Yuklash
Chop etish

Jurnalistik surushtiruvlar

Spoiler/Спойлер (click to read/кликните, чтобы прочитать)
Ushbu bo’limda biz surushtiruv jurnalistikasi haqida suhbatlashamiz. Bunga bitta ta’rif – surushtiruv jurnalistikasi bu kimdir yashirishga uringan ommaviy qiziqish uyg’otadigan ma’lumotni topishga harakat qiladigan jurnalistikadir. Shunday qilib, ta’rifga ko’ra, bu qiyin ish, chunki siz topish oson bo’lmagan dalillarni, guvohliklarni va isbotlarni qidirmoqdasiz. (slayd)
Xo’sh, surushtiruvni qanday rejalashtirmoq kerak?
Birinchidan, o’zingizning gipoteza yoki farazingizni tasdiqlashingiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, siz tekshirmoqchi bo’lgan har qanday masala yoki qonunbuzarliklar ostida nimadir borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Siz bu yerda haqiqiy hikoya borligiga amin bo’lmasdan vaqt, pul va kuch sarflashni xohlamaysiz. Buni hujjatlar, ma’lumotlar yoki guvohliklar kabi ba’zi bir dalillar yordamida amalga oshirish mumkin. Agar biror bir dalil tekshirishga arziydigan bo’lsa, unda gipoteza yarating yoki savol qo’ying. Ilmiy tajriba sifatida yondashing.
Olimlar gipotezani olg’a surishadi, tajribalar qilib tadqiq qilishadi va keyin gipoteza to’g’ri bo’lganmi yoki yoq degan xulosaga kelishadi. Agar sizning surushtiruvingiz sport sohasidagi korruptsiya to’g’risida bo’lsa, sizning taxminingizga ko’ra Olimpiya sportchilari uchun mo’ljallangan mablag ‘korruptsioner ma’murlar tomonidan, reklama beruvchilarga to’lanadigan pul sifatida rasmiylashtirilib o’zlashtirilgan bo’lishi mumkin. Keyin, o’z gepotezangizni tekshirayotganda, kim nima qilayotganini, shuningdek qanday qilib va ​​qancha vaqt davomida bu ishini qilayotganiga doir dalillarni qidirasiz.

Endi rejalashtirishga qaytaylik. Keyinchalik, qanday manbalarga murojaat qilishingiz mumkinligini ko’rib chiqishingiz kerak. Murojat qilish mumkin bo’lgan hujjatlar bormi? Nimalar bo’layotgani haqida gapirishga tayyor biror kishi bormi? Pul qayerga ketayotganini ko’rsatish uchun soliq deklaratsiyasi singari bilvosita dalillardan foydalana olasizmi? Siz qanday ma’lumotlarga, hujjatlarga va guvohlarga murojaat qilishingiz mumkinligini ko’rib chiqishingiz kerak.

Keyin, byudjet rejasini tuzing. Bu zerikarli qism kabi ko’rinishi mumkin, ammo sizning muvaffaqiyatingiz har qanday byudjet bilan qanchalik samarali bo’lishingizga bog’liq. Jamoada nechta kishi bo’lishi mumkin? Surushtiruvingiz qancha  vaqt olishi mumkin? Xizmat safarlari bo’ladimi? Sizga uskunalar yoki ofis xonasi kerakmi?

Bularning barchasi byudjetga kiritilishi kerak. Va ozgina pulni zaxirada qoldirish kerak, chunki xizmat safarlari, boshqa tillardan tarjimalar yoki xavfsizlik kabi har doim rejaga kiritilmagan va kutilmagan xarajatlar bo’lib qolishi mumkin. Kutilmagan xarajatlarni rejasini tuzishingiz kerak.

Tayyorgarlikning yakuniy bosqichida vazifalar ro’yxatini tuzish va vazifalarni taqsimlash kerak. Surushtiruvlar odatda ko’p qirrali bo’lib, ma’lumot bir necha joyda tarqalib yotgan bo’ladi. Ishlarni tashkillashtirish jamoa a’zolariga javobgarlikni yuklaydi va dalillarni tizimli va tartibli ravishda to’plash jarayonini tashkillashtirishni talab etadi. (slayd) Ma’lumotlarni yig’ish bosqichiga kelganda, bir nechta narsani yodda tutish kerak. Birlamchi va ikkilamchi manbalarning kombinatsiyasini olishga harakat qiling. Shunday qilib, asosiy manbalar mavzuga to’g’ridan-to’g’ri ta’rif berishadi.

Masalan, hukumatdagi korruptsiyasiga to’g’ridan-to’g’ri duch kelgan kishi asosiy manba bo’lishi mumkin. Boshqa manbalar ikkinchi darajali – tahlilni o’tkazadigan mutaxassislar yoki korruptsiya quboni bo’lgan odamlar, ammo ular korrupsiyaga bevosita guvoh bo’lishmagan. Ushbu manbalarning barchasini birlashtirish yaxshi natija berishi mumkin. Ma’lumotlar va mutaxassislar haqida gap ketganda, siz surushtirayotgan ma’lumotlarning ma’nosini tushunadigan odamlarni jalb qilish kerak. Surushtiruvning bir qismi qaysi mutaxassislar hujjatlar, ma’lumotlar yoki umumiy ma’lumotni tushunish uchun zarur bo’lgan bilimga ega bo’lishini aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Aks holda siz, ko’zi pishib ketgan mutahassis darhol ko’ra oladigan muhim ma’lumotlarni, o’tkazib yuborishingiz mumkin.
Keyinchalik, gipotezangizdagi biror bir bo’shliq yoki kamchilikni aniqlab olishingiz kerak. Yodingizda bo’lsin, gipoteza – bu nima bo’lyatganligi haqidagi sizning eng yaxshi taxminingiz. Biror ishni tergov qilayotgan yuridik guruh sifatida bu haqida o’ylang. Ular jinoyat paytida sodir bo’lgan deb o’ylagan narsalarining butun nazariyasini ilgari suradilar va keyin uni qo’llab-quvvatlash uchun dalillarni taqdim etadilar. Siz ham shunday qilishingiz kerak. Sizning nazariyangizda mantiqsiz joylar bormi? Jumboqni to’ldirish uchun biron bir qo’shimcha ma’lumot kerakmi? Agar siz tekshiruvda ushbu kamchiliklarni aniqlasangiz, gipotezangizning ushbu qismlarini kuchaytirish uchun qo’shimcha tekshirislar o’tkazishingiz mumkin.
Va nihoyat, siz sifatli va miqdoriy tadqiqotlar o’rtasidagi farqni tushunishingiz kerak. Oddiy qilib aytganda, miqdoriy tadqiqotlar ishonchli faktlar … raqamlarni taqdim etish bo’lsa, sifatli tadqiqotlar esa ko’proq odamlarning xulq-atvori va munosabati haqida bo’ladi. Shunday qilib, miqdoriy tadqiqotlar, masalan ko’plab yoshlarning mamlakatni tark etayotganligini ko’rsatishi mumkin, ammo sifatli tadqiqotlar nima uchun ketayotganliklarini yaxshiroq tushunish uchun ko’plab yoshlar bilan so’rov o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Keyinchalik, siz jamoa yaratish haqida o’ylashingiz kerak. Agar sizda ko’p vaqt bo’lmasa, sizga jamoa bo’lib ishlash kerak bo’lishi mumkin. Rollarni qanday taxsimlash kerak? Kim ichki iyerarxiya bo’yicha kimga hisobot beradi? Jamoa a’zolariga doimiy uchrashuvlar kerakmi yoki barchangiz alohida ishlaysizmi? Jamoangizni shakllantirishda bajarilishi kerak bo’lgan vazifalar haqida bosh qotirib ko’ring.
Bu meni keyingi bo’limga olib keladi. Ehtimol siz tadqiqotchilarni topishni xohlarsiz. Faqatgina ular mavzuga mos keladigan tadqiqot qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Masalan, sizga uzun hisobotlarni yoki murakkab ma’lumotlarni o’rganish uchun odamlar kerak bo’lsa, ularning bu ishni qila olishlariga doir ko’nikmalarga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Keyin mutaxassislar masalasiga kelamiz. Ko’pgina mavzular mutaxassis bilimini talab qiladi. O’zingiz topgan mutaxassislar xolisligiga ishonch hosil qiling va topganingizni noto’g’ri talqin qilmasliklariga ishonch hosil qiling.
Va nihoyat, yordamchilarga ehtiyojingiz bormi shuni ko’rib chiqing. Bu umumiy ofis ishlarini bajarishdagi yordam, yoki haydovchiga yoki tarjimonga ehtiyoj bo’lishi mumkin. Agar siz ushbu odamlarga jamoada g’amxo’rlik qilishni unutsangiz, hammasi tezda qulashi mumkin.

Siz ishlatishingiz mumkin bo’lgan juda foydali vositalar mavjud. Axborot erkinligiga doir mahalliy qonunlarni ko’rib chiqing. Ular sizning surushtiruvingiz uchun foydali bo’lishi mumkin. Surushtiruvning xavflaridan biri shundaki, sizda juda ko’p ma’lumotlar mavjud – bosma eslatmalar, qo’lda yozilgan yozuvlar va kompyuterdagi boshqa narsalar.

Evernote-ga o’xshash narsa – barchasini birlashtirishning ajoyib usuli. Nomidan ko’rinib turibdiki, Evernote nafaqat yozuvlarni yozibgina qolmay, balki havolalarni tashkil qilish va foydali veb-saytlar va ma’lumotlarni kuzatib borishda ham qulaydir. U mobil qurilmalar va kompyuterlarda ishlaydi. Oligrapher bu bir-biriga bog’liqliklarga asoslangan vositadir, odamlar o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan. Oligrapher orqali biz nufuzli odamlarning aloqalari haqida gapiramiz. Qaysi milliarder qaysi siyosatchini bilar edi? Ba’zan odamlar ma’lum bir hikoya atrofida qanday bog’liqligini ko’rsatish foydali bo’lishi mumkin.
Yana bir haqiqattan ham foydali vosita – Openrefine. Yolg’on ma’lumotlarni tozalashga yordam beradi. Openrefine bu haqiqattan ham katta ma’lumotlar bilan ishlashga mo’ljallangan. Bu xatolarni yoki bir necha marta kiritilgan bir xil ma’lumotlarni topishga yordam beradi. Muxtasar qilib aytganda, bu sizning ma’lumotlaringizning to’g’riligiga ko’proq ishonch hosil qilishingizga imkon beradi.
Ma’lumotni vizualizatsiya qilish uchun yana bir boshqa vosita bu “Linkurious”dir. Linkurious sizning kamchiliklaringizni va muammolaringizni aniqlashga yordam berish uchun ma’lumotlarni vizual shaklga keltiradi.

Xulosa qilib aytganda, surushtiruv jurnalistikasi savol yoki gipotezani ilgari surish, aslida nimalar sodir bo’layotganining dalillarini topish va o’quvchilaringiz yoki tinglovchilaringiz to’liq tushuna oladigan tarzda voqeani aytib berishdan iborat.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish