Yuklash
Chop etish

Muvozanat va xolislik

Spoiler/Спойлер (click to read/кликните, чтобы прочитать)
Ushbu videoda men muvozanat va xolislik haqida gaplashmoqchiman.
Birinchidan, nega bu juda muhim? Bu haqda shunday o’ylab ko’ring. Ishonch – bu sizning omonatingiz. Siz qilayotgan ishning qiymati odamlar sizga yoki tashkilotingizga ishonishiga asoslanadi. O’zingizdan so’rang: tomoshabinlar nega sizga kelishyapti? Ularda ma’lumot etishmovchiligi yoqku. Agar kimdir Internetdan biror narsani qidirsa yoki ijtimoiy mediyaga murojat qilsa, ular ma’lumotlarning ko’pligidan hayratga keladilar. Sizni yoki yangiliklar lentangizni boshqalardan nima farqi bor?
Javob shundaki, auditoriya siz taqdim etgan ma’lumotlarning sifatiga ishonadi. Bu obro’li yangiliklar tashkilotiga auditoriya ishonchini qozona olmaganlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarga nisbatan ustunlik beradi.
Tomoshabinlaringiz, o’quvchilaringiz yoki tinglovchilaringiz siz aniq, haqqoniy ma’lumotlar va xulosalar berayotganingizga ishonishadi. Bunday ishonch darajasini yaratish ko’p vaqt talab qilishi mumkin, ammo agar siz muvozanat va xolislikni unutib qo’ysangiz, uni soniyalarda yo’qotishingiz mumkin.
Xo’sh, odamlar sizni xolis deb o’ylashganda, bu nimani anglatadi? Bu sizning hech qanday yashirin maqsadingiz yo’qligini anglatadi.
Hikoya yozayotganda, nima bo’lganini tushunishga harakat qilishingiz kerak.
Ya’ni, siz mavzu bo’yicha barcha fikrlarni qamrab olishingiz kerak. Bundan maqsad shu. Siz o’z his-tuyg’ularingizni hikoyaga kiritmaysiz. Siz turli xil dalillar va qarashlarni ko’rib chiqasiz va ularni tinglovchilaringizga taqdim etasiz.
Tasavvur qiling, qurilish maydonchasida ishchilar ish sharoitlari yomonligi sababli ish tashlash bilan qo’rqitishadi. Siz kim haq, kim nohaq va nima uchun ekanligini bilganday, ushbu mavzuni yorita olmaysiz. Agar sizda qurilish kompaniyalari bilan biror bir yomon tajriba bo’lgan bo’lsa ham, siz bu yomon tajriba sizning ongingizga ta’sir qilishiga yo’l qo’yolmaysiz.
70-yillarda AQShda Uotergeyt janjalini boshlagan jurnalistlardan biri Karl Bernshteynda reportajning o’ziga xos ta’rifi bor edti. U odamlarga mavjud haqiqatlarning eng yaxshi versiyasini berishga harakat qilayotganini aytardi.
Biz har doim ham barcha dalillarni ololmaymiz, lekin barcha mavjud dalillar va tomonlarning fikrlaridan foydalanib, haqiqatni odamlarga etkazish uchun qo’limizdan kelganicha harakat qilamiz. Bu faqat bitta tomonni ilgari suradigan yoki bayonni shaxsiy yoki siyosiy sabablarga ko’ra o’zgartirishga harakat qiladigan shaxsiy maqsadlarimiz bo’lmasligini anglatadi.
Xolislikning yana bir omili – bu tarafkashlikning yo’qligi. Tomoshabinlar sizning hikoyangizda bir tarafga yon bosgan holda yoki noxolislik bilan yondashayotganingizni sezmayaptimi? Siz ushbu voqeada ishtirok etgan kishiga qarindosh emasmisiz?
O’zingizni biron bir shaklda tarafkashlik qilib qo’ymayotganingizga har doim hushyor bo’ling.
Xolislik degani siz butunlay neytral bo’lib biron bir xulosa chiqara olmaysiz degani emas. Agar kimdir tashqarida yomg’ir yog’ayotganini, boshqalari quyoshli ekanligini aytayotgan bo’lsa … unda sizning vazifangiz ikkala tomonning qarashlarini berish emas … sizning vazifangiz derazadan tashqariga qarash va tekshirishdir.
Siz o’zingizning xulosalaringizga kelishingiz mumkin, lekin buni noxolis va tarafkashliksiz qilishingiz kerak … ular mavjud bo’lgan barcha dalillarning muvozanatiga asoslangan bo’lishi kerak. Shunday qilib, biz “muvozanat” ga keldik.
Xolislik mavzuni har xil nuqtai nazar va yondashuvlardan korib chiqishdan, shuningdek, betarflikni o’z ichiga oladi. Balans yoki muvozanat – bu har bir tomonga o’z nuqtai nazarini bildirish imkoniyatini bergan holda voqeani aytib berishdir.
Aytaylik, yangi savdo markazining qurulishi haqida hikoya bor. Ehtimol, mahalliy do’kon egalari yangi savdo markazi mahalliy iqtisodiyotga zarar etkazishi va hududni yo’q qilishiga olib kelishiga ishonishadi. Loyihani ishlab chiquvchilar esa bu mahalliy iqtisodiyotni rivojlanishiga turtki beradi deb ta’kidlashlari mumkin.
Sizning vazifangiz ikkala tarafning dalillarini eshitish va ularni rad etib ko’rishga harakat qilishdir. Agar biron-bir tomonni qo’llab-quvvatlaydigan qo’shimcha dalillar bo’lsa, ularni ham xabar qilishingiz kerak. Muvozanatli bo’lish bilan birga siz qiziquvchanlik va betaraflikni namoyon etasiz, lekin ikkala tomonga ham “o’z dardlarini” aytishga  teng imkoniyat berasiz.
Ammo esda tutish kerak bo’lgan bitta muhim tushuncha mavjud. Agar fikrlar va dalillarning aksariyati bir tomonini qo’llab-quvvatlasa, bu haqda ham aytib berishingiz kerak. Aks holda, sizda noto’g’ri va xaqiqatga to’g’ri kelmaydigan bayonot qilgan bo’lib qolasiz.
Agar bir kishi ertangi kun oxirat deb o’ylasa-yu, lekin ko’pchilik uni gapiga rozi bo’lmasa, siz muvozanat uchun ikkala tomonga bir xil imkoniyat berishingiz shart emas.
Bilish kerak bo’lgan yana bir tamoyil – javob olish huquqidir. Agar savdo markazini qurayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilinmayotganini aytishsa, siz kompaniyaga bunday jiddiy ayblovga javob qaytarish uchun imkoniyat berishingiz kerak. Ular bunday ayblovlarni sharhlashdan bosh tortishlari mumkin, ammo siz ularga hikoyangizda muvozanatni saqlash uchun o’z fikrlarini aytishga imkoniyat berishingiz kerak.
Shunday qilib, biz hikoyalar haqida gaplashdik, lekin har ikki tomonga berilgan vaqt balansi haqida nima deyish mumkin?
Xo’sh, birinchi navbatda, siz doimo betaraf bo’lishingiz kerak, lekin muvozanat haqida gap ketganda, siz umuman mavzuni yoritishdagi muvozanat haqida o’ylashingiz kerak. Agar sizda ikkita siyosiy partiya haqida hikoya bo’lsa, ular qanday siyosat olib borayotgani haqida gapirib bersangiz bo’ladi. Ammo har bir partiya sizning hikoyangizda qancha vaqt va joy egallashiga e’tibor berish muhimdir. Agar siz ulardan biriga ko’proq e’tibor bersangiz va boshqasiga deyarli e’tibor bermasangiz, u holda tomoshabinlar uchun muvozanatsizdek ko’rinadi.
Balansga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan yana bir narsa bu odamlarning ovozidir. Sizda tajribali mehmonlar yoki intervyu beruvchilar bo’lganida, o’sha odamlarni qayta-qayta tinglay olasizmi? Xavf shundaki, ular nomutanosib miqdorda vaqt va ovozga ega bo’lishadi. Yondashuvlar va ovozlarning muvozanatiga erishishga harakat qiling.
Agar siz video yoki fotosurat bilan ishlayotgan bo’lsangiz, vizual effektlar bilan ishlashni  o’ylab ko’ring. Agar siz bir xil tasvirlarni qayta-qayta ishlatsangiz, bu noto’g’ri taassurotni keltirib chiqarishi mumkin. Agar siz biron bir shaharning eng yomon mahallasini doimiy ravishda namoyish qilsangiz, odamlar butun shahar shunday deb o’ylashlari mumkin. Vizual rasmlaringiz ham o’z hikoyasini aytib beradi, shuning uchun uning muvozanatli ekanligiga ishonch hosil qiling.
Keyingisi, sizning formatlaringiz muvozanatni ta’minlayaptimi? Siyosatchilar biron bir masalani muhokama qilganda, sizning dasturingiz barchani tinglash uchun mo’ljallanganmi? Kimdir noqulay ahvolga tushib qolmayaptimi? Agar shunday bo’layotgan bo’lsa, dasturingiz formatini qayta ko’rib chiqing. Bu bizni keyingi savolga olib keladi.
Siz biron-bir tarzda muvozanatni o’lchaysizmi va buni qanday qilasiz? Birinchidan, muayyan nuqtai nazarga qancha vaqt yoki materialingizda joy ajratilganligini o’lchab ko’rishingiz mumkin. Bu saylovlar paytida odatiy hol bo’lib, biz turli siyosiy partiyalarni adolatli ravishda qamrab olganimizga ishonch hosil qilamiz. Buni rasmiy yoki norasmiy ravishda amalga oshirish mumkin.
E’tibor berish kerak bo’lgan yana bir narsa bu intervyu berayotgan shaxslar yoki ishtirokchilarni tanlashga bog’liq. Suhbatdoshlaringiz etarlicha keng doiraga egami va ular asosiy nuqtai nazarlar o’rtasida muvozanatlashganmi?
Keyingisi, siz ikkala tomonga teng ravishda qiyin savollarni qo’yayapsizmi? Ikkala siyosatchidan intervyu olayotgan bo’lishingiz mumkin, ammo agar siz ulardan biriga juda qiyin savollarni bersangiz, ikkinchisiga esa sodda deb hisoblangan savollarni brsangiz, unda siz beg’araz va muvozanatli bo’lmaysiz. E’tiborga olish kerak bo’lgan oxirgi narsa, sizning o’quvchilaringiz so’roviga bir nechta savollarni qo’shishdir. Bularning barchasi sub’ektivdir, lekin asosiy mavzularni yoritishda tinglovchilaringiz sizning muvozanatli ekanligingizni his qilishyaptimi yoki yoq shuni bilish muhimdir.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida xolis bo’lmagan dasturlar ko’payib bormoqda. Ularda o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan ma’ruzachisi bor – ba’zi televizion tarmoqlar buni qiziqarli va hayajonli deb bilishadi. Bu mutlaqo boshqacha munozaradir, ammo tinglovchilarga yordam beradigan narsalardan biri bu yangilikni beg’araz yangiliklar deb hisoblanishidir va bu aslida unday emasligini ko’rsatishdir.
Gazetada ko’pincha mualliflar o’z fikrlarini bildiradigan tahririyat ustunlari mavjud. Agar muvozanatli va xolis deb hisoblash va ochiq-oydin namoyish nimani anglatishi aniq bo’lmasa, unda tomoshabinlar sizning yangilikingizga ishonchlarini yo’qotishlari mumkin. Albatta, biror bir mavzu bo’yicha blog yuritadigan va o’z nuqtai nazarini bildiradigan maxsus muxbirlarga ega bo’lishingiz mumkin, ammo ular ma’lum bir maqsadlarni targ’ib qilmaslikari kerak. O’quvchingiz, tomoshabiningiz yoki tinglovchilaringiz biron-bir dastur yoki nashrning xolisligini shubha ostiga qo’yishiga aslo yo’l qo’ymang.
Xulosa qilib aytganda, muvozanat va xolislik juda oddiy tushunchalardir, ammo ular juda muhimdir. Hikoyaga to’g’ri niyyat bilan yondashyapsizmi? Siz har xil fikrlarni ochiq ong bilan tinglaysizmi va siz har xil qarashlarni etarlicha yoritib, muvozanatli tarzda etkazasizmi?
Biz mukammal bo’lmagan dunyoda yashayapmiz, shuning uchun bu har doim ham oson emas, lekin nima bo’layotganini ob’ektiv yoritishga harakat qilsangiz, siz o’z auditoriyangizning ishonchini saqlay olasiz.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish