Mariya Zozulya: jurnalistik tahlilni qanday yaratish kerak?

Har kuni ommaviy axborot vositalarida yuzlab turli xil yangiliklar paydo bo’ladi. Ba’zan ushbu oqimda alohida e’tiborga va sinchkorlik bilan o’rganishga loyiq bo’lgan ma’lumotlar chetda qolib ketadi, vaholanki bu ma’lumotlar mamlakat aholisining hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan bo’ladi.

Ammo bu maqolalarga o’quvchilar e’tiborini qanday jalb qilish kerak? Ularning ahamiyati darajasini qanday qilib tushuntirish kerak? Shoshilmay muhim mavzuni jiddiy o’rganib chiqing! Sinchiklab, mayda-chuyda tafsilotlari bilan, mavzu tarihini, taqqoslashlar qilib, mutaxassislar va turli xil guruhlarning fikrlari orqali o’rganib chiqing. Buni tahliliy material tayyorlash deyiladi.

Uning yordami bilan biz, jurnalistlar, o’quvhilarga nafaqat masalaning chuqurligini ochib bermoqdamiz, balki dalillar to’g’risida mulohaza yuritishga va ko’tarilayotgan masalaga haqiqiy munosabatni shakllantirishga chorlaymiz. Ideal natija – bu jamiyatda muhokamani boshlab berish va birgalikda muammoning echimini topish.

Analitikani nimadan boshlash kerak?

Albatta, mavzu aholining keng doirasi manfaatlariga ta’sir qilishi va dolzarb bo’lishi kerak. O’z vazifalarini bajarmaydigan yoki o’z manfaatlarini qondirish uchun o’z mavqeini suiiste’mol qiladigan davlat idoralari va mansabdor shaxslarning ishi analitik maqolalar uchun tugab bo’lmaydigan manba. Chunki bunday salbiy xollar ko’plab odamlarning hayot sifatiga jiddiy ta’sir qiladi.

Analitik maqolalarga yana quydagilarni asos qilib olishingiz mumkin:

  • Tahliliy hisobotlar
  • dokladlar
  • Ma’ruzalar va nutqlar
  • Yakuniy press relislar
  • Anketalar
  • Monitoring natijalari
  • Statistik ma’lumotlar va rasmiy ko’rsatkichlar

Keyinchalik, mavzuni chuqur o’rganishga o’tamiz. Biz qanchalik chuqur o’rgansak va tahlil qilsak, material shunchalik yaxshi bo’ladi.

Amaliyotimda men bunday hiyla-nayrangga murojaat qilaman: rasmiy manbalar va statistikani o’rganishdan oldin ijtimoiy tarmoqlarda maxsus forumlarga kirib o’rganyatgan mavzuga doir munozaralarni qidiraman. U erda siz odamlarni qiziqtiradigan jihatlarni, fikrlarni, mayda tafsilotlarni aniq ko’rishingiz mumkin. Aslida, bu maqsadli auditoriyani o’rganishdir. Bizning maqolamiga ko’rgazmali material sifatida hizmat qiluvchi tor mutahasisslar ham bu forumlarda topiladi.

Shuningdek,  ijtimoiy tarmoqlarda kichik shaxsiy so’rov o’tkazishingiz mumkin. Odamlar ko’pincha qiziqarli izohlarni qoldiradilar va muammoni turli xil va kutilmagan tomondan ko’rib chiqishga yordam berishadi.

Keyin mutaxassislarni qidirish boshlanadi. Ideal variant – kelisha olmaydigan raqiblarni topishdir. Ular, shubhasiz, siz uchun qimmatli ma’lumotlarning manbaiga aylanadi, chunki ular bir-birlarining dalillarini to’g’rilashga harakat qilishadi. Jurnalist uchun bu qo’shimcha afzallik, chunki ko’pgina “muammolar” ochiladi bunday baxslarda.

Tahliliy maqolaning tuzilishi

Analitik materialning tuzilishini qanday qurish mumkin?

Hammasi sarlavha va kirish qismidan boshlanadi. Bu sizning maqolamizning o’ziga xos taqdimoti. Sarlavhada biz muammoning mohiyatini qisqacha bayon qilamiz va kirish qismida tahlil qilishda biz keltirmoqchi bo’lgan faktlarni umumlashtirib beramiz. Shu tarzda, biz o’quvchini muammoni jiddiy idrok etishga yordam beramiz.

Va keyin biz tasdiqlangan faktlar va fikrlarni, iqtiboslarni bayon qilamiz.

  • Taqqoslashlar
  • tendentsiyalar
  • Ko’rsatkichlar
  • Mutaxassislarning fikrlari

Ammo analitikada eng muhim narsa oxirida paydo bo’ladigan xulosalardir. Yakuniy qismda biz faktlarni tahlil qilish natijasida olingan prognozlar va tavsiyalarni joylashtiramiz.

Va barcha faktlarni yaxlit birlashtiruvchi mantiqiy zanjir qanchalik aniq shakllantirilsa, o’quvchini ushbu xulosalarning to’g’riligiga ishontirish osonroq bo’ladi.

 

Analitikada bo’lishi shart bo’lgan elementlar

Birinchidan, bu muammoning ko’p qirrali tahlilidir, bu muammoga nisbatan bir nechta nuqtai nazarlar borligini anglatadi. Qiziqarli va obro’li odamlarning fikrlarini to’plash juda muhimdir.

Respondentlaringizning so’zlari bilan muammoning oqibatlarini, ilgari hech kimga ma’lum bo’lmagan qiziqarli faktlar haqida yozasiz.

O’zingizning materialingizni vizual elementlar bilan to’ldirishingizga ishonch hosil qiling – bu grafikalar, rasmlar, fotosuratlar mavjud slayderlar, video grafika.

Muhim masala: faqat tasdiqlangan ma’lumotlarni maqolangizga kiriting. Bu shuni anglatadiki, barcha raqamlar aniq, isbotlangan bo’lishi kerak, tezislar e’sa faktlar, statistika bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Hech qanday holatda  noaniqliklarga yo’l qo’ymang.

Qanday uslubda yozish kerak?

Ish paytida men ikkita asosiy qoidani aniqladim: auditorya bilan u tushunadigan tilda gaplashish kerak. Dunyodagi barcha murakkab narsalarni sodda so’zlar bilan tushuntirish mumkin. Bu sizning xulosalaringiz va hukmlaringizga ishonchni oshiradi. Mahsus terminlarni ishlatishga berilib ketmang – bu ilmiy hisobot emas.

LEKIN! Shu bilan birga, hech qachon matnlarni xuddi ahmoq va o’qimagan odamlar uchun yozganday qilib yozmang. Bunday munosabatni o’quvchilar hech qachon kechirmaydi. Aksincha, siz o’quvchiga yaqin bo’lishingiz kerak.

Ya’ni, siz bir o’ziga hos muvozanatni topishingiz kerak: chiroyli, murakkablashtirmasdan va jumlalarni ko’paytirmasdan, shu bilan birga qiziqarli tilda yozish kerak. Yarim sahifaga cho’zilgan jumlalarni ko’p ishlatmang. Va tahlillaringizni qiziqarli qiling.

Matn hajmi

O’z-o’zidan, tahlil matn muayyan hajmda bo’lishini talab qiladi. Ammo hammamiz bilamizki, hech kim uzun va ko’p betli matnlarni o’qishni yaxshi ko’rmaydi. Meni maslahatim: avval barcha olingan materiallarni yozib chiqing. Va keyin o’quvchining o’rniga o’zingizni qo’ying va o’zingiz rostgo’ylik bilan javob bering – o’quvchi bo’lganingizda ushbu maqolani oxirigacha o’qib chiqarmidingiz? Shundan so’ng, matnni qisqartirishni boshlang.

Matnni ayamay qisqartiring: matni hajmi muhim ahamiyatga ega emas, balki undagi ma’lumot muhim.

Oxirgi materialning matnini sarlavhalar va kichik bo’limlarga bo’lish bilan tuzishingizni maslahat beraman. Bu matnni vizual tushunishni yengillashtiradi.

Yaxshi analitik material quydagilarni talab etadi:

  • Mavzu dolzarb bo’lishi kerak
  • Tezislar va savollar aniq shakllangan bo’ladi
  • Tahlil mantiqan chuqur va yaxshi tuzilgan
  • Manbalar ishonchli
  • Material taqdimoti izchil, kichik bo’limlarga ajratib ko’rsatiladi
  • Mantiqiy xatolar yo’q
  • Materiallar qo’yilgan savolga javob beradi.

Qo’shimcha o’qish uchun adabiyotlar:

O’zgarishlarga erishish uchun reportajlar: Inqirozli hududlarda mahalliy jurnalistlar uchun IWPR qo’llanmasi (rus tilida).

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.