-
1-modul
Mazkur modul prodyuserlik falsafasiga kirish hamda kino ishlab chiqarishda prodyuserning ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Bu kasb haqida jamiyatimizda mavjud bo‘lgan stereotiplarni bilib olasiz hamda prodyuserning kasb vazifalari va malakalari haqida tasavvurga ega bo‘lasiz. Kurs materiallari, shuningdek kino ishlab chiqarish iyerarxiyasida prodyuserlarning qanday turlari borligi haqida ham ma’lumot beradi
-
2-modul
Ikkinchi modul bo‘lg‘usi va endi ish boshlayotgan prodyuserlarga sanoatga qanday qilib kirishib ketish hamda birinchi qadamlarni samarali tashlash borasidagi amaliy maslahatlarni o‘z ichiga olgan. Siz prodyuserlikning ehtimoliy ssenariylarini – ham ishni noldan boshlash, ham g‘oya/ssenariy mavjud bo‘lganda ishlash masalalarini hamda moliyalashtirishning ehtimoliy strategiyalarini ko‘rib chiqasiz. Shuningdek, ushbu modulda filmning byudjeti va investitsiya paketi tarkibining tahlili ham beriladi
-
3-modul
Mazkur modul sizni ishlab chiqarish jarayonida nimalarga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi maslahatlar, shuningdek kinosanaotda zamonaviy prodyuser loyihani rejalashtirishda inobatga olishi juda muhim bo‘lgan ayrim jihatlar bilan tanishtiradi
-
Yakuniy test
Javob qoldiring
You must be logged in to post a comment.