O’quv Kursi Haqida

O’quv Kursi yangi media va shaxsiy brendni yaratishning asosiy printsiplariga, shuningdek ijtimoiy platformalarda yuqori sifatli kontent yaratishga bag'ishlangan. Vizualizatsiya, video hikoya qilish, tanqidiy fikrlash, mojaroviy va gender sezgirlik haqidagi modullarni o'z ichiga oladi.

Kursning asosiy maqsadi - yangi axborot vositalaridagi yangiliklarga o'quvchilar qanday munosabatda bo'lishlari va ularni qanday qabul qilishlari haqida asosiy bilim va tushunchalarni berish; muvaffaqiyatli onlayn kontentni yaratish, mojarolar va genderga bog'liq nozik taraflarni hisobga olgan holda onlayn jurnalistikani targ'ib qiluvchi vositalar va usullar haqida bilimlar berish;

Oquv Kursining formati:

Kurs 12 asosiy modulni o'z ichiga oladi va 12 haftalik o'qish uchun mo'ljallangan. Talabalarning haftalik o’qish yuki 5-7 astronomik soatni tashkil etadi (bo'limning murakkabligiga qarab).

Har bir modul quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Video ma'ruzalar (ma'ruzachining leksiyasi yoki mavzuni tushuntiruvchi prezentatsiya formatida);
  • Matnli tarqatma ma'lumotlar;
  • Nazariy materiallarning o'zlashtirilishini tekshirish uchun test topshiriqlari (kursning har bir bo'limiga 7-10 ta savol). Kursning har bir ishtirokchisi har bir modulning testini 80% ga topshirishi kerak va shundan keyingina keyingi modulni o'rganishga kirishishlari mumkin. Testni ko’pi bilan 10 marta topshirish mumkin. Agar 10 ta urinish tugasa, tizim ishtirokchini avtomatik tarzda bloklaydi va ishtirokchi kursga yana boshidan ro'yxatdan o'tishi kerak. Shu munosabat bilan, agar testdan o'tish uchun birinchi urinishlar muvaffaqiyatsiz bo'lsa, video darslarni, nazariy va amaliy topshiriqlarni qayta mutaola qilib chiqishni iltimos qilamiz;
  • Olingan bilimlarni mustahkamlash uchun amaliy mashqlar. Ushbu vazifalarni bajarish ixtiyoriydir, ularni mutlaqo mustaqil bajarish kerak;
  • Yakuniy nazorat testi butun o’quv kursi bo’yicha o’kaziladi va 80% to’g’ri javob berib imtihondan o’tganlar uchun elektron yoki qattiq qog'oz shaklida sertifikat beriladi;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda bilimlarni mustahkamlash va ko'nikmalarni rivojlantirish uchun o’quv marafonlar o’tkaziladi.

Talablar

Kurs O'rta Osiyo mamlakatlari universitetlarining jurnalistika fakultetlari talabalari va yangi boshlovchi jurnalistlar uchun mo'ljallangan.

Kompyuter axborot texnologiyalari to'g'risida minimal bilim va ko’nikmaga ega bo’lish talab qilinadi (shaxsiy kompyuter va ommalashgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchisi darajasida). Kursdan shuningdek ish amaliyoti bor jurnalistlar va muharrirlarning malakasini oshirish uchun ham foydalanish mumkin.

Ma'lumot uchun:

IWPR CA "Markaziy Osiyoda yangi media va raqamli jurnalistikani rivojlantirish" loyihasi doirasida OAV, o'qituvchilar, jurnalistika kafedralari talabalari va amaliyotchi jurnalistlarning yuqori sifatli raqamli, zamonaviy, holis va ob’yektiv materiallarni ishlab chiqarishda salohiyatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Ushbu loyiha doirasida IWPR CABAR.asia Media Maktabining yangilangan veb-saytini va "Yangi ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan tanishish" - birinchi modulli onlayn o’quv kursini ishga tushirdi. O’quv Kurs materiallari faqat mediya maktabining platformasida joylashtiriladi va faqat kursga ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar foydalanishlari mumkin bo’ladi. Loyiha doirasida yaratilgan barcha o’quv kurslar IWPR CA-ning mulki bo'lib, boshqa loyihalar uchun IWPR CA-ning ixtiyoriga ko'ra ishlatilishi mumkin.

 
Register to start training
Already have an account?

Program

Instructors

Frequently asked questions