Yuklash
Chop etish

Ijtimoiy mediyalar psixologiyasi

Ushbu videoda sizga insoniy xulq-atvorni tushunish tinglovchilarni jalb qilishda qanday yordam berishini ko’rsatmoqchiman. Odamlarni “like” bosishga, sharhlarni qoldirishga va “repost” qilishga nima undashi haqida gapirib bermoqchian. Shu bilan birga, xatti-harakatlarni boshqarish va odamlarni tarkibingiz bilan o’zaro munosabatga kirishi uchun bu narsalardan qanday foydalanishingiz mumkinligi haqida ham aytib beraman.

Spoiler/Спойлер
Assalomu alaykum, ijtimoiy tarmoqlarning psixologiyasi bo’yicha video darsiga xush kelibsiz.
Siz psixologiyaning nima uchun shunchalik muhimligini tushuna olmay hayron bo’lishingiz mumkin. Men uni universitetda o’qidim va mening butun kar’yeram Internetdagi xatti-harakatlar va aloqalar bilan bog’liq bo’ldi. So’nggi 12 yil ichida Bi-bi-si yangiliklar bo’limida voqealar haqida aytib berishdan boshlab to odamlarga ijtimoiy tarmoqlardan samaraliroq muloqot qilishlari uchun yordam berishgacha shug’ullandim.
Shunday qilib, ushbu videoda sizga insoniy xulq-atvorni tushunish tinglovchilarni jalb qilishda qanday yordam berishini ko’rsatmoqchiman.
Men sizlarga odamlarni “like” bosishga, sharhlarni qoldirishga va “repost” qilishga nima undashi haqida gapirib bermoqchian. Shu bilan birga, xatti-harakatlarni boshqarish va odamlarni tarkibingiz bilan o’zaro munosabatga kirishi uchun bu narsalardan qanday foydalanishingiz mumkinligi haqida ham aytib beraman.
Texnologiya har kuni o’zgarib tursa-da, odamlar o’zgarmasligini tushunish boshidan juda muhimdir.
Asosan, butun dunyodagi odamlar bir xil. Va barchamiz bir xil ehtiyojlarga egamiz. Va sizning auditoriyangizning ehtiyojlarini qondirish orqali, sizning ijtimoiy mediyangiz yanada muvaffaqiyatli bo’ladi.
Ijtimoiy tarmoqlar uchun tarkib yaratganingizda, tomoshabinlaringiz sizdan nimani eshitishi haqida o’ylash juda foydali.
Maslou ehtiyojlarining grafik iyerarxiyasi

Psixologiyada biz Maslovning ehtiyojlar iyerarxiyasini o’rganganmiz. Shunday qilib, odamlarning asosiy ehtiyojlari suv, boshpana va fiziologik ehtiyojlardir. Keyin o’zimizni xavfsiz his qilishimiz kerak.

Ijtimoiy mediya ehtiyojlarning yuqori darajasida joylashgan. Agar biz kimgadir nimadir foydali ekanligiga ishontira olsak, uni tinglayotganimizni va unga nima kerakligini tushunganimizni u his qila olsa, bizning harakatlarimiz yanada samaraliroq bo’ladi.

Shuning uchun, siz tarkib yaratayotganda, men har doim odamlarga aytaman, auditoriyani tasavvur qiling. Birinchidan, ularning ehtiyojlarini birinchi o’ringa qo’ying – bu muvaffaqiyat kaliti.
Siz javob berishingiz kerak bo’lgan birinchi savollardan biri bu kimga qaratilgan tarkib yaratmoqchisiz. Sizning tinglovchilaringiz haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingiz kerak, bu sizga ko’p yordam beradi.
Ba’zi odamlar demografiyani o’rganishdan boshlashlari mumkin, masalan, yoshi, joylashishi, oilaviy munosabatlari, ular kim bo’lib ishlashlari. Va shunga o’xshash boshqa tafsilotlar.
Bu foydali, ammo psixografiya haqida o’ylash yanada foydali deb o’ylayman.
Psixografiya bu psixologik mezonlardir. Va ular sizning qanday inson ekanligingizni aniqlab beradi. Ular sizning qarashlaringiz, fikrlaringiz va qiziqishlaringizni qamrab oladi. Shunday qilib, kimdir hayotga qanday munosabatda bo’lishi yoki ularning biron bir narsa haqidagi fikri, shuningdek, ular qanday qiziqishlarga ega – ular qaysi guruhlarga mansubligi, qaysi jamoalar bilan aloqa qilishi – bularni hammasini psixografiyaga o’rganadi.
Bu narsalar ijtimoiy tarmoqlar uchun juda foydali va tinglovchilaringiz qanday ekanligini va sizdan nima tinglashlari kerakligini, ularni nimalar qiziqtirayotganligini bilish tomoshabinlarning ongiga kirib borish uchun juda foydali.
Va agar siz portret yarata olsangiz – o’zingizni haqiqiy odam bilan gaplashayotganingizni tasavvur qiling – bu ham sizga ko’p yordam beradi, chunki siz hamma odamlarni doim rozi qila olmaysiz.
Ammo agar siz bitta odamga mos keladigan tarkibni yarata olsangiz, u ko’p odamlarga mos keladi. Shuning uchun, tinglovchilaringizning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari haqida o’ylash juda foydali boshlang’ich nuqtadir.
Siz kimlarni o’z auditoriyangiz qilib belgilaganingizdan so’ng, ular sizdan nimani eshitishi kerakligini bilib olgach, ularning e’tiborini jalb qilishga harakat qilishingiz kerak va shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar yordamida buni qilish oson emas, chunki juda ko’p ma’lumotlar shovqini mavjud.

Shunday qilib, telefonda lenta bo’ylab harakatlanayotganda siz qanday qilib o’quvchingizni to’xtatishingiz mumkinligi haqida o’ylashingiz kerak?

Va birinchi narsa, ularning e’tiborini jalb qilish, ehtimol fotosurat yoki ba’zi chiroyli ko’rinadigan narsalar bilan, yoki bu videoning birinchi kadri ham bo’lishi mumkin. Ko’zga tashlanadigan biror narsa – tarkibingiz bilan aloqa qilishni boshlashdan oldin ularni bir millisekundga to’xtatadigan narsa.
Shunday qilib, chindan ham yaxshi vizual qism – bu yaxshi boshlang’ich nuqtasi va ehtimol rangli narsalar ham bo’lishi mumkin. Ehtimol, qiziqarli matn yoki kulgichlar (emojilar) yoki shunga o’xshash narsalar. Yana bir muhim narsa – bu sarlavha, sizning xabaringiz boshida ishlatiladigan so’zlar.
Sizga maqolani bir necha marta ko’rganimni, lekin uni o’qishga urinib ko’rmaganimni aytishim mumkin, chunki sarlavha menga qiziq tuyulmagan.

Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlaringizdagi birinchi so’zlar e’tiborni jalb qilishi kerak. Ular kimnidir jalb qiladigan narsa bo’lishi kerak. Shunday qilib, agar siz biron bir voqeani, masalan, odamning hikoyasini aytib berayotgan bo’lsangiz, unda kimnidir hikoyaga jalb qilishning hissiy usuli juda muhimdir.

Shuning uchun, siz ishlatadigan so’zlar haqida, ishlatadigan narsalar haqida o’ylang. Bu infografika yoki shunga o’xshash narsalar bo’lishi mumkin, chunki sizda yaxshi taassurot qoldirish uchun soniyalargina mavjud. Shuningdek, o’zingizning bio va fotosuratingiz kimdir bilan suhbatlashishni istagan odamga o’xshab ko’rinishiga ishonch hosil qilishni unutmang.

Siz qanday odamlarni nishonga olganingizni bilasiz. Siz ularning e’tiborini jalb qilish va o’zingizga jalb qilish usullarini topdingiz. Endi ijtimoiy tarmoqlarda aslida nima samarali ishlayotgani haqida o’ylashingiz kerak.
Siz tarkibni yaratdingiz, lekin qanday qilib odamlarni u bilan munosabatga kirishishga majbur qilmoqchisiz, chunki agar u odamlarga ta’sir qilmasa, ularni siz yaratgan tarkibga sharx qoldirish yoki “like” bosish va do’stlari bilan bo’lishishiga sabab bo’lmasa, biror tarkibning yaratishning ma’nosi yo’q.
Shuning uchun, avvalo, tarkibni ularning ehtiyojlariga qanday moslashtirish, ular sizdan nima eshitishi kerakligi va siz ularga qanday foydali bo’lishingiz mumkinligi haqida o’ylashingiz kerak. Odamlarning ongiga kirib borish, ular ushbu tarkib haqiqatan ham ular bilan gaplashayotganini his qilishlari, ular tarkib bilan aloqada bo’lishiga olib keladi.
RITE ro’yxati

Men qisqartmalarni tez-tez ishlataman. Shuning uchun, biz sizning tarkibingiz to’g’ri bo’lishi kerakligini ayta olishimiz kerak, bu ingliz tilida R I G H T, qisqartmasi esa R I T E – va eslab qolish oson.

Shunday qilib, R – relevantlik yoki tegishlilik, moslikni anglatadi. Bu sizning auditoriyangizga tegishlimi? Bu ularga ta’sir qiladimi? Ular unga qarashganda nimanidir his qilishadimi?

O’qish qulaymi? Siz uni katta maqolaga o’xshab qismlarga bo’ldizmi – uning bo’limlari yoki vizual elementlari bormi? Bunday qilinsa uni o’rganish oson va tushunish oson bo’ladi.

Shuningdek, R – “respect” yoki hurmat saqlashdir – har doim muloyim bo’ling. Doim mehribon bo’ling.

“I” esa Interesting ya’ni qiziq, ma’lumotli va tushunarli – deganidir. Agar sizning tarkibingiz odamlar uchun qiziq bo’lmasa, unda nega ular u bilan o’zaro munosabatda bo’lishlari kerak? Shuning uchun, qiziqarli va ma’lumotli ekanligiga ishonch hosil qiling.

T bu inglizcha “timely” – o’z vaqtida degani. O’z vaqtida bo’lish degani, kimdir hozirda Internetda ekanligini anglatadi. Agar odamlar oflayn rejimdaligida biron bir narsa yozsangiz, ular buni qanday ko’radilar?

Bundan tashqari, T –inglizcha “topical” dolzarb degani. Agar siz hozirda sodir bo’layotgan yangiliklarga tarkibingizni bog’lay olsangiz, bu odamlar uchun ancha foydali bo’ladi. Yoki bu biror vaqtga bog’liq bo’lmagan, istalgan vaqtda nashr etilishi mumkin bo’lgan narsa bo’lishi mumkin. Bu doimiy yashil tarkib deb ham nomlanadi.

Keyingi – E – inglizcha educational yoki emotianally engaging – ya’ni ta’lim beruvchi yoki hisslarni uyg’otadigan ma’nolarini anglatadi.

Menimcha, bu narsalar haqiqatan ham muhimdir, hissiyotlarni uyg’otish,  ijtimoiy tarmoqlarda siz uchun ishlashning eng yaxshi usullaridan biridir.

Shunday qilib, siz “men kimnidir hayratda qoldirishni xohlayman, ularni zavqlantiraman” deb o’ylashingiz kerak. Ularni majburan sizni materialingizni ochtirishga urinmang. Ammo bunday ajablantiradigan yoki ilhomlantiradigan narsalar osongina “repost” qilinadi.

Tarkibingizni yaratganingizdan so’ng, odamlar u bilan qanday munosabatda bo’lishi haqida o’ylashingiz kerak. Va ba’zida bu sizga nimaga “like” bosishingiz, fikr bildirishingiz va “repost” qilishingizni tushunishga yordam beradi. Bu yaxshi boshlang’ich nuqta.
Shunday qilib, “like” bosish – bu ko’pincha siz hamfikr bo’lgan narsa yoki u chiroyli rasm yoki u his-tuyg’ularga sabab bo’ladigan narsa.

“Sharx qoldirish”, odamlar o’z fikrlarini izxor etishmaydi, agar ularga savol bilan murojaat qilmasangiz. Agar siz ularning gaplariga chindan ham qiziqsangiz, ularni munozaraga qo’shilishlariga erishish juda oson.

Shunday qilib, bu haqda qanday fikrda ekanliklarini so’rang, tajribalari qanday bo’lgan- shunga o’xshash narsalar tinglovchilaringizni o’ziga jalb qiladi.

Va oxirgisi nima uchun odamlar “repost” qilishlari haqida o’ylashingiz kerak. Odamlar bir-birlari bilan ko’p sabablarga ko’ra tarkibni repost ya’ni bo’lishadilar, mening fikrimcha ko’p kishilar o’zlarini yahshi qilib ko’rsatadigan narsalarni bo’lishishni yaxshi ko’rishadi.

Shunday qilib, agar siz “twit” yozsangiz va unda kimdandir iqtibos keltirsangiz, bu inson yaxshi ko’rinishga ega bo’ladi va men sizga albatta “re-twit” olasiz deb kafolat beraman.

Odamlarga yoqadigan yana bir narsa, ular foydali bo’lishni xohlashadi, shuning uchun agar iloji bo’lsa, boshqalar uchun foydali tarkibni yarating. Bunday nashrlar juda oson repost qilinadi.

Inson darajasida aks sado beradigan boshqa ko’plab narsalar mavjud. Shuning uchun biz nostalgiyani yaxshi ko’ramiz – biz o’tmishga va avvalgi narsalarga qarashni yaxshi ko’ramiz. Biz foydali bo’lishni yaxshi ko’ramiz, shuning uchun agar sizda foydali tarkib bo’lsa, ular juda yaxshi repost qilinadi.

Siz yana shuni o’ylashingiz kerakki, ehtimol siz odamlarni hamfikr qiladigan tarkib, ularni mohiyatlariga yaqin tarkib yaratishingiz kerakdir. Masalan biron narsaning ashaddiy muxlislari, agar siz ularni ularga qiziq bo’lgan biron tarkibga “tag” qilsangiz, o’zingiz yaratgan tarkibni boshqalar bilan bo’lishishlari mumkindir. Shuning uchun sizning tarkibingizni bo’lishadigan, qiziqishga ega auditoriya va guruhlar haqida o’ylang.

Ehtimol, materialingiz ham hissiy jihatdan uyg’otuvchi hamdir yoki ilhomlantiradigandir va agar shunday bo’lsa, unda u juda muvaffaqiyatli va yaxshi tayyorlangan.

Xulosa qilish uchun har doim tinglovchilaringizni birinchi o’ringa qo’ying va o’zingizni ularning o’rniga qo’ying. Tarkibingiz qiziqmi? Bu sizni hayajonlantiradimi va siz buni o’zingiz repost qilarmidingiz?

Va bu ijtimoiy mediya ekanligini ham unutmang. Biz ijtimoiy jonzodlarmiz. Shuning uchun tarkibingizni ijtimoiy holga keltiring, shunchaki ma’lumotni odamlarga etkazmang, ular bilan faol aloqada bo’ling.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish