Yuklash
Chop etish

Eldiyar Arikbaev: Internet nashrlari uchun qanday qilib sodda tilda yozish mumkin?

Ko’pincha, Internet-jurnalistikaga yangi kelganlar maqola yozishni nimadan boshlashni bilishmaydi: maqola nimadan iborat, jumlalarni qanday tuzish kerak, qanday printsiplarga rioya qilish kerak va hokazo. Menga tajribasiz jurnalistlar kelganda, ular odatda g’ayratga to’la va hayollarida dunyodagi hamma ular yozgan “san’at asarlarini” yotvolib o’qishga tayyordek. “Like”lar va maqtovga to’la sharhlar darhol oqib keladiganday va katta hamkasblar hurmat belgisi sifatida qo’l siqishni boshlaydilar go’yo. Aslo unday bo’lamaydi.

Yozishni boshlashdan oldin siz bir nechta oddiy haqiqatlarni tushunib olishingiz kerak.

Birinchisi. O’quvchingiz matningni o’qib chiqishiga ko’p vaqt yo’q.  Agar sizning matningiz o’rtacha bir daqiqada o’qilsa – bu juda yaxshi. Ko’pgina hollarda, o’quvchi sarlavhani o’qish va rasmni ko’rish bilan cheklanadi. Buni tadqiqotlar tasdiqlaydi: Internetda maqolalar o’qilayotganda maxsus uskunalar foydalanuvchilarning ko’zi bilan ko’rgan narsalarni ilg’ay oladi.

Ikkinchisi. Siz o’quvchi e’tiborini jalb qilish uchun boshqalar bilan raqobat qilishingiz kerak. Ya’ni, sizning maqolangiz foydalanuvchining  ijtimoiy tarmog’idagi tasmasida mushuklarning fotosuratlari va do’stlarning tabriklari bilan birga ko’rinadi. Bu holat sizning maqolangizga e’tibor berilishini tushurib yuboradi.

Uchinchisi. Yaxshi yozish ham yetarli emas. O’quvchini topishimiz kerak. O’quvchi sizning matningizni topib o’qib chiqishini kutmang. Endilikda jurnalistning ishi turli kanallar: ijtimoiy tarmoqlar yoki tarqatmalar ro’yxati orqali auditoriyani jalb qilishdan iborat.

Bularning barchasi bizni unchalik hursand qilmaydi, shunday emasmi? Ehtimol, lekin bu Internetda kontent yaratishning mavjud real holati. Keling, endi nima qilish kerakligi haqida bosh qotirsak.

 

To’ntarilgan piramida” tamoyili

Qilish kerak bo’lgan birinchi narsa – o’quvchining e’tiborini jalb qilishdir. Buning uchun bizga matnlarni yozishda yondashuvni o’zgartirish yordam beradi: eng muhimi, eng boshida.

Ushbu tamoyil “to’ntarilgan piramida” deb nomlanadi. Oddiy piramida – badiiy rivoyatning barcha elementlari bo’lgan xronologik rivoyatdir. Ammo biz, yangiliklar yozadigan jurnalistlar, badiiy kitoblar va detektiv hikoyalar mualliflari emasmiz. Agar qotil bog’bon bo’lsa, unda bu haqida maqolani eng boshidayoq xabar qilamiz.

Invertirlangan piramida. Rasm: IWPR

Sarlavha – bu birinchi navbatda o’quvchi o’qiydigan narsa. Klassik yangiliklar sarlavhasi maqolaning mohiyatini yetkazishi, “nima bo’ldi?” degan savolga javob berishi, faol fe’lni o’z tarkibiga olishi va 10ta so’zdan oshmasligi kerak.

Endi keling mashq qilamiz.


Press-reliz matni: Moskvada Qirg’iziston va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tomonlar qo’shma hamkorlik muhimligini ta’kidladilar va fikr almashdilar. Ushbu uchrashuvda davlat rahbarlari mamlakat janubida Qirg’izistonda yana bir Rossiya aviabazasini qurish to’g’risida ikki tomonlama bitimni imzoladilar. Qirg‘iziston Prezidenti Rossiyani asosiy strategik sherik deb atadi va mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishining muhimligini qayd etdi. Rossiya prezidenti qirg‘izistonlik hamkasbining fikriga qo‘shilishini va yangi prezidentni saylagan Qirg‘iziston xalqining tanlovini hurmat qilishini aytdi.


Aytaylik, siz Qirg’iziston va Rossiya prezidentlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tganligi haqida press-reliz oldingiz.

Matnda aytilishicha, “davlat rahbarlari o’z davlatlarini strategik sherik deb bilishadi va hamkorlikni yuqori darajada ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga bel bog’lashgan.”

Shuningdek, ular “Qirg’iziston janubida Rossiya aviabazasini qurishga kelishib oldilar. Rossiya Prezidenti hamkasbini davlat rahbari etib saylangani bilan tabrikladi.

Keling, ushbu matnga qanaqa sarlavha qo’ysa to’gri bo’ladi va xabarning mohiyati nimada ekanligini ko’rib chiqaylik.

Ko’pincha jurnalistlar uchrashuvning sodir bo’lganini sarlavha darajasiga olib chiqishadi , lekin aslida bu har doim ham qiziq emas. Prezidentlar vaqti-vaqti bilan turli odamlar bilan uchrashadilar va agar biron-bir qarorga kelinmasa, davlat rahbarining har bir uchrashuvi haqida yozib chiqish bizning vazifamiz emas.

Uchrashuv natijasi o’quvchi uchun muhimroqdir. Uchrashuv nima bilan tugadi? Bu savolga javob bizning materialimizning sarlavhasi bo’ladi.

Agar uchrashuvning natijasi bo’lmasa va prezidentlar o’zaro shaxsiy munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun uchrashgan bo’lsa, ehtimol bu haqda yozish kerak emas.

Albatta, uchrashuv sodir bo’lganining o’zi yangilik bo’lishga arziydigan istisnolar mavjud. Masalan, uzoq vaqt janjallashib qolgan ikki siyosatchi o’rtasida uchrashuv bo’lsa.

Natijada, biz prezidentlar Qirg’iziston janubida aviabazani qurishga kelishib olishganini sarlavha qilishga qoldiramiz.

Sarlavha tanlash bu katta mahorat va butun bir san’atdir, chunki siz sarlavha orqali ham  iloji boricha ko’proq ma’lumot yetkazishingiz kerak, ham matningizni o’qish uchun o’quvchini qiziqtira olishingiz kerak va bu ikki maqsadning o’rtasida muvozanatni saqlashingiz ham kerak.

Matnni yozish

Bunda sizga 5 ta savol yordam beradi – bular: Kim? Nima? Qayerda? Qachon? Nima uchun? Matnda ushbu asosiy savollarga javoblar bo’lishi kerak. Kim ishtirok etgan? Nima bo’ldi? Bu qayerda yuz berdi? Bu qachon yuz berdi? Va nega bunday bo’ldi?

To’ntarilgan piramida haqida unutmang – matnning birinchi xatboshilarida eng muhim va yaqinda nima bo’lganligi haqida yozing va oxirida mojaroning kelib chiqishi va sodir bo’lganlarning ahamiyati va kontekstini tushuntiring.

Jumlalarni oddiy va sodda yozishga harakat qiling, murakkablashtirmang, maksimum bitta yoki ikkita qo’shma so’zlar ishtirok etishi yetarli. Tasavvur qiling, 9-sinfda o’qiyotgan ukangiz uchun matn yozayapsiz. Matnni o’qib chiqqandan so’ng, ukangiz uning ma’nosini to’liq anglashi kerak.

Paragraflar ko’pi bilan bitta yoki ikkita jumladan iborat bo’lishi kerak. Bitta abzats – bitta fikr. Agar sizning matningiz g’ishtli shlakablokga o’xshasa, u holda o’quvchini unga qarab ko’zi tolib ketishi hech gap emas.

Biz klerikalizm va modallikdan qochamiz, passivlar o’rniga faol fe’llardan foydalanamiz. Agar matnda juda ko’p son bo’lsa, unda biz ularni idrok qilish oson bo’lishi uchun soddalashtiramiz.

Agar biror narsaning ko’lamini ko’rsatishingiz kerak bo’lsa, o’zingizning o’quvchilaringizga yaqin bo’lgan narsa bilan taqqoslashni qo’llash yaxshiroqdir. Masalan, yong’in maydonini futbol maydonlarining soni bilan taqqoslash mumkin. Ular har qancha gektar maydonga qaraganda tasavvur qilish osonroq.

Matnga vizual elementlarni joylashtirishga harakat qiling, shunda ko’zlaringiz matndan  sal dam oladi. Agar matn ichiga bir nechta rasmlarni qo’shish mumkin bo’lsa – qo’shing, lekin bu imkoniyatni suiiste’mol qilmang. Bitta monitor ekranidagi bitta rasm yetarli.

Agar fotosuratlar bo’lmasa, siz iqtiboslarni alohida ajratishingiz mumkin  yoki ro’yxatlar tuzishingiz mumkin. Ular ham matnni vizual ravishda anglashga yordam beradi.

Endi siz Internet uchun qanday yozishni tasavvur qilishingiz mumkin. Ammo bu hali ham yetarli emas. Sizning maqolalaringiz, agar siz professional jurnalist bo’lishni istasangiz, bu kasb standartlariga javob berishi kerak.

Bu sizga yoqadigan har qanday narsani yozish ish bermaydi degan ma’noni anglatadi. Bu shuni anglatadiki, o’quvchini nafaqat aldamaslik kerak, balki hurmat ham qilish kerak. Ya’ni – biz aniq va tiniq yozishimiz, dalillarni tekshirishimiz, nizoning barcha tomonlariga so’z berishimiz, o’z fikrimizni bildirmasligimiz kerak.

Sizning ma’lumotlaringiz nafaqat tez yetkazilishi, balki birinchi navbatda ishonchli bo’lishi kerakligini unutmang.

 

Qo’shimcha o’qish uchun adabiyotlar:

O’zgarishlar davrida reportajlar: Inqirozli hududlardagi mahalliy jurnalistlar uchun IWPR qo’llanmasi (rus tilida).

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish