Yuklash
Chop etish

Inga Sikorska: Nafratli nutqning noqonuniy shakllari [jurnalistlarga maslahatlar]

Siz matnlarda, iqtiboslarda, bayonotlarda uchraydigan salbiy bo’yoqdorlikka ega dushmanona nutqning elementlarini oddiy so’z erkinligi chegaralaridan ajrata olasizmi, bunday nutqni chop etish qonunga hilof deb topilib ularni nashr  qilganlarga nisbatan har xil jazo choralari qo’llanishi mumkin, shular qatorida jinoiy javogarlikka tortish kabi jazo ham.

Agar siz ushbu savolga “ha” deb javob bergan bo’lsangiz, ushbu maqolani oxirigacha o’qishingiz shart emas, chunki siz ehtimol til ekspertizasi sohasidagi yuqori malakali mutaxassissiz.

Biroq, jurnalistlar va Markaziy Osiyodagi onlayn-kontent yaratuvchilari ko’pincha bu masala bo’yicha bahslashishadi va bitta xulosaga kelishlari qiyin. Hatto ommaviy axborot vositalarida dushmanona va ksenofobik ritorika nutqi bo’yicha xalqaro hujjatlarni chuqur o’rganish ham bu muammo haqida aniq tasavvur berolmaydi.

 

BU NIMA BILAN BOG’LIQ?

  1. “Nafratli (dushmanona) nutq” atamasi Markaziy Osiyo mamlakatlari qonunlarida hech qayerda uchramaydi. Biroq, xalqaro jurnalistika standartlari jurnalistlarga turli xil murosasizlikni qo’zg’atmaslik uchun “dushman tili” dan foydalanishdan voz kechishni tavsiya qiladilar. Bu turli xil xalqaro va Evropa axloq kodekslarida va yangi Internet etikasida ham ko’rsatilgan. [1]
  2. Jahon amaliyotida “nafrat nutqi” ning noqonuniy shakllari diskriminatsiyaga qarshi qonun sifatida kvalifikatsiya qilingan. Bu yerda asosiy tushuncha –  jamoatchilikda nafrat kayfiyatini uyg’otib uni qo’zg’atishdir (ingliz tilida incitement of hatred). U xalqaro huquq terminologiyasiga asoslanadi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan xavfli xatti-harakatlarni rag’batlantiruvchi bayonotlarni aniq qilib kriminallashtiradi. Shu sababli, ko’p mamlakatlarda jurnalistlar noqonuniy nafrat nutqi  nima ekanligini va fikr erkinligi chegarasidan chiqmagan va ruhsat etilgan salbiy baholash to’g’risida aniq tushunchaga ega.

Qonunga hilof nafrat nutqi – bu shunday og’zaki nutq va vizual tarkib shakllariki, ular mazmunan biror bir guruhga nisbatan diskriminatsiya va zo’ravonlik ishlatishga chaqiriqni anglatadi. Odatda qonunga hilof elementlarni o’z tarkibida ega bo’lgan jumlalar atayin Internet makonida tarqatiladi va internet makonini nazorat qiluvchi kompaniyalar tomonidan ohir oqibat oldirib tashlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Salbiy baholash dushmanona nutqi – bu  biron bir salbiy nutq va vizual tarkib shakillari bo’lib, ular odatda biron bir irq, etnik guruh, diniy konfessiya, gender  yoki ijtimoiy guruhga nisbatan yoqimsiz va kamsituvchi mazmunga ega bo’ladi. Ko’pincha bunday nutq namunalari atayin tarqatilmaydi va ularni aytgan kishi mavjud jamiyatdagi streotiplar ta’sirida bunday yomon gaplarni aytib qo’yadi

3. Markaziy Osiyo mamlakatlarida kamsitishga qarshi qonunlar bunday shakllarda mavjud emas va ba’zi qonunlarda nafrat nutqining noqonuniy shakllarini nazariy jihatdan ajratib turadigan qonun moddalarining noaniq talqinlari qo’llaniladi.

4. O’rta Osiyo mamlakatlarining jinoyat kodekslarida “oshkoralik yoki ommaviy axborot vositalari va Internetdan foydalangan holda adovat yoki nafratni qo’zg’atish va targ’ibot qilish” ning ayrim turlari uchun javobgarlikni nazarda tutadigan bir qator moddalar mavjud. Shu sababli, huquqni qo’llash amaliyotida ba’zan jurnalistlar va onlayn-kontent yaratuvchilariga nisbatan “adovat yoki nafratni qo’zg’ash” ayblovlarga duch  keladilar, asosan shunday ruhdagi iqtiboslarni, fikrlarni yoki vizual obrazlarni o’z materiallarida taqatganlari uchun.

5. Bundan tashqari, dushmanlik yoki nafratni qo’zg’atish to’g’risidagi moddalar ba’zi ekstremistik aksil-terror qonunlarida ham aks ettirilgan va ushbu faoliyat uchun qo’llaniladigan sanktsiyalar ham ko’rsatilgan. Bunday talqin ba’zi bir ommaviy baxsli bayonotlarni, shu jumladan nozik mavzular bo’yicha reportajda / sharhlarda / postlarda keltirilgan iqtiboslarni noqonuniy tarkib sifatida baholanishi mumkin bo’lgan amaliyotni yaratgan.

Nafrat va adovatni qo’zg’atish to’g’risidagi Markaziy Osiyo qonunlari va bunday xatti-harakatlar uchun qo’llaniladigan sanktsiyalar:

   
Mamlakat Qonundagi modda va uning asoslanishi Jazo chorasi
   Qozog’iston Respublikasi Jinoyat kodeksi

174-modda. Ijtimoiy, milliy, qabila, irqiy, mulkiy yoki diniy adovatni qo’zg’atish

1. Ijtimoiy, milliy, qabila, irqiy, sinf yoki diniy adovatni qo’zg’atishga, fuqarolarning milliy sha’ni va qadr-qimmatini yoki diniy tuyg’ularini tahqirlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek fuqarolarning o’z diniga, sinfiga, kelib chiqishiga bo’lgan munosabati asosida o’zlarining ustunliklari yoki zaifliklarini targ’ib qilish. Agar ushbu harakatlar ommaviy yoki ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda, shuningdek ishlab chiqarish yoki tarqatish orqali sodir etilgan bo’lsa, Ijtimoiy, milliy, qabila, irqiy, mulkiy yoki diniy nizolarni targ’ib qiluvchi adabiyotlar yoki boshqa axborot tashuvchilar vositasida amalga oshirilsa –

 ikki yildan yetti yilgacha ozodlikni cheklash yoki xuddi shu muddatga ozodlikdan maxrum etilish bilan jazolanadi.
   Qirg’iz Respublikasi Jinoyat Kodeksidan

313-modda.Irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni (nafratni) qo’zg’atish

 

1. OAV yoki Internet orqali tarqatilgan Irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni (nafratni) qo’zg’atishga, milliy qadr-qimmatni kamsitishga qaratilgan harakatlar, shuningdek fuqarolarning o’z diniga, milliy yoki irqiy kelib chiqishiga asoslanib, jamoat oldida o’zining eksklyuzivlik, ustunlik yoki boshqa guruhning zaifligini targ’ib etishga qaratilgan harakatlar.

 5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi
  Tojikiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi

189-modda . Milliy irqiy, diniy yoki diniy adovatni yo’q qilish

 

1) Milliy, irqiy, mahalliy yoki diniy adovatni yoki nafratni qo’zg’atishga, milliy qadr-qimmatni kamsitishga qaratilgan harakatlar, shuningdek fuqarolarning dinga, milliy, irqiy yoki mahalliy qarash asosida eksklyuzivligini targ’ib qilish, agar bunday harakatlar ochiqchasiga yoki OAV foydalangan holda amalga oshirilsa

 – besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
   Turkmaniston Jinoyat Kodeksi

177-modda. Ijtimoiy, milliy yoki diniy adovatni qo’zg’atish

 

(1) Ijtimoiy, milliy, etnik, irqiy yoki diniy adovatni qo’zg’atishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, nafrat, milliy qadr-qimmatni kamsitish, shuningdek fuqarolarning dinga, ijtimoiy, milliy, etnik yoki irqiy mansubligiga bo’lgan munosabati asosida eksklyuzivlik yoki zaiflikni targ’ib qilish,

 eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan maxrum etilish bilan jazolanadi.
  O’zbekiston Jinoyat Kodeksining 156-moddasi. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

Top of Form

 

 bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

 

Qanday qilib qonunga hilof narat nutqini salbiy baholash nutqidan ajrata olish mumkin?

 

 

 

 

 

 

 

 

Salbiy Baholovchi Nutq:

  • ogohlantiruvchi, tanqidiy, haqoratli bo’lishi mumkin;
  • odamlar yoki tashkilotlarning xatti-harakatlariga, xususiyatlariga salbiy baho berilgan bo’lishi mumkin;
  •  biror narsa haqida tanqid yoki salbiy fikrni o’z ichiga oladi;
  • ob’ektiv bo’lishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ma’lumotlar, haqoratli yoki yoqimsiz gaplar, shuningdek klishelar va stereotiplar;
  •  turli guruhlarga qaratilgan taxminiy lekin maqsadli bayonotlarni o’z ichiga oladi

Qonunga Hilof Nafrat Nutqi:

  • Xarakatga chorlovchi shiorlar, irqiy, etnik, diniy, gender yoki ijtimoiy guruhlarga qarshi qatag’onlarga oid ochiq chaqiriqlar mavjud, bunday harakatlar amaliyotini oqlaydi;

  • Ta’qiqlangan atributika va ramzlarni namoyish etadi, tegishli kontekstni va kutilayotgan harakatlarning aniq tavsifini beradi;

  • ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan material nisbatan keskin va nozik bo’lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatda sodir bo’ladi

MUHIM:

 

 

 

Siyosiy tashkilotlarni, diniy yoki mafkuraviy birlashmalarni yoki g’oyalarni, milliy yoki diniy urf-odatlarni tanqid qilish noqonuniy mazmun yoki nafratni qo’zg’atishga qaratilgan harakat sifatida ko’rib chiqilmasligi kerak.

 

 

  1. Xalqaro standartlar nuqtai nazaridan, agar birinchi qarashda bayonot, iqtibos / maqola / audiovizual mahsulot (irqiy, etnik, diniy, gender, ijtimoiy guruhga nisbatan ba’zi baholovchi klishe va stereotiplar mavjud bo’lsa), biron bir harakatga undovchi lingvistik ishoralar mavjud bo’lmasa, biron bir guruhga qarshi qatag’on uyushtirishga undovchi aniq (taxminiy emas!) chaqiriqlar mavjud bo’lmasa, tegishli kontekst mavjud bo’lmasa, ya’ni, taklif qilinayotgan harakatlarning aniq tavsifi va ushbu media mahsulot tarqatiladigan ijtimoiy-siyosiy makonda yoritilgan mavzu nozik mavzu bo’lmasa – bunday tarkib nafrat nutqining salbiy baholash shakli va shuning uchun qonunga hilof emas deb hisoblanadi.
  2. Agar siz nashr qilgan bayonot, iqtibos, maqola yoki audiovizual mahsulot harakatga undaydigan shiorlarni o’z ichiga olgan bo’lsa: “uring”, “yoqing”, “o’ldiring”, “portlating” kabi harakatlarning aniq tavsifi va ularning zaruriyati asoslab berilgan holda ularni “kerak”, “zarur”, “majbur”, “yahshi bo’lar edi” kabi jumlalar bilan qo’llab-quvvatlangan bo’lsa va bu tajovizkor harakatlarni ob’ektni aniq ko’rsatilgan bo’lsa (umuman emas, balki aniq va tiniq)- bu noqonuniy tarkib sifatida baholanishi mumkin.
  1. Agar sizning bayonotingiz, iqtibosingiz, o’zingiz yaratgan maqola yoki audiovizual mahsulot allaqachon sodir bo’lgan harakatlarga ijobiy baho berilgan bo’lsa, bu harakatlarni to’g’ri deb ularni oqlashga urinishga harakatlar bo’lsa va harakatlarni bajarganlar tog’ri ish qilgan degan g’oya bo’lsa unda bunday ta’riflar yana shunga o’xshash harakatlarni kelajakda sodir etishga undashi mumkin; OAV matnida mantiqiy aloqalar mavjud, boshqalar tomonidan salbiy baholanadigan odamlarning ijobiy baholash – bu ekstremistik faoliyat zarurligini oqlashdek gap va bu qonunga hilof material sifatida qabul qilinadi.
  1. Nafratni, adovatni yoki nafratni qo’zg’atuvchi xatti-harakatlar, gipotetik tarzda kamsituvchi yoki haqoratli ko’rinishi mumkin bo’lgan oddiy gaplar emas, balki urush, diniy yoki boshqa ekstremizm, deportatsiya, genotsid, zo’ravonlikni ma’lum bir irqiy, etnik, diniy, gender, ijtimoiy  guruh damalarga nisbatan zarurligini tasdiqlovchi yoki oqlovchi bayonotlar sifatida tushunilishi kerak yoki ushbu guruhning huquqlarini cheklashga undash ham bo’lishi mumkin. Shu sababli, ko’p odamlar ko’pincha noqonuniy tarkibni ma’lum bir odamlarga nisbatan murosasiz, salbiy baho beradigan ma’noni anglatadigan bayonotlar bilan adashtiradilar.

QANDAY QILIB ADASHMASLIK MUMKIN,

Qonunga hilof materialni ishatib qo’ymaslik uchun?

1

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Erkin so’zlash huquqi va nafrat nutqi o’rtasida farqni tushunib oling

Sizga bunda quydagilar yordam beradi:

  • o’zingiz yashayotgan mamlakatning qonunlarini bilish
  • jurnalistik etika va me’yorlarga rioya qilish
  • doimiy ravish o’z materiallaringizni nashr qilishdan oldin tekshirtirish
  • doimiy ravishda majaroli va nozik mavzularni yoritishda mahsus jurnalistik terminlar lug’atidan foydalanish

2

Ohista Jurnalistika instrumentlaridan foydalaning

Bunda sizga quydagilar yordam beradi:

  • mojaroli va nozik mavzularga oid materiallarni nashridan oldin bir necha bosqichli tahrir va tekshiruvlardan o’tkazing, sizning bu materialingizni nashr qilishdan oldin iloji boricha k’oproq odamlar o’qib chiqsin va o’z fikrlarini aytsin;
  • Kerak emas tafsilotlarni olib tashlang, tasvirlanayotgan guruhlar haqida salbiy tasavvur uyg’otmaslik uchun, sarlavhalarni vahimali qilishga urinmang, hech qaysi guruhni alohida ajratmang;
  • Agar siz biror bir gapingiz yoki iqtibosingiz rasizmga tenglashtirsa bo’lishini bilsangiz yoki ksenofobik bo’lsa unda bu rostdan ham shunaqa – jurnalistik intuitsiya sizga to’g’ri aytyapti;
  • Siz nima yozayotganingiz haqida ko’p o’ylamay, qanday auditoriya uchun yozayotganingiz haqida ko’proq fikr qiling.

 

[1] CODE OF CONDUCT ON COUNTERING ILLEGAL HATE SPEECH ONLINE, URL https://ec.europa.eu/info/sites/info/files/code_of_conduct_on_countering_illegal_hate_speech_online_en.pdf

[2] Уголовный кодекс Республики Казахстан, 2014 год, https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31575252&doc_id2=31575252#activate_doc=2&pos=223;-458&pos2=2359;-444

[3] Уголовный кодекс Кыргызстана, 2019 http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/111527

[4] Уголовный кодекс Таджикистана, 1998 год, http://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=2324

[5] Уголовный кодекс Таджикистана, 1998 год, http://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=2324

[6] Уголовный кодекс Узбекистана, 1994 год, https://abortion-policies.srhr.org/documents/countries/05-Uzbekistan-Criminal-Code-1994.pdf

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish