Yuklash
Chop etish

Marat Mamadshoev: jurnalistikadagi etika

Jurnalistikaning axloqiy me’yorlari – bu jurnalist yoki ommaviy axborot vositalari tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadigan qoidalar to’plamidir. Axloqiy me’yorlar har qanday o’zini hurmat qiladigan tahririyatda bo’lishi kerak bo’lgan ma’lumotlarning sifat standartlarini tabiiy ravishda to’ldiradi.

Ushbu standartlarning barchasi iste’molchiga muayyan masala to’g’risida tushuncha olish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotni aniq  yetkazish imkonini beradi. Ya’ni, jurnalistlar, o’zlarining  fikriga ko’ra, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmagan ma’lumotlarni tarqatishdan bosh tortishlari mumkin.

Masalan, bunday “yozilishi kerak bo’lmagan” ma’lumotlarga, biror bir tadbir yoki voqeaning ishtirokchilarining etnik, diniy, mintaqaviy mansubligi va masalaning mohiyatiga bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa jihatlar haqida ma’lumot kirishi mumkin. Ammo ushbu ma’lumot material nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo’lmagan taqdirdagina tushib qoldirilishi mumkin.

Masalan, ba’zi jinoyatlarni sodir etgan odamlar haqida ortiqcha ma’lumotlarni bermaslik tavsiya etiladi.

Ba’zi tahririyatlar ularning ismlari va familiyalarini ham yozmaydilar, balki shunchaki gumon qilinuvchilar yoki jinoyatchilarning ism shariflarning birinchi xarflarini  yozish bilan cheklanadilar. Birinchidan, bunday ma’lumotlar ushbu odamlarning qarindoshlariga, shu jumladan ularning voyaga yetmagan bolalariga ma’naviy zarar yetkazishi mumkin. Ikkinchidan, o’quvchi uchun bu ismlar va tafsilotlar foydali ma’lumot bermaydi. Bunday holda axloqiy me’yorlar odamlarga ma’lumotni yaxshiroq hazm qilishga imkon beradi.

Siyosiy arboblar ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

Ammo yuqorida sanab o’tilgan cheklovlar siyosiy arboblar yoki mashhur insonlar va ularning qarindoshlariga nisbatan gap ketganda ishlamaydi. Bunday hollarda gap amaldorlar, siyosatchilar, jamoat arboblari va boshqalar haqida ketadi.

Agar jamoat arbobi yoki uning biron bir qarindoshi tomonidan sodir etilgan jinoyat to’g’risida ma’lumot tasdiqlansa, bunday ma’lumotlar jamoat manfaatlari yo’lida ommaga e’lon qilinishi kerak.

Umuman olganda, jurnalistlar ushbu qoidalarning barchasi ijodiy qo’llanilishini talab qilishini tushunishlari kerak. Masalan, jurnalistika etikasining ko’plab kodekslarida millatlararo yoki dinlararo nizolarni qo’zg’atmaslik talablari mavjud.

Biroq, bu talab, afsuski, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan  “etnik jinoyatchilik” tushunchasini bekor qilmaydi. Bunday hollarda ishtirokchilarning milliy yoki boshqa guruhga mansubligi haqida gapirish oqlanadi.

Shuningdek, jamoat arboblarining shaxsiy hayotga bo’lgan huquqi bekor qilinmaydi. Ruxsat berilgan chegara ba’zan juda nozik va tanlov har doim o’zingizning fikrlashingizga bo’g’liq. Auditoriyangizga yondashuvingiz ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini isbotlang.

Axloqiy kodekslarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari

Turli mamlakatlarda jurnalistika etikasi kodlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular jurnalistlar ishlaydigan muhitning xususiyatlarini hisobga oladi. Masalan, Tojikiston Jurnalistlarning Kodeksida mahalliychilikka qarshi kurash zarurligi haqida gapiriladi va Bolqonda jurnalistlarga mazhablararo nizolarni qo’zg’ash xavfi haqida ogohlantiriladi.

Ya’ni, monoetnik mamlakat uchun bu normalar ortiqcha bo’lishi mumkin.

Hatto bitta mamlakatdagi turli ommaviy axborot vositalarining jurnalistik kodekslari ham har xil bo’lishi mumkin.

Jurnalistik etika kodekslarining barcha o’ziga xos xususiyatlari bo’lishiga qaramay, bir nechta umumiy axloqiy me’yorlar mavjud. Xususan, ularning asosiylari YuNESKO shafeligida o’tkazilgan jurnalistlarning maslahat yig’ilishlarida aniqlab olingan.

Unda fuqarolarning ishonchli ma’lumot olish huquqi, shaxsiy hayoti va qadr-qimmatini hurmat qilish, umumbashariy qadriyatlar va madaniyatlarning xilma-xilligi, urushlar va boshqa muammolarga qarshi kurashish zarurligi haqida gap boradi.

Shu bilan birga, O’rta Osiyo mamlakatlarining jurnalistik axloqiy kodekslarida ushbu normalar ijodiy yondashuv bilan ishlab chiqilgan va batafsil yoritilgan.

Ularda quyidagilar haqida gapiriladi:

  • materiallar ishonchli va xolis bo’lishi kerak;
  • Axborot manbalarini himoya qilish;
  • Fakt va fikr o’rtasidagi ajratib turuvchi chiziqni chizish;
  • Shahsiy hayot dahlsizligini hurmat qilish;
  • U yoki bu asosga ko’ra kamsitish mumkin emas;
  • tijorat manfaatlaridan mustaqillik;
  • Plagiat qilmaslik;
  • Xatolarni ommaga oshkoralik ravishda tuzatish.

Axloq qonundan ustun!
Ommaviy axborot vositalari uchun axloqiy me’yorlar qonunlardan ustun turishini tushunish muhimdir. Masalan, qonunga ko’ra, jurnalist sudda o’zining noma’lum manbasining ismini aytishi talab qilinadi. Biroq, ko’p axloq kodekslari ba’zi holatlarda jurnalist hattoki qamoqqa olinish xavfi ostida ham buni qilmasligini talab qiladi.

Shu bilan birga, jurnalist ommaviy axborot vositalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bilishi juda muhimdir. Masalan, jurnalistlar, ayniqsa televideniya  xodimlari, huquq-tartibot idoralarining e’tiborsizligi oqibatida, ko’pincha bolalar huquqlarini, xalqaro me’yorlar bilan himoya qiladigan huquqlarini  buzadilar. O’zini himoya qila olmaydiganlarning huquqlarining buzilishi, albatta, axloqiy buzilishdir.

Jurnalistik etika qoidalari – ommaviy axborot vositalari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olishning usuli sifatida

Albatta, ommaviy axborot vositalarini to’rtinchi hokimiyat deb atash noto’g’ri. Haqiqiy to’rtinchi hokimiyat bu ijtimoiy fikrdir. Ijtimoiy fikr va ommaviy axborot vositalari bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadigan murakkab dialektik aloqa  bilan bog’liq. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari va hatto oddiy jurnalistlarning ham qo’lida ma’lum  bir miqdorda hokimyat borligini inkor qilish mantiqiy emas. Media sektori juda nozik va biz uchun o’z-o’zini tartibga solish bilan shug’ullanish yaxshiroqdir, chunki o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlaydigan mansabdor shaxslarga bizning professional ishlarimizga aralashishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak.

Ixtiyoriy qo’shimcha adabiyot:

Jurnalistikada kasbiy etikaning xalqaro tamoyillari (YuNESKO, 1983 y.) – havola

Qozog’iston Respublikasi jurnalistining axloq kodeksi (Qozog’iston Respublikasi jurnalistining axloq kodeksi)

Qirg’iziston jurnalisti uchun axloq kodeksi (havola)

Tojikistonda jurnalistikaning axloqiy standartlari (havola)

 

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish