Inga Sikorska: mojarolarni yoritishda tinchlikparvarlik jurnalistikasi

Xalqaro amaliyotda tinchlikparvarlik jurnalistikasi yoki tinchlik jurnalistikasi degan atama bilan tanilgan jurnalistika turi nima ozi degan savolga javob bera olasizmi?

Bu – ijobiy jurnalistikami?

Bu – hokimiyat muammoni qanday hal qilayotgani haqida aytib beruvchi materiallar orqali mojaroni yumshatishmi?

Yoki bu – siz yoritayotgan mojaroning xolis xronologiyasiga asoslangan faktlar va fikrlar muvozanatimi?

Taklif etilgan uchta savolning hech biri tinchlikparvar jurnalistika emas, chunki u boshqa printsiplarga asoslangan.

Tinchlikparvarlik jurnalistikasida uchta “YO’Q” qoidasi bor:
– Mojaroni yumshatishga urinmang; – mojaroda aybdorlarni qidirmang; – Fikr va da’volarni tasdiqlangan dalillar sifatida tarqatmang.

Tinchlikparvarlik jurnalistikasi mojarolarni yoritishda tahririyat va muxbirlarga tanlov qilish imkoniyatini beradi, tinglovchilarga mojaro haqida zo’ravonliksiz munosabatda bo’lish imkoniyatini berish uchun qanday faktlar va qaysi kontekstni taqdim qilish to’g’risida qaror qabul qilish. Kundalik ommaviy axborot vositalarida mojarolar haqida yangiliklar axborotlarni katta qismini tashkil qiladi va odamlar odatda tinchlikni saqlash uchun zo’ravonlik to’g’risidagi ma’lumotlarni efirga berilishi odatiy qilinishi kerak bo’lgan ish sifatida qabul qiladilar.

Bu shuni anglatadiki, axborot maydonida yetakchi bo’lgan shov-shuvli va harbiy yangiliklarga talab ortib brogan sari, tinchlikparvar jurnalistikaning roli ortib bormog’i kerak. Jurnalistlar mojarolar, urushlar yoki zo’ravonliklarga barham berish va tinchlik borasida tashabbuslarni amalga oshirish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida tadqiqotlar, muhokama olib borishi kerak, qolaversa dialog yaratish yo’lida turli nuqtai nazarlarini taqdim etishlari kerak.

Tinchlikparvarlik jurnalistikasi – bu jamiyatda mojaroga zo’ravonliksiz munosabatda bo’lish imkoniyatini yaratish uchun muharrirlar va muxbirlar davom etayotgan mojarolar haqida qaysi xabarlarni va qanday qilib aholiga yetkazish haqida qaror qabul qilishlaridir.

Xalqaro jurnalistika tarixida ommaviy axborot vositalari mojarolarni qo’zg’ashda ayblangan bir nechta holatlar mavjud. Ko’pincha bu nizoli vaziyatni noto’g’ri yoritilishi yoki yetarli darajada tasdiqlanmagan ma’lumot bilan bog’liq bo’lgan.

Shu sababli, tinchliksevar jurnalistika tamoyillarini tushunish bizga millatlararo, dinlararo, dinlar ichidagi, guruhlararo va ijtimoiy mojarolar kabi eng murakkab masalalarni yoritishda ijodiy yondashuvlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Tinchlikparvarlik jurnalistikasining vositalari quyidagi masalalarni yoritishda qo’llaniladi:

  • millatlararo
  • dinlararo
  • din ichidagi
  • guruhlararo
  • ijtimoiy mojarolar

Tinchlikparvar jurnalistika tamoyillariа:

Tinchlikka yo’naltirilganlik

Birinchi va eng muhim qoida: agar siz ushbu ziddiyatlarning biron birini yoritayotgan bo’lsangiz, muammoni uchta asosiy jihat bilan o’rganishingiz kerak:

а) ushbu mojaroning taraflari kimlar

b) nizolashayotgan tomonlarning har birining maqsadlari nimadan iborat

с) ushbu tomonlarning mojarolarga olib keladigan qanday muammolari mavjud.

Odamlardan so’rang: mojaro kundalik hayotda ularga qanday ta’sir qiladi, ular aslida qanday o’zgarishlarni xohlashadi va ularning rahbarlarining pozitsiyasi yagona va eng yaxshi natija olib kela oladimi?

Va nihoyat, mojaro taraflarini faqat ularning rahbarlaridan iqtibos keltirgan holda ajratmang.

Ushbu qoidalardan foydalanish umumiy deb atalmish tinchlikni yaratishga yordam beradi. Mojaroning ikkala tomoni uchun ham hikoyangiz “hammaga maqbul qilib” yo’naltirilganligi va uni hal qilish bo’yicha munozaralarni kuchaytirishga qaratilganligi bilan hammani e’tiborini tortadi. Bu shuni anglatadiki, siz ziddiyatda ikkala tomonni teng deb hisoblaysiz va sizning hisobotingizda ikkala tomon ham “g’alaba qozonadi”. Shunday qilib, siz muvozanatga erishasiz.

Masalan, ijtimoiy guruhlar o’rtasida mojaro kelib chiqdi: park hududi yaqinidagi ko’p qavatli binolardan iborat mahallada yashaydigan va atrof muhit, ekologiyaga qayg’uradigan shahar  aholisi va bozorda ishlaydigan, o’z uylari bo’lmagan va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan ichki muhojirlar o’rtasida. Ular yozda istirohat bog’iga vaqtincha qo’nim topdilar, chunki yaqin atrofda kasalxona mavjud bo’lib, u yerda ularning bolalari davolanishga yuborilganlar. Mahalla aholisi bunga qarshi chiqishdi va mojaro boshlandi.

Siz ushbu ikkita muammoni mutanosib ravishda namoyish qilishingiz kerak, shunda o’quvchilarda har bir tomonning ehtiyojlariga shubha qolmaydi.

Hikoyangizni hech qaysi tarafga ziyon qilmaydigan tarzda yoritish, mojaroni muammo sifatida ko’rib chiqishga, uning kelib chiqishiga e’tibor berishga va kutilmagan lekin sodir bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlarining oldini olish uchun ochiq maydonni yaratishga ko’maklashadi. Bunday salbiy oqibatlarga kasalliklar, jarohatlar, zo’ravonliklar, tarkibiy, madaniy, ekologik zarar yetkazilishini qo’shish mumkin.

Faktrlarga asoslanib ish tutish

Siz rioya qilishingiz kerak bo’lgan ikkinchi tamoyil – bu haqiqatga va faktlarga jiddiy e’tibor berish, har tomondan yolg’onni fosh qilish va barcha hiyla-nayranglarni ochib tashlashdir. Faktlarni hisobga olgan holda, siz tomonlarning har biridan teng miqdorda faktlarni olishingiz va ularni tekshirishingiz kerak.

Bizning vaziyatimizda, biz ijtimoiy mojaroni o’rganayotganda, ziddiyatli tomonlarning orqasida turgan va mutlaqo boshqa maqsadlarga ega bo’lgan odamlar yoki siyosiy kuchlar bo’lishi mumkin; ba’zi oligarxlarning tijorat manfaatlari bo’lishi mumkin. Bularning barchasini faktlar asosida o’rganish va taqqoslash orqali tahlil qilishingiz kerak.

Ommaga va oddiy odamlarga yuzlanish

Tinchlikparvar jurnalistikasidagi uchinchi qoidasi – bu keng omma va oddiy odamlarga yuzlanish.

Marginallashgan guruhlarning, ozchiliklarning ovozlarini ham o’z hisobotingizda yoriting, ular orasidagi “Tinchlikparvarlar”ni toping, bu insonlar qaysi guruhga mansubligidan qat’i nazar, siz bularning fikrlari o’zingizning hisobotingiz qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rasiz.

Men o’z amaliyotimdan misol keltiraman.

Iyun voqealari paytida O’shdagi asosiy ko’chalardan biri. Foto: Inga Sikorska /IWPR

2010 yilda Qirg’iziston janubida yuz bergan etnik zo’ravonlik paytida, men u yerda bo’lganimda va voqea joyidan materiallar tayyorlaganimda, men o’zlarining jamiyatida hurmatga sazovor bo’lgan va qarama-qarshi tomonlarni yarashtirishga jur’at etadigan oddiy odamlar orasida  yetakchilarning borligini aniqladim. Bu qarama-qarshi jamoalarda yashaydigan odamlar, ammo ular har ikki tomon bilan teng sharoitda gaplashishadi va odamlarni ko’ndira olishlari mumkin. Qonli vaziyatni hal qilish yo’lida bu insonlar qo’yayotgan qadamlaridan so’ng, men o’zimga ularni qayd qilib yozib qo’ydim va ular bilan keyin suhbatlashdim, so’ngra “Qirg’izistonda olomon bilan kurashayotgan”maqtovlar eshitmagan” qahramonlar ” sarlavhali material yaratdim. Xulosa sifatida zo’ravonlikning avj olishiga yo’l qo’ymaslik uchun mediatsiya usullaridan foydalanish taklif qilindi. Natijada, tinchlikparvarlikni olg’a suruvchi  materiallarda jasoratli odamlarga e’tibor berilishi tinglovchilarni tinch jamiyatga yo’naltirdi va hokimiyatga mojaroni hal qilish bo’yicha mahalliy tashabbuslarni ko’rsatib berdi.

Yechim qidirishga intilish

Tinchlik = zo’ravonliksiz + ijod.

Va endi biz tinchlikparvarlik jurnalistikasining “yechim qidirishga intilish” degan so’nggi, to’rtinchi tamoyiliga yaqinlashmoqdamiz. Bu shuni anglatadiki, o’z hikoyamizda biz quyidagi formulani keng qo’llashimiz mumkin: tinchlik = zo’ravonliksiz + ijod.

O’zingizga muhim savolni bering, mojaroning pasaytirish  yoki o’chirish uchun nima yordam bera olaman? ” Ya’ni mojaro ko’lamini toraytirish, keskinlikni kamaytirish, tinchlik jarayoniga o’tish uchun nima qila olasiz. Fikrmga qo’shiling, bu yuklatilishi mumkin bo’lgan eng ajoyib vazifa! Bu savolga ijodkorlik – bu tomoshabinlarga namoyish qilinayotgan hodisaning ko’rinmas tomonlarini ko’rsatish ekanligini anglab, javobni tayyorlang. Ushbu tamoyilni amalga oshirish usullaridan biri bu “qarama-qarshi tomonni anglab yetishdir”. Professional jurnalistlar qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi to’siqlarni yengib o’tish uchun har ikki tomon uchun birdek umumiy bo’lgan voqealarni qidirib topishlari mumkin.

Munozaralar nizolarni murosali yo’l bilan hal qilish uchun yo’l ochadi. Foto: IWPR

Masalan, bu ekologik muammolarni hal qilish, biznes istiqbollari, sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish yoki dehqonchilikning yangi usullari haqida umumiy yondashuvlar bo’lishi mumkin. Ikkala tomon uchun ham maqbul yechimlar to’g’risida materiallar tayyorlash mumkin.

Shaharliklar va ichki muhojirlar o’rtasidagi ko’rib chiqilayotgan ijtimoiy mojaro misolida, ko’p qavatli uyda yashovchi hurmatli yetakchi bo’lgan biror insonni topish kerak va bu inson ichki migrantlar va ularning muammolari bilan shug’illanishi kerak bo’lgan agentliklar o’rtasida ushbu odamlarning muammolarini hal qilish uchun vositachi bo’lishi mumkin. Turli sabablarga ko’ra bu odamlar o’zlari bu davlat idoralariga murojat qila olmayotgan bo’lishlari mumkin. Axir, ularni park zonasiga joylashib olishlari –  shunchaki mojaro instrumentidir!

Va nihoyat, tinchlikparvarlik jurnalistikasi mojarolarni va nozik voqealarni yoritishda asosiy yana bir qoidaga amal qiladilar: biron bir tomonni tasvirlashda hech qachon dushmanona so’zlardan foydalanmang.

Odamlarga nima bo’lganini tasvirlash uchun hissiy so’zlarni noto’g’ri ishlatishdan saqlaning.

“Genotsid” butun bir xalqning yo’q qilinishini anglatadi.

“Fojia” dramaning bir shakli bo’lib, unda kimningdir xatosi yoki zaifligi o’limga olib keladi.

“Qatliom” qurolsiz va himoyasiz odamlarni qasddan o’ldirishdir.

“Yomon niyyatli”, “shafqatsiz”, “o’ta shafqatiz”, “buzg’unchilarcha” terrorist, fanatik, ekstremist, fundamentalist.

Bu nafrat uyg’otuvchi so’zlar har doim faqat qarama-qarshi (dushman) tomonni tasvirlashda beriladi. Va bunday tilni ishlatadigan jurnalist uchun bu qarama-qarshi tomonlardan birini qabul qilib yonini olishini anglatadi. Ya’ni xolislik va tarafkashlikni yo’qotishni anglatadi.

 

Mavzu bo’yicha mashqlar


Endi tinchlikparvarlik jurnalistikasi elementlari bo’yicha qiyosiy mashqlar bajarishga harakat qiling. Ikkita yangilikni tahlil qiling va qaysi biri tinchlikparvar jurnalistika modeliga mos kelmasligini aniqlang? Nima uchun? Buni tushunish uchun o’zingizga bergan savollar ro’yxatini tuzing.

Скачать упражнение миротворческая журналистика

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.