Yuklash
Chop etish

Podkastlar

Spoiler/Спойлер (click to read/кликните, чтобы прочитать)
Podkastlar tayyorlash – bu haqiqattan juda qiziqarli.
Smartfonlar rivojlanishi bilan hech qachon podkast yaratish va undan foydalanish bunchalik oson bo’lmagan. Albatta, bu shuningdek, bu soha juda raqobatbardosh bo’lganligini anglatadi, shuning uchun muvaffaqiyatli podkast uchun kerakli “ingredientlarni” tushunishingiz talab etiladi.
Shunday qilib, asosiy masalalardan boshlaylik. Podcast o’zi nima? Oddiy qilib aytganda, bu audiofayl.
Albatta, video-podkastlar ham mavjud, ammo umuman olganda podcast atamasi audioga tarkibga tegishli. Radiodan farqli o’laroq, podkastlar xoxlagan paytda tinglanadi. Bu tinglovchilar sevadigan narsa. Ular qachon va qanday tinglashni o’zlari tanlashlari mumkin.
Podkastni biror bir  joyda joylashtirish kerak. Agar siz podkastni yuklab qo’ysangiz, ushbu audio fayl qaysidir serverlarda joylashadi. Shu paytda sizda savol to’g’ilishi mumkin: “Bu men “bulut”da saqlagan fayldan nimasi bilan farq qiladi?” Birinchidan, odatda podcastlar ro’yxatlari mavjud. Shunday qilib, siz podcast ilovangizni ochganingizda, kerakli podkastni nomi yoki mavzusi bo’yicha ro’yxatdan topishingiz mumkin. Agar odamlar podkastlaringizni topib tinglashlarini istasangiz, bu juda muhimdir.
Shu bilan birga huddi shu vaziyat bilan odamlar podkastingizga obuna bo’lish imkoniyati ham bog’liq. Agar sizga biron bir shou yoqsa, unga obuna bo’lishingiz mumkin va shouning yangi seriyasi paydo bo’lganda, sizga xabar beriladi va siz ushbu seriyani avtomatik ravishda qurilmangizga yuklab olishni tanlashingiz mumkin.
Shunday qilib, podkastlar asosan audio fayllar bo’lib, ularni qidirib topish va yuklab olish mumkin.
Endi sizga qanday uskunalar kerak? Javob qaysi texnik darajaga erishmoqchi ekanligingizga bog’liq. Sizning smartfoningiz aslida ovozni juda yaxshi yozib oladi. Voice Record Pro yoki Ferrite kabi ilovalar yordamida siz audio yozib olishingiz va hatto tahrirlashingiz mumkin.
Lekin siz nima yozib olishingizdan qat’iy nazar, sifatli mikrofonga ega bo’lish maqsadga muvofiq. Buning uchun katta pul sarflash shart emas. O’rta masofali USB mikrofoni juda yetarli bo’ladi. Eng muhimi shovqin va aks-sado bo’lmagan joyda yozish ishlarini olib borishdir. Agar siz uyda yozayotgan bo’lsangiz, aks-sadolarni kamaytirish uchun yostiq va adyoldan foydalaning.
Shuningdek, o’zingizni podkastingizni yozib olish imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak. Sizda maxsus yozib olish qurilmasi bo’lishi mumkin, ammo agar bo’lmasa, unda sizga Adobe Audition kabi audio yozuv dasturlari kerak bo’ladi. Bepul muqobili – bu Audacity dasturidir.
Agar siz menga o’xshagan bo’lsangiz, unda siz juda ko’p xato qilishingiz mumkin. Agar siz ularni tuzatmoqchi bo’lsangiz, xatolarni qisqartirish, musiqani qo’shish va aralashtirish uchun audio tahrirlash dasturidan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
Eng yaxshisi – bu juda oddiy to’plam bilan ishni boshlash va sizning podkastingiz mashhur bo’lgani sari, yanada rivojlangan qurilmalar va dasturlardan foydalanishga o’tish.
Tahrirlangan audio faylingizdan mamnun bo’lganingizdan so’ng, uni yuklab qo’yish (upload) uchun kerakli jarayonni bosib o’tish kerak. Avval audio fayl yaratish uchun tahrirlangan loyihangizni eksport qilishingiz kerak.
Keyin sizga hosting kerak. Turli xil podkast-xosting xizmatlari mavjud va shu vaqtning o’zida siz podkast epizodlari va tinglovchilar uchun biron bir eslatma haqidagi ma’lumotlar katakchalarini to’ldirasiz. Jarayon videoni Youtube-ga yuklash bilan juda o’xshash.
Siz shu bilan ishim bitti deb o’ylashingiz mumkin, lekin siz adashyapsiz.
Sizning xostingiz sizning podkastlaringiz saqlanadigan manzilni beradi. Keyinchalik, siz Apple Podcasts kabi turli xil podkast kataloglariga o’tishingiz va o’zingizning podkastingizni ro’yxatga olishingiz kerak. Shunday qilib, u sizning podkastingiz nima haqida ekanligini, qaerda joylashganini va qaysi mavzuga mos kelishini bilib oladi. Katalog sizning podkastingizni klassifikatsiya qilgandan so’ng, odatda avtomatik ravishda keyingi seriyalarni yangidan yuklab boradi. Bu degani, har safar yangi epizodni qo’shganda bu jarayonni qayta va qayta qilish kerak emas degani. Faqat podkastingizni xostingizga yuklang, u haqidagi ma’lumotlar katakchalarini to’ldiring va qolgan narsalar o’z-o’zidan sodir bo’ladi. (slayd)
Shunday qilib, podkasting texnik tomoni katta qiyinchilik to’g’dirmasligi kerak, ammo muvaffaqiyatli podkast uchun yana qanday tarkibiy qismlar kerak?
Avval nishonga olmoqchi bo’lgan auditoriyani aniqlang. Podkast radio dasturlaridan farqli o’laroq,odatda  faqat bitta mavzuga doir bo’ladi, radio dasturlar esa turli xil tomoshabinlarga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Siz kimga murojaat qilayotganingizni aniq tushunishingiz kerak.
Tomoshabinlarning portretiga ega bo’lish foydali. Bitta tinglovchini tasavvur qiling. Uning yoshi nechida? U qayerda yashaydi? Uning umidlari va qo’rquvlari nimada? U nimaga qiziqadi? O’zingizning ongingizda aniq rasm yaratishga harakat qiling, shuning uchun podkastingizni yaratishda sizning ideal tinglovchingiz deyarli siz ular bilan to’g’ridan-to’g’ri gaplashganday o’zlarini his qiladilar.
Keyingi fikr mantiqan bizni yakuniy masalaga olib boradi. Mavzu juda aniq va tor mavzuga doir bo’lishi kerak. Masalan, nemis futboli haqidagi podkast umuman sport haqidagi podkastlardan ko’ra muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Nima uchun shunday? Chunki ular tomoshabinlarni qiziqtirgan tarkib bilangina ularni ta’minlaydilar. Ular tennisga qiziqmasliklari mumkin. Va radio dasturi, ehtimol har ikkala sportni ham qamrab olishi kerak. Ammo podcast ko’proq maqsadli bo’lganligi bilan o’z afzalliklariga ega. Shuningdek, bu odamlarga podkastingizni kataloglardan topishga yordam beradi. Agar sarlavha, tavsif va kategoriya juda aniq va konkret bo’lsa, mavzuga qiziqqan odamlar sizning podkastingizni osongina topadilar.
Keyin, to’g’ri formatni tanlang. Ba’zi podkastchilar har hafta turli xil mehmonlar bilan suhbatlar uyushtirishadi, boshqalar esa bir nechta mehmonlar bilan suhbat tayyorlashadi, yana boshqalari jinoyatchilik haqida hikoya qiladigan radio dramalar tarzida podkastlar tayyorlashadi.
Ushbu formatlardan qaysi biri sizning mavzuingizga eng mos keladi? Qanchalik davomli bo’lishi kerak? Tomoshabinlaringiz haqida o’ylang. Ular sport bilan shug’illanishadimi yoki ishga ketishyatgan bo’ladimi? Bu sizning maqsadli tinglovchilaringiz uchun ideal vaqt qancha bo’lishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lishga yordam berishi mumkin. Format sizning podkastingizga qandaydir tuzulish beradi, ammo keyingi masala ham muhimdir.
Shaxsiylashtiring. Odamlar ko’pincha podkastingizni mavzu tufayli tinglashni boshlaydilar, ammo mezbonlarning shaxsiyati tufayli uni tinglashni davom ettiradilar. Podkasting juda shaxsiy muhit. Onlayn videolardan farqli o’laroq, tinglovchilar odatda uzoq vaqt davomida audio tinglashadi. Bu yerda sizning auditoriyangiz bilan munosabatlarni o’rnatishingiz  haqida gap borayapti, shuning uchun ko’proq shaxsiyatingizdan qo’shsangiz, shuncha yaxshi bo’ladi.
Va nihoyat, targ’ib qiling, reklama qiling va reklama qiling. Bu katta bozor, shuning uchun siz o’zingizning podkastingizni bozorga chiqarishingiz kerak. Uni yana bir bor tinglang va eng yaxshi soniyalarni tanlang. Tinglovchilarni jalb qilish uchun ularni podkastning boshiga qo’ying. Uni video shaklida tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda ulashing. Podkast haqida tvit yozing. Qisqasi, agar siz podkastni qo’ysangiz, avtomatik ravishda auditoriyaga ega bo’lasiz deb o’ylamang. Har qanday boshqa tarkib kabi, uni targ’ib qilish kerak.
Bunday misollarga bizning Germaniyadagi futbol haqidagi podkastimiz bo’lishi mumkin. Bizning maqsadli auditoriyamiz 35 yoshdan 50 yoshgacha bo’lgan nemis futbolini kuzatadigan erkaklar, shuning uchun podcast sport katalogi toifasiga kiritilgan. Ular mutaxassislar va sobiq o’yinchilar bilan intervyularni tinglashni yaxshi ko’radilar, shuning uchun format uchta alohida o’n daqiqalik intervyu. Odatda ular ishga ketayotgan  paytida va ishdan qaytayotganda podkastni tinglashadi, shuning uchun podkast 30 daqiqa davom etadi. Biz podcast-dan eng yaxshi iqtiboslarni tanlab olishimiz va ularni ommalashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ulashishimiz mumkin. Suhbatlar kompyuter va USB mikrofoni yordamida Skype-da o’tkaziladi va Audacity-da yozib olinadi va tahrirlanadi.
O’zingiz ko’rib turganingizdek, agar sizda auditoriya bo’lsa, ular yoqtirgan mavzuni ular yoqtirgan formatda taqdim eta olsangiz va uni targ’ib qila olsangiz… siz obunachilarni jalb qilish uchun yaxshi imkoniyatga egasiz.
Shunday qilib, endi mavzuingiz, auditoriyangiz va formatingiz haqida o’ylang. Men o’zim telefonimdan foydalanib aeroportni kutish zonasidagi odamlar bilan suhbatlashish orqali podkastlarni yaratganman. Shuning uchun, sizda bor narsadan boshlashni va podkastingizni imkon qadar tezroq tashqariga chiqarishni maslahat beraman.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish