Yuklash
Chop etish

Shaxsiy brendingizni yaratish

Ushbu video shaxsiy brend va onlayn obro’sini yaratish haqida. Ijtimoiy tarmoqdagi ishtirokingizni qanday yaxshilash haqida – obro’ingizni oshirish uchun qadamlar va ba’zi narsalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida gaplashamiz.

Spoiler/Спойлер
Shaxsiy brend va onlayn obro’ni (mashxurlikni) yaratish haqidagi ushbu videoga xush kelibsiz. Jurnalist sifatida siz olomondan ajralib turishingiz kerak. Sizni odamlar eshitishlari kerak. Sizga jiddiy munosabatda bo’lgan va sizga ishonadigan odamlar bo’lishi kerak. Agar sizga odamlar ishonmasa, unda siz ijtimoiy mediyada na obro’ nuqtai nazaridan, na jurnalist sifatida hech narsaga ega emassiz. Shunday qilib, biz ijtimoiy tarmoqlardagi ishtirokingizni qanday yaxshilash haqida gaplashamiz – obro’ingizni oshirish uchun qanday qadamlar qo’yishingiz kerakligi, shuningdek siz e’tibor berishingiz kerak bo’lgan ba’zi boshqa narsalar haqida aytib beraman.
Men BBCning sobiq jurnalistiman, men 15 yil yangiliklar bo’limida ishladim, ishoning yoki ishonmang, u paytlar Internet degan narsa yo’q edi, ijtimoiy tarmoqlar ham yo’q edi. Jurnalistlar tashkilot uchun shunchaki ishlashardi va ularning hatto shaxsiy profillari ham yo’q edi. Agar siz tele-boshlovchi yoki shunga o’xshash lavozimga ega bo’lmasangiz, sizni hech kim tanimasdi ham. Ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan jurnalistlar Internetda o’z imijlarini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo’yicha jurnalistlar uchun treninglar o’tkazganimda, men buni svetoforga qiyoslayman.
Shunday qilib, svetoforda qizil, sariq va yashil ranglar mavjud. Qizil bu siz dunyoga oshkor qilishni xohlamaydigan narsadir. Shuning uchun, avvalambor, umuman xavfsizlik va Internetdagi xavfsizlik haqida gaplashar ekanmiz, oshkor qilishni istamagan ma’lumotlarni himoya qilish muhim.
Shubhasiz, yashil rang – bu siz dunyo bilan xursandchilik bilan baham ko’radigan narsalar va odamlar bu haqda bilganlarida siz xursand bo’lasiz.
Va sariq qismi biroz ko’proq rang va o’ziga xoslikdir. Bugungi kunda, agar sizda individuallik va o’zingizning fikringiz bo’lmasa, mavjud ma’lumot shovqinida yo’qolib qolishiniz hech gap emas. Shuning uchun tinglovchilaringiz bilan qandaydir insoniy munosabatlarga ega bo’lishingiz uchun o’zingizning o’ziga hos ovozingiz va jurnalistik yondashuvingizni rivojlantirish juda muhimdir.
Shaxsiy brendingizni Internetda yaratayotganingizda, “bu menga nima uchun kerak” degan savol bilan boshlash juda muhimdir.
Nega bunday qilyapsiz?

Siz bu  orqali nimaga erishmoqchisiz?

O’zingizni qaysi platformalarda ko’rishni xohlaysiz?

Va kimni nishonga oldingiz?

Odamlarga ular boshqa joyda bilib ola olmaydigan nimani etkazmoqchisiz? Sizni boshqalardan ajratib turadigan qadriyat nima?
Shaxsiy brendni yaratishda boshqalardan ajralib turishlik va ishonchli ovozga ega bo’lish juda muhimdir.
Ijtimoiy tarmoqlardagi barcha profillaringiz, avvalo iloji boricha yaxshi bo’lishi uchun, optimallashtirilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Sizda juda yaxshi profil rasmi bo’lishi kerak.

Siz haqingizda aytib beradigan tarjimai holingiz juda aniq ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak, chunki odamlar doimiy ravishda o’zlarining ekranlarini aylantirib turishadi va siz ularni to’xtatishingiz, e’tiborlarini jalb qilishingiz kerak.

Yaxshi fotosuratni ko’rish. Biografiyangizda kim ekanligingizni, nima qilayotganingizni tushuntiradigan mahsus so’zlarni bo’lishi kerak. Bu juda muhim.
Siz qaysi platformalarda bo’lishingizni, qanday tarkibni yaratishingiz mumkinligini va qancha tez-tez yangi tarkib tayyorlay olishingizni hisobga olishingiz kerak. Ko’p narsalar haqida o’ylashingiz kerak. Ammo bu unchalik qiyin emas. Bu ozgina vaqt va kuch sarflanishini talab qiladi xolos.
Barcha jurnalistlar yoki bloggerlar ijtimoiy mediadan foydalanganda tashvishlanadigan narsalardan biri bu xato qilish yoki o’z obro’sini tushirib quyishdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga keladigan muammolarning aksariyati insonning xatosi bilan bog’liq.

Shunday qilib, imloni tekshiring.

Faktlaringiz to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qiling.

G’azablanmang, odamlar bilan bahslashmang.

Bu ishdagi eng muhimi ishonch va aniqlikni shakllantirish bilan bog’liq.

Men BBCni tark etganimdan keyingi 12 yil ichida dunyo bo’ylab 6000 dan ortiq jurnalistlarni o’qitdim.
Men Twitter-ni Bi-bi-si yangiliklar bo’limiga olib kirdim, keyin 2008 yilda u hamma uchun yangilik bo’ldi. Hamma avval Twitterni ishlatish haqida biroz xavotirda edilar va men buni hamma bilan birga o’zim uchun kashf etdim. Xatolardan qo’rqish ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishda eng katta to’siqlardan biridir.
Nima uchun bunday qilayotganingizni, bundan nimani olishni xohlayotganingizni va o’z auditoriyangiz uchun qanday foydali bo’lishingizni tushunishingiz kerak deb o’ylayman.
Ovozingiz ohangi qanday bo’ladi? Biror narsaga ixtisoslashmoqchimisiz? Va shaxsan menimcha, agar xohlasangiz, bu ancha oson bo’ladi. Agar sizda ishtiyoqli qiziqishingiz bo’lsa, siz bu sohada mutaxassis bo’lishingiz mumkin.
Agar siz tarkib va ​​post xabarlarini, shuningdek, boshqa odamlar uchun foydali bo’lgan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqdagi o’z saxifangizda joylashtirsangiz, bular sizning obro’ingizni va brendingizni qanday yaratishingizni belgilaydi.
Shunday qilib, biz Bi-bi-si muxbirlariga aytadigan gaplarimizdan biri bu “ahmoqona ish qilmang”. Bu, rostdan ham, bizning maslahatimiz bo’lgan. Shuningdek, ko’rsatmalar nuqtai nazaridan biz shunday deymiz: “Agar siz buni efirda aytmagan bo’lsangiz yoki buvingizga aytmagan bo’lsangiz, u holda buni ijtimoiy tarmoqlarda ham aytmang.”
O’z profilingizni yaratgandan so’ng va qaysi platformada bo’lishni xohlayotganingizni aniqlab olganingizdan so’ng, odamlarga qanday hikoyalarni aytib berish haqida o’ylash juda muhimdir. Odamlar sizdan nima eshitishi kerakligi haqida o’ylash siz uchun nihoyatda muhimmi?
BBC xalqaro xizmati auditoriya ehtiyojlariga asoslangan modelga ega. Tomoshabin bizdan nimaga muhtoj.
Ularga yangi ma’lumotlar kerak. Nima bo’lganini odamlarga ayting.
Odamlar yangi narsalarni o’rganishni va bilishni xohlashadi. Shunday qilib, ular bilmagan narsalarni aytib bering. Ularga qo’shimcha dalillar yoki ma’lumot bering.
Ularga masalaga yondashuv kerak. Bu dunyoning qolgan qismiga qanday ta’sir qilishi mumkin, bu boshqalarga qanday ta’sir qiladi, menga qanday ta’sir qiladi. Nima bo’layotgani haqida to’liq tasavvur.
Shunday qilib, uchta jihatdan boshlash kerak: meni yangilang, ta’lim bering va menga yondashuv (tasavvur)  bering.
Yana bir narsa – odamlar ham chalg’ishni xohlashadi. Ular hayron bo’lishni xohlashadi. Biz doim ham jiddiy bo’la olmaymiz. Ya’ni, bir oz kulgili yoki qiziqarli narsa bo’lishi kerak – meni chalg’it, ko’nglimni ko’tar.

Biz ham tendentsiyaga amal qilishimiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda nima sodir bo’layapti, odamlar bir narsaga onlayn tarzda qanday munosabatda bo’lishyapti?

Va nihoyat “menga ilhom bering”. Gap shundaki, biz hammamiz dalda beruvchi voqealarni ko’rishni xohlaymiz, dunyoda umid borligiga hammamiz ishonishni xohlaymiz. Shunday qilib, bu aslida siz olishingiz mumkin bo’lgan ba’zi ijtimoiy hikoyalar.
Odamlarga ilhomlantiruvchi hikoyalar yoqadi. Shuning uchun, agar siz biron bir umid beradigan narsani aytib bera olsangiz, odamlarga bu yoqadi va siz o’zingizga bo’lgan ishonchni rivojlantirasiz. Shunday qilib, bu hikoyalar aralashmasi. Agar sizning tarkibingiz doimo jiddiy bo’lsa, demak bu sizning auditoriyangiz bilan ishlamaydi. Ammo birinchi navbatda siz kimni (qanday auditoriyani) maqsad qilayotganingizni tushunishingiz kerak. Bu juda muhim.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish