Iqtisodiyot qanday qilib kreativ tus oldi?

Kurs haqida

Iqtisodiyotga kreativlik nega kerak? Biznes qachon ijodga aylanadi? Nima uchun yechimlarni emas, balki muammolarni izlash kerak? Intellektual mulk qo‘shilgan qiymat zanjiri bilan qanday bog‘langan? «Iqtisodiyot qanday qilib kreativ tus oldi?» nomli kirish onlayn-kursida qatnashib, Siz yuqoridagi va boshqa ko‘plab savollarga javob topishingiz mumkin.

Kurs Markaziy Osiyolik talabalar, ijodiy kasblar (raqamli kontentlar yaratuvchilari, dizaynerlar, musiqachilar, teatr va kino san’ati vakillari, hunarmandlar, marketologlar), hamda turdosh kasblar (prodyuserlar, art-menejerlar, noshirlar, jurnalistlar, yuristlar) vakillari uchun qiziqarli va foydali bo‘lishi mumkin. 

Maqsadlari

Kirish kursining maqsadi – sizga kreativ iqtisodiyotning tezkor rivojlanib borayotgan olamida o‘z yo‘lingizni topib olishingiz uchun taklif va tavsiyalar berish, ya’ni:

– jahon amaliyoti va Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid keyslar misolida kreativ sanoat tushunchasi, o‘ziga xosligi va imkoniyatlari bilan tanishtirish; 

– kreativ tadbirkorlikning kreativ iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi ekani haqida so‘zlab berish; 

– o‘zingizni ana shu global harakatning bir qismi sifatida his qilishingizga va iqtidor, g‘oya va bilimlarga asoslangan shaxsiy tashabbuslaringizni rivojlantirish imkoniyatlarini topa olishingizga yordamlashish;

– sizga mintaqadagi o‘zingizga zarur kreativ hamjamiyatlarni topishingizda ko‘maklashish.

Kurs natijasi: kurs yakunida sizda kreativ iqtisodiyotning nimaligi, Markaziy Osiyoda qanday kreativ sanoatlar rivojlanayotgani; kreativ iqtisodiyot ishtirokchilari uchun imkoniyatlar va chaqiriqlar nimalarda namoyon bo‘lishi, kreativ sanoatlarda tadbirkorona fikrlashni shakllantirish hamda karyera va biznes strategiyalarni amalga oshirish borasida yangi ko‘nikmalarga qanday ega bo‘lish mumkinligi borasida aniq tasavvurlar hosil bo‘ladi.     

Kursning formati

Kurs 3 ta modulni o‘z ichiga olgan va 2 haftalik o‘qitish uchun mo‘ljallangan. Kursda o‘qiyotganlarning bir haftalik yuklamasi 3 – 4 soatni (bo‘limning murakkabligi va mustaqil ishlar hajmidan kelib chiqib) tashkil qiladi. Modullar davomiyligi 13 daqiqagacha bo‘lgan video ma’ruzalardan, ma’ruzalarning matnli konspektlaridan, foydali havolalardan, har bir modul bo‘yicha nazorat testlaridan, shuningdek mustaqil bajarish uchun vazifalardan tashkil topgan.


Kurs Go Viral loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Bu AQSh Davlat departamenti homiyligidagi loyiha boʻlib, AQShning Markaziy Osiyodagi missiyalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi va Markaziy Osiyodagi Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) tomonidan amalga oshiriladi. Go Viral odamlarga yangi texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy mediya va yangi platformalar orqali o'z kontentlarini ixtiro qilish, yaratish, targ'ib qilish, xabardor qilish, ko'ngil ochish va global auditoriya bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish imkonini beradi.

 
2 hafta
Treningni boshlash uchun ro'yxatdan o'ting
Hisobingiz bormi?
Сўровномани тўлдириш

Siz nimani o'rganasiz?

Kreativ iqtisodiyot nima?
Jahon amaliyotiga asoslangan kreativ iqtisodiyot qanday ishlaydi?
Kreativ tadbirkorlik nima?
Tadbirkorlik ongini rivojlantirish uchun qanday yangi ko'nikmalarga ega bo'lish mumkin?
Mamlakatga oid keys: Kreativ Qirg‘iziston
Kreativ iqtisodiyot ishtirokchilari uchun qanday imkoniyatlar va muammolar mavjud?

Dastur

O'qituvchilar

Tez-tez so'raladigan savollar