Yuklash
Chop etish

Onlayn manbalarda nashr etish uchun analitik maqolani qanday takomillashtirish mumkin?

Matnni ochish/Spoiler (O'qish uchun bosing/click to read)

Axborotlashgan jamiyat va raqamlashtirish davrida har qanday olim nafaqat bosma nashrlarda, balki internet-resurslarda ham o’z maqolalarini nashr etishi maqsadga muvofiqdir. Agar ilmiy jurnallar kabi bosma nashrlar sizning ilmiy va akademik doiralardagi obro’ingizni va tan olinishingizni oshirsa, onlayn nashrlar esa keng qamrovga ega bo’lib va shuning uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochib bera oladi.

Nashr etilgan maqolalarning mavjudligi sizning mutaxassis sifatida shakllanib ulgurganingiz haqida ta’ssurot beradi. Shu bilan birga, maqolalar shaxsning mashxurligi va obro’sini ham oshiradi. Agar katta nashr sizning maqolangizni nashr etish istagini bildirsa , unda siz bunga loyiqsiz. Siz bosma yoki Internet nashrida maqola chop qilsangiz, siz o’zingizning kimligingiz va sizning ilmiy qiziqishlaringiz haqida ommaga ma’lum qilasiz. CABAR.asia kabi onlayn platformalar sizning maqsadli auditoriyangizni kengaytirishga yordam beradi, bu yerda sizni taniy boshlaydilar, keyin sizni kuzatib boradilar. Bu sizning shaxsiy brendingizni yaratishda yordam beradi – sizni qanchalik ko’p ko’rsalar, sizni eslab qolish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Har qanday siz haqingizdagi ijobiy gap ulkan foyda keltiradi va sizga bo’lgan ishonchni kuchaytiradi.

Ommaviy axborot vositalarida siz o’z maqolalaringizni nashr etishingizning maqsadlaridan biri bu sizning haqiqatan ham o’z sohangizning mutaxassisi ekanligingizni muntazam va ishonchli ravishda isbotlashdir. Kerakli onlayn-nashrni tanlashga kelganda, bu tanlovni sizning maqsadli auditoriyangiz afzal ko’rgan resurs foydasiga amalga oshirganingiz ma’qul.

Analitik maqolaning maqsadlari bir necha jihatlardan iborat bo’lishi mumkin – o’quvchiga ma’lum dalillarni ochib berish, har qanday siyosiy masala bo’yicha jamoatchilik fikrini o’zgartirish, vaziyat rivojlanishi mumkin bo’lgan variantlarini aniqlash va muayyan muammoni hal qilish yo’llarini ko’rsatish.

Tahliliy maqolangizni kuchaytirish uchun bir nechta tavsiyalar
Analitik maqola yozayotganda (tarkibiy qismlar va strukturaviy jixatlarga qo’shimcha ravishda) uni takomillashtirish bo’yicha quydai qo’shimcha tavsiyalarni berish mumkin.
Yozmoqchi bo’lgan maqolangizni o’quvchilarini his eting va ularni qiziqishlarini inobatga oling.

Hatto maqola ma’lum bir auditoriyaga qaratilgan bo’lsa ham, barcha o’quvchilarning bilim darajasi bir xil bo’lmasligi mumkinligini yodda tutish kerak. Biroq, hamma, tushunadigan tilda yozilgan materialdan -hamma narsa aniq va tiniq bayon etilgan materialdan, bir xil foyda oladi. Shuning uchun mualliflar yozuv jarayonida va materialni qayta tekshirgandan so’ng o’z auditoriyasini baholashlari shart.

Mualliflar o’zlariga bir nechta savollarni berishlari kerak:

• Ushbu maqolani kim va nima uchun o’qiydi?
• O’quvchiga qanday ma’lumot kerak?
• Qaysi ma’lumotlar umuman allaqachon ma’lum yoki o’quvchiga ochiq manbalardan ma’lum bo’lishi mumkin?

Mualliflar har doim o’quvchi nimani bilmoqchi ekanligi, muallif o’quvchiga nimani o’rgatmoqchi, nimani yetkazishi va auditoriyani nimaga ishontirishi haqida o’ylashi kerak.

Metodologiya har doim muhim, tahlil qilish uchun bir necha usul va vositalarni qo’llashga harakat qiling.

Tadqiqot usullari to’plami va dalillar to’plami – bular sizning vositalaringizdir. Tahlil usullari odatda materialning formatiga mos bo’lishi kerak va tahlilning bir nechta usullaridan foydalanish yaxshi tahliliy maqola uchun zaruriy shart hisoblanadi.

Ko’pincha mualliflar o’zlarining tahlillarini bitta ma’lumotlar to’plami atrofida tashkil qilishadi (masalan, YaIM dinamikasi yoki jinoyatlar sonining dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar yoki ekspertlar so’rovi) va bular ularga tahlil qilish jarayoni va natijalarini aniqlashga imkon beradi.

Sayoz materiallar tahlilida shunday yondashuv kuzatiladi : “Y” ma’lumotlar to’plamidan foydalanib “X” mavzusi haqida nima deyishim mumkin”, aslida esa yodashuv” – “qaysi YYYY vositalari … X mavzusini hal qilish uchun eng yaxshisi?”dir kabi bo’lishi kerak. Natijada, maqolada zaif prognozlar bilan kontekstni hisobga olmagan, bir o’lchovli va bir tomonlama natijani olishimiz mumkin. Shuni esda tutish kerakki, maqolada bir qator tahlil usullari va ma’lumotlardan foydalanish – ularni mantiqiy va to’g’ri talqin qilishdir.

Analitik maqolalarda muvozanat haqida unutmang.

Albatta, sizning o’zingizning fikringiz bor va siz unda qat’iy turishni xohlaysiz. Har qanday maqola odatda muallifning aniq fikrini o’z ichiga oladi. Biroq, muvozanatni saqlashga sodiqlikni namoyish etish kerak, buning uchun mualliflar tezislarini kuchli dalillar bilan isbotlaydilar. Shu bilan birga, hatto o’z pozitsiyangizni isbotlagan holda ham, siz shunchaki qarama-qarshi tomonni e’tiborsiz qoldirolmaysiz. Mavzuning ustida ishlashda muammoning barcha tomonlari o’rganilganligini va muallif qarama-qarshi dalillarni ham tushunishini ko’rsatib berishi muhimdir.

Agar siz, masalan, ba’zi bir shartnomalarni tuzishning afzalliklari to’g’risida maqola yozsangiz va ularning ahamiyatini aholiga isbotlashni istasangiz, ularning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlari va salbiy taraflariga ham e’tibor berishingiz kerak. Ogohlantirish natijalarini ko’rsatadigan tadqiqotlarni e’tiborsiz qoldirmang; nima uchun sizning argumentlaringiz boshqa tomonning dalillaridan ustunligini tushuntirib bering.

Tarkibga kelsak, baholovchi sifatlar ob’ektiv va betaraf bo’lishiga e’tibor bering: fantastik, yorqin, bema’ni, chiroyli, yaxshi va boshqalar.

Shuningdek, qoliplangan iboralarni ishlatishdan saqlanish tavsiya etiladi: “qizg’in mavzu …”; “ammo boshqa tomondan …”; Mubolag’adan saqlaning, masalan, quyidagi tuzilmalarga ehtiyot bo’ling: nihoyatda, juda, har doim, hech qachon, juda ko’p, ko’proq, eng kam.

Agar siz, masalan, xalqaro munosabatlar mavzusida yozayotgan bo’lsangiz, unda ba’zi voqealarni talqin qilishda, kamida ikki mamlakat pozitsiyasi haqidagi adabiyotlarni o’qishingiz kerak. Shunday yo’lni tutsangiz, sizning tahlilingiz ko’lami ancha kengroq bo’ladi.

Qanchalik ko’p ma’lumot manbalaridan foydalansangiz, muammoni shunchalik kengroq va chuqurroq asoslay olasiz. Shuning uchun xorijiy adabiyotlardan foydalanish va manbalarni diversifikatsiya qilish, ushbu mavzu bo’yicha hamkasblaringiz nashrlarini kuzatib borish, o’zingizning muammoingiz bilan bog’liq bir biriga yaqin fanlar nuqtai nazaridan o’qish tavsiya etiladi.

Masalan, agar siyosatshunoslik mavzusi tanlansa, ba’zida bir xil muammo sotsiologiya, iqtisod va hatto antropologiyada qanday tahlil qilinishini ko’rish foydalidir. Mualliflar o’z natijalarini boshqa mamlakatlarning natijalari, boshqa tadqiqotlar bilan taqqoslashlari mumkin va taqqoslashlari kerak.

Balansni saqlash degani shuningdek, diagrammalar, grafikalar va jadvallardan foydalanish masalasini ham o’z ichiga oladi. Matnni ortiqcha yuklamaslik kerak, masalan diagrammalar, shu jumladan tushuntirishlarga ega bo’lmagan diagrammalar bilan.

Muvozanat haqida gapirganda, shuningdek, “nozik” mavzular taqdimotida, ayrim masalalarning gender jihatlarini hisobga olish kerak.

Maqolaning amaliy yo’naltirilganligi muhim ahamiyatga ega.

Xulosalar va takliflaringiz mavjud sharoitda va hozirgi vaqtda amalga oshiriladigan amaliy xarakterga ega bo’lganligiga alohida e’tibor bering. Tadqiqot faoliyatidan tashqari samarali tavsiyalar ishlab chiqish uchun o’zingizning qiziqishlaringiz mavzusidagi barcha tadbirlarda – onlayn va oflayn konferentsiyalarda, davra suhbatlarida, munozaralarda va hokazolarda qatnashish foydali bo’ladi. Tadbirlarga tashrif buyurish bo’yicha sizning faolligingiz tanish-bilishlar ortirishga va aloqalarni kengaytirishga yordam beradi.

Tavsiyalar yozishda ularni yanada aniqroq yo’naltirish maqsadga muvofiq, prognozlarni yozishda ularni davriylashtirishni ko’rsatish maqsadga muvofiq, masalan, ularni qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga bo’lish.

Bundan tashqari, yaxshi tahliliy maqola kelgusi tadqiqotlar uchun yo’nalish belgilaydigan bir qator qo’shimcha savollarni tug’dirishi mumkin. Siz tadqiqot uchun kelajakdagi imkoniyatlarni ko’rsatishingiz yoki muayyan muammoning yangi qirralarini o’rganishda davom etish va uning istiqbollarini ochishingiz mumkin.

5. Onlayn nashrga maqola yuborishdan oldin vaqtdan oqilona foydalaning – tashqaridan tanqidiy nigoh zarur.
Bu degani, iloji bo’lsa, sharhlar va uchinchi tomon qarashlarini olish uchun maqolangizni o’zingizning mavzuyingiz bo’yicha hamkasbingizga va mutaxassisga yuborishingiz mumkin. Tanqidni maqolangizni takomillashtirishning beqiyos usuli va keyingi professional o’sishingizning ajralms qismi sifatida ko’ring. Sizning hamkasbingiz / do’stingiz / mutaxassis sizning maqolangizni o’rganayotgan vaqt davomida material “dam olayotganda”, sizda qo’shimcha g’oyalar yoki mavzuga doir dalillar paydo bo’lishi mumkin.
6.Oxirgi tekshirishni o’tkazganingizga ishonch hosil qiling va tekshirish savollariga javob bering.

Maqolani muharrirga yuborishdan oldin nafaqat matnni grammatik va imlo xatolarini, taqdimot uslubini tekshirishi, faktik ma’lumotlar va statistikani tekshirishi kerak, shuningdek, bir nechta savollarga javob berish uchun:

• Maqolaning mavzusi dolzarbmi?
• Dalillar bormi?
• Muallifning aniq fikri bormi?
• Maqola izchil yozilganmi, mantiqiy ketma-ketlik mavjudmi?
• Argumentatsiyaga doir xatolari bormi?
• Maqola ohangiga mosmi?
• Gapning tuzilishi to’g’rimi?
• Maqola kuchli yakunlovchi iborasi bilan tugallanganmi?
• Axborot manbalarining barchasi keltirilganmi?
• Tinish belgilari to’g’ri joylashtirilganmi.

Analitik materialni baholash mezonlari to’g’risida bir necha so’nggi so’zlar.

• vaziyatga baho berilgan bo’lishi kerak (muammoning tavsifi emas);
• ixchamlik – asosiy narsani ko’ra olish va ma’lumotlarni taqdim etish qobiliyati;
• Oddiy, aniq til qadrlanadi. Klerikalizmlarning yo’qligi, passiv gaplar, o’ta murakkabliklar (kim aniq o’ylaydi – u aniq yozadi) bo’lmasligi kerak;
• har bir g’oyani chuqurligi, ko’p qirraliligi, daliliy qo’llab-quvvatlashi;
• amaliy jihat, muayyan muammoni hal qilish uchun tavsiyalar berish kerak;
• reallik;
• yakunlanganlik.

Tavsiya qilingan adabiyotlar:

  1. Ашимбаев М.С. Аналитические методы в системе государственного управления, 2002
  2. Билл Фрэнкс. Революция в аналитике: как в эпоху Big Data улучшить ваш бизнес с помощью операционной аналитики. Альпина Паблишер, 2017.
  3. Guidelines on writing analytical articles // http://www.unece.org/fileadmin/DAM/stats/documents/media/style_manuals/4.e.pdf

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish