningdek prodyuserlik vazifasi o‘zingizga qanchalik mos kelishini aniqlashtirib ham olasiz, agar mos keladi, deb hisoblasangiz – ishni nimadan boshlash kerakligi haqida tushuncha beramiz. Mazkur kursda bo‘lg‘usi prodyuserlar uchun amaliy layfxaklar va maslahatlardan tashqari, prodyuserlik vazifalari haqidagi o‘z tasavvurlarini kengaytirish istagidagi rejissyorlar uchun ham foydali ma’lumotlar mavjud. Bu esa loyihalaringizning bo‘lg‘usi ehtimoliy prodyuserlari bilan ish yuzasidan munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilishingizda qo‘l keladi.

Kursning shakli

Kurs 3 ta moduldan tashkil topgan va 2 haftalik o‘qitishga mo‘ljallangan. Bo‘limning murakkabligi va mustaqil ishning hajmidan kelib chiqib, o‘quvchilarning haftalik yuklamasi 2 – 3 soatni tashkil qiladi. Modullar 13 daqiqagacha bo‘lgan video m’ruzalardan, ma’ruzalarning matnli konspektlaridan, mustaqil ishlash uchun toshiriqlardan va yakuniy testdan tashkil topgan.


Ushbu kurs Go Viral loyihasining 48 Hour Film Race asosida ishlab chiqildi.

Bu AQSh Davlat departamenti homiyligidagi loyiha boʻlib, AQShning Markaziy Osiyodagi missiyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi va Markaziy Osiyodagi Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) tomonidan amalga oshiriladi. Go Viral odamlarga yangi texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy mediya va yangi platformalar orqali o'z kontentlarini ixtiro qilish, yaratish, targ'ib qilish, xabardor qilish, ko'ngil ochish va global auditoriya bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish imkonini beradi.

 
2 hafta
Treningni boshlash uchun ro'yxatdan o'ting
Hisobingiz bormi?
Сўровномани тўлдириш

Siz nimani o'rganasiz?

Kinoprodyusserlik o'zi nima?
Kino ishlab chiqarish iyerarxiyasida qanday turdagi prodyusserlar mavjud?
Zamonaviy kinochilikda prodyusserning asosiy vazifa, funktsiya va bilimlari nimadan iborat?
Kinoindustriyaning zamonaviy standartlari
Kino ishlab chiqarishda nimalardan chetlashish lozim?
Filmning investitsion paketi va byudjetlashtirilishi

Dastur

O'qituvchilar

Tez-tez so'raladigan savollar