Kurs haqida
Bu kurs ma’lumotlar jurnalistikasi haqidadir. Kursning asosiy maqsadi ma’lumotlar jurnalistikasi nima, uning klassik (можно заменить слово “Klassik” на
” an’anaviy”) jurnalistikadan farqi nimada va jurnalistik material uchun qanday qilib g’oya o’ylab topish, bundan tashqari ma’lumotlarni va hikoyani qayerdan qidirish mumkinligi haqida asosiy bilim va tushunchalarni berishdir. Kursdan olgan bilimlaringiz orqali ma’lumotlarni vizualizatsiya yordamida o’quvchiga taqdim etishingiz mumkin.
Kurs shakli
Kurs tarkibi 4 ta modul, 1 ta skrinshot va 10 ta savoldan iborat yakuniy testdan tashkil topgan. Kurs 6 hafta uchun mo’ljallangan bo'lib, hafta davomida 2-3 soat (bo’limning murakkabligiga qarab) vaqtingizni oladi. Agar xohlasangiz, kursni to’rt marta takrorlashingiz mumkin, testni takroran 6 ta urinishda ishlashga ruxsat etilgan.
Har bir modul 8-15 daqiqagacha davom etadigan video ma’ruzalardan iborat bo’lib, matnlardagi qisqartmalar ta’rif va foydali havolalar bilan ta’minlangan. Screencast (ekran yozuvi) Qozog’iston ma’lumotlar tahlilining namunasini o’z ichiga oladi. Kurs modullari ketma-ketlikda ochiladi.
Talablar
Kurs ma’lumotlar jurnalistikasiga qiziqadigan keng auditoriya uchun mo’ljallangan. Jurnalistikaga endi qadam qo'yganlar, Markaziy Osiyodagi universitetlarning jurnalistika fakultetlari o’qituvchilari va talabalari uchun tavsiya etiladi.
Axborot kompyuter texnologiyalari (kompyuter foydalanuvchisi va ommabop ijtimoiy tarmoqlar darajasida) bo’yicha minimal bilim talab etiladi. U amaliyotchi jurnalistlar, muharrirlar va o’qituvchilarning malakasini oshirishiga ko'maklashadi.
Ma’lumot uchun:
Ushbu kurs IWPR CA-ning “Markaziy Osiyoda yangi media va raqamli jurnalistikani rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalari, o’qituvchilar, jurnalistika fakulteti talabalari va amaliyotchi jurnalistlarning zamonaviy va xolis kontent ishlab chiqarish salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Kurs materiallari faqat media-maktab platformasiga joylashtiriladi va faqatgina kursga ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilarga taqdim etiladi. Loyiha doirasida yaratilgan barcha kurslar IWPR CA-ning mulki hisoblanadi va IWPR CA-ning qaroriga binoan boshqa loyihalar uchun ishlatilishi mumkin.
Qo'shimcha manbalar:
Shuningdek, "10 yil davomida infografikani o'rganish davomida nimalarni o'rgandim" veb-seminari va "Data jurnalistikasi nima" video qo'llanmasini tomosha qilishingiz mumkin.