Yuklash
Chop etish

Jonli efir (Live Streaming)

Spoiler/Спойлер (click to read/кликните, чтобы прочитать)
Jonli efir televideniya yoki ijtimoiy mediya orqali yangiliklarni uzatishning juda muhim usulidir. Endilikda siz faqatgina smartfon yordamida, uyali telefon signali bor istalgan joydan jonli efirga chiqishingiz mumkin. Bu oddiydek ko’rinishi mumkin, lekin jonli efir haqida gap ketganda yodda tutish kerak bo’lgan bir nechta qoidalar mavjud. (slayd) Eslatib o’tishimiz kerak bo’lgan birinchi narsa shuki, jonli efirning ikki turi mavjud.
Birinchisi efirga uzatish. Siz voqea joyida bo’lishingiz va yangiliklar teleradiokompaniyasining jonli efirida bo’lishingiz mumkin. Radio har doim ham juda mobil bo’lgan, ammo so’nggi yillarda sun’iy yo’ldosh uzatgichlaridan foydalanmasdan videoni uzatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Jonli efirda, siz odatda studiyada o’tirgan hamkasbingiz bilan gaplashasiz, odatda yangiliklarni o’qib beradigan boshlovchi bilan. Uskunalar odatda murakkabroq. Efirga uzatish yuqori standartlarni talab qiladi, shuning uchun odatda yangiliklar guruhlarida yanada yaxshi va ishonchli signal berish uchun bir nechta SIM-kartalarni birlashtirgan LiveU kabi kompaniyalar ishlab chiqargan qutilari bo’ladi. Shunday qilib, jonli efir qilish uchun uskunalar oddiy telefondan toritib to katta kameralar va ixtisoslashtirilgan maxsus eshittirish uskunalariga qadar bo’lishi mumkin. Ijtimoiy mediyada jonli translyatsiyalar an’anaviy jonli efirdan juda farq qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi jonli efirda siz tinglovchilaringiz bilan jonli muloqotda bo’lasiz. Bu ko’proq shaxsiy savol-javoblar, hamkasblar bilan emas, balki muxlislar sharhlari shaklida kelib tushayatgan savollar bo’ladi. (slayd) Shunday qilib, birinchi navbatda, texnik standartlarni qanday qilib yuqori darajada saqlab turish mumkin? Shubhasiz, studiyangiz bo’lsa sizda eng yaxshi uskunalar mavjud bo’lishi mumkin va bugungi kunda siz Vmix yoki OBS kabi dasturlardan foydalangan holda yaxshi uy studiyasini yaratishingiz mumkin. Ammo men yangiliklar studiyasidan tashqaridagi biron bir joydan to’g’ridan-to’g’ri “streaming”ga e’tibor qaratmoqchiman. Agar siz Internet orqali uzatayotgan bo’lsangiz, Internet “yuklab quyish” (upload) tezligini tekshirishingiz kerak. Yodingizda bo’lsin, yuklab olish (download) tezligingiz haqida tashvishlanishingiz shart emas. Bu siz uyda tomosha qilish uchun filmlarni yuklayotganingizda (download) juda muhim bo’lishi mumkin. “Streaming”da siz signal yuborasiz, shuning uchun yuklab qo’yish (upload) tezligi eng muhim jihatdir. Siz Internet tezligini tezkor tekshiradigan dasturlarini o’rnatib olishingiz yoki maxsus veb-saytlarga kirib tekshirishingiz mumkin.
Odatda, sekundiga kamida 5 megabit kifoya qilishi mumkin, lekin ideal holda sizga ancha yuqori qiymat kerak bo’ladi. Agar siz o’z telefoningizdan foydalanayotgan bo’lsangiz, tashqi mikrofondan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling, telefonga o’rnatilgan mikrofonga ishonib qolmang. Odatda yaxshi ovoz olish uchun telefon sizdan juda uzoqda bo’ladi. Agar siz selfi qilish uchun orqa kameraga o’tsangiz, telefon mikrofonni boshqa yo’nalishga qaratib ishlata boshlaydi. Aksariyat telefonlarda 3 yoki 4 ichki mikrofon mavjud. Mavjud mikrofonlarni smartfoningizga ulash uchun juda arzon mikrofonlarni yoki smartfon adapterlarini sotib olishingiz mumkin. Oddiy qilib aytganda, sifatli audio uzatayotganingizga ishonch hosil qiling.
Keyingi masala, yoritish haqida bosh qotirib ko’ring. Siz tabiiy yorug’likdan foydalanishingiz mumkin, lekin dominant yorqin yorug’lik yo’nalishi bo’yicha tasvirga  olmayotganingizga ishonch hosil qiling. Bu deraza yoki quyosh bo’lishi mumkin. Eng yorqin nurda tarsvirga olishdan qochishga harakat qiling, chunki siz “siluyet effekti”ga duch kelishingiz mumkin. Agar siz o’z yorug’ligingizni qo’shmoqchi bo’lsangiz, xozirgi kunda juda arzon LED kamera chiroqlari mavjud, ularni telefoningiz yoki kamerangizning ustiga o’rnatishingiz mumkin.

Va nihoyat, kamerani barqaror turishini ta’minlang. Jonli translyatsiya xuddi naychadan tushayotgan suvga o’xshaydi. Ushbu naycha maksimal sig’imga ega. Tasvir doimiy ravishda o’zgarib turishi uchun kamerani turli yo’nalishlarda aylantirganingizda, qo’shimcha ma’lumot bu trubadan o’tishi kerakligini anglatadi va siz mualliqlanib qo’lasiz, natijada sifat pasayadi. Agar siz barqarorlikni ta’minlash uchun tripod yoki boshqa narsadan foydalansangiz, sizning translyatsiyangiz sifati ancha yaxshilanishi mumkin. (slayd) Endi ijtimoiy mediyada jonli efirga doir ba’zi maslahatlar.

Efirni boshlashdan oldin avval qurilmangiz yo’nalishini tanlang. Vertikal yoki gorizontal ravishda tasvirga olishni xohlaysizmi? Masalan, Instagram Live ekrani faqat vertikal video taqdim etsa, Facebook e’sa sizga tanlov beradi. Siz buni o’zingiz hohlaganday qilishingiz mumkin, lekin efirga chiqqandan so’ng, fikringizni o’zgartirishga juda kech bo’ladi.

Keyin, auditoriyani jalb qiling. Algoritmlar sizni jalb qilganingiz uchun mukofotlaydi. Bular sharhlar, “like”lar, “repost”lar yoki har qanday boshqa turdagi harakatlar bo’lishi mumkin. Agar siz kontent yaratsangiz va auditoriyangizni jalb qilsangiz, unda algoritm sizning tarkibingizni ko’proq odamlarga namoyish qiladi. Odamlardan ko’proq sharhlar yozishni va qandaydir reaksiya qilishlarini so’rang.

Ijtimoiy tarmoqlarda 20 daqiqali jonli translyatsiya optimal davomiylikdir, lekin odamlar translyatsiya paytida qo’shilishlari ham mumkin. Yangi qo’shilgan odamlar jonli efirning boshlanishidan  birga bo’lmaganligi uchun har bir necha daqiqada siz yangi odamlar bilan salomlashishingiz va ularga jonli efir mavzusini eslatishingiz kerakligini yodda tutishingiz kerak. Keyingi jihat, sharhlarni e’tiborsiz qoldirmang. Tomoshabinlar Facebook Live kabi platformalarda muloqot qilishni yaxshi ko’radilar, shuning uchun sharhlarni diqqat bilan kuzatib boring va ularga doimiy ravishda javob bering. Jonli efir tugaganidan keyin ham sharhlarga javob berishingiz kerak. Tugatganingizdan so’ng, ishingiz tugaganday o’zingizni his qilmang. Ehtimol, siz Facebook Live-da mehmon bilan suhbatlashdingiz va u qiziq bir narsani aytdi.
Orqaga qayting va translyatsiya uchun yozga tavsifingizni tahrir qiling. Buni sarlavha kabi o’ylab ko’ring. Jonli efir tarkibini bilganingizdan so’ng, siz yozuvni tomosha qiladiganlar uchun o’zingizning tavsifingizni ancha yaxshi qilishingiz mumkin.

Nihoyat, o’zingizni yozib olingan materialingizni targ’ib qiling. Boshqa ijtimoiy kanallarga havolani ulashing. Bunga har qanday onlayn videoga bo’lgani kabi munosabatda bo’ling. (slayd)

Va nihoyat, odamlarning jonli efir paytida ba’zi bir keng tarqalgan xatolari haqida. Kechikishlarni yodda tuting. Agar siz Facebook-ga jonli efir qilayotgan bo’lsangiz, qalqib chiquvchi xabarlarni ko’rishingizgacha o’n-yigirma soniya o’tishi mumkin. Bunday kechikish normal holdir, biror narsa noto’g’ri ketib qoldi deb o’ylab yurmang, to’xtamang.

Keyingisi, sharhlar bilan ishlash uchun yordamchi toping. Bir paytda sharhlarni o’qib borish va ularga izohlarlar yozish qiyin bo’lishi mumkin. Agar siz katta yangiliklar jamoasida ishlasangiz, sharhlarni kuzatadigan yordamchi kishini toping. Buning usullaridan biri – kimdir sharhlarni kuzatib borishi va WhatsApp-da eng yaxshi 3-4 ta sharhni yuborishdir. Agar sizda zaxira telefoningiz bo’lsa, eng yaxshilarini izlab izohlashning o’rniga, ushbu WhatsApp xabarini o’qish bilan kifoyalanishingiz mumkin. Agar siz telefoningizdan jonli efir qilayotgan bo’lsangiz, sharhlarni osongina kuzatib borish uchun ikkinchi telefonga ega bo’lish yaxshi fikrdir. Xavfsizlik qoidalarini e’tiborsiz qoldirmang. Biz jonli efirga shunchalik shung’ib ketishimiz mumkinki, biror bir tajovuzkor kuzatuvchilarni, mashinani yoki boshqa tahdidlarni sezmay qolishimiz mumkin. Ogoh bo’ling yoki kimdir buni kuzatib borishini so’rang. Ob’ektivingiz bo’lsin. Odamlar o’z telefonlaridagi old kameradan jonli efirga chiqishganda, odatda katta muammo vujudga keladi. Ba’zan ular ob’ektivga qarashning o’rniga telefon ekranida o’zlariga qarashadi. Ko’zlaringiz to’g’ri joyda ekanligiga ishonch hosil qiling.
Va nihoyat, sizga to’g’ri boshlanish va yakun kerak. Jonli translyatsiya boshqa har qanday videoga shunisi bilan o’xshab ketadi. U kuchli boshlanish va yakun talab qiladi. Yakunda harakatga chorlash bo’lishi mumkin. Odamlardan saytingizga kirishni yoki sharh qoldirishni so’rang. Batareyka tugab qolishi va normal yakun ta’minlanmasligini oldini olish kerak.
Va bir necha yakuniy maslahatlar. Agar siz yanada kuchli mobil Internetga ega bo’lishni istasangiz, Speedify deb nomlangan ilova mavjud bo’lib, u sizga kuchliroq va ishonchli oqim berish uchun bir nechta telefonlarni birlashtirishi mumkin. Agar sizda iOS qurilmalari bo’lsa, Switcher Studio ilovasi yordamida ko’p kamerali grafikali ko’rsatuvlar qilishingiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz turli xil telefonlardan bitta kamera Wi-Fi tarmog’i orqali ulangan bo’lsa, ularning hammasini kamera manbalari sifatida foydalanishingiz mumkin. Agar siz dslr yoki videokamerani noutbukga ulamoqchi bo’lsangiz, buni elgato camlink kabi suratga olish kartasi bilan qilishingiz mumkin. Bu sizga ulangan har qanday kamerani noutbukda veb-kamera sifatida ko’rishga imkon beradi. Va LiveU va Teradek kabi yirik kompaniyalar ham telefon orqali va ham an’anaviy kameralardan jonli efirni uzatish uchun apparat va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqarishadi.

Xulosa qilib aytganda, jonli efir – bu so’nggi yangiliklarni tarqatish va ijtimoiy mediya orqali o’z auditoriyangizni jalb qilishning ajoyib usuli. Agar siz ushbu bir nechta oddiy qoidalarga rioya qilsangiz va yorug’lik va ovozingizni to’g’ri sozlasangiz, stanslyatsiyalar foydali hikoya qilish vositasi bo’lishi mumkin.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish