Frilans (erkin) jurnalistika sariFrilans (erkin) jurnalistika sari

  • Kirish

    Birinchi modulda muallif nutqni idrok etish haqida gapiradi: jurnalistik hikoya o’zi nima? Mavzu hikoyadan qanday farq qiladi? G'oyalarni qanday va qaerdan topishimiz mumkin? Qanday qilib sizning hikoyalaringiz uchun auditoriya va platformani aniqlash mumkin. Muallif: Didem Tali, mustaqil jurnalist, u New York Times, National Geographic, The Guardian, BBC, CNN, MPR NEWS, Financial Times, The Economist va boshqalar uchun yozgan. Hozirda "Contently" jurnalining muharriri, multimedial mustaqil jurnalistika bilan shug'ullanadi, hujjatli filmlar yaratadi.

  • Qanday qilib hikoyangizni nashriyotga taqdim qilish mumkin

    Oldingi modullarda siz yaxshi jurnalistik hikoya nima ekanligini va kim bunday hikoyani nashr eta olishini bilib oldingiz. Keyingi qadam g'oyangizni qanday taqdim etishni o'rganish va uni butun dunyo ko'rayotganiga ishonch hosil qilishdir. Elektron pochta orqali yuborilgan aynan sizning g'oyangizni tanlashga muharrirni qanday ishontirish mumkin? Ertalab bir piyola kofe ichayotib yoki pochtadagi boshqa xatlarni tekshirayotib muharrir sizning taklifingizga e'tibor qaratishiga qanday erishish mumkin?

  • Jurnalistik imkoniyatlar, biznes va moliya

    Oldingi modullardan, siz hikoyalarni yozishning asosiy jihatlarini allaqachon bilasiz. Aytaylik, sizda bir nechta g'oyalar bor, siz allaqachon muharrirlarning aloqa ro'yxatini tuzgansiz va qanday qilib pitch yozishni bilasiz, ehtimol hatto bir nechta hikoyalarni nashr qilgansiz. Ushbu modul muallifning navbatdagi savoliga ko'ra, jurnalistik faoliyatni qanday qilib yangi bosqichga ko'tarish kerak? Buning bir usuli - xalqaro grantga ariza berish. Didem Tali siz jurnalistlar uchun bunday imkoniyatlarni topishingiz mumkin bo'lgan platformalarni baham ko'radi. Shuningdek, dasturlarga arizani qanday tayyorlash bo'yicha tavsiyalar va grant komissiyasi e'tiborini jalb qiladigan narsalarni tushuntiradi. Va modulning ikkinchi qismida u jurnalistik biznes va moliyaviy xavfsizlik haqida so'z yuritadi. Jurnalistika - bu kichik biznes, unda siz ham hisobchi, ham menejersiz. Keyingi moliyaviy o’ziga to’qlik sizga yangi ufqlarni kashf etish, o'z mahoratingizni oshirish va sizni yanada qiziqarli va izlanuvchan jurnalist qilish imkonini beradi.

  • Intervyu

    Intervyu sizning jurnalistik hikoyangizning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu ushbu modulda muhokama qilinadi. Hikoyaga qo'shimcha qiymat beradigan intervyu uchun odamlarni qanday topish va ular bilan qanday muloqot qilish kerak? Shuningdek, muallif intervyularning ikki turiga urg'u beradi: ekspert va intervyu qahramoni bilan suhbat. Ushbu ikki tur o'rtasidagi farq nima? Suhbat qilishning qanday usullari bor? Nozik mavzular bo'yicha intervyu uchun odamlarni qanday topish mumkin? Oddiy tanishlar, Facebook guruhlari yoki NNTlar qanday yordam berishi mumkin? Shuningdek, Didem Tali to'g'ri savol bera olishning ahamiyati, "qorli koma" usuli va intervyu olishning odob-axloqi haqida gapiradi.

  • Xulosa

    Hikoyani qanday tuzish kerak? Muhim intervyu qanday yoziladi? Sifatli tadqiqotni qanday o'tkazish kerak? Sizda mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlardan qanday foydalanishingiz kerak? Ushbu modulda muallif ko'pincha odamlarni qiziqtirmaydigan yangiliklar yoki biznes, iqtisodiyot yoki texnologiya haqida hikoya qilsa ham, hikoyani qiziqarli va hayajonli qilish usullari haqida aytib beradi. Bunga qanday erishish mumkin? Didem Talining so'zlariga ko'ra, mavzusidan qat'i nazar, hikoya odamlarga, ularning his-tuyg'ulariga ta’sir qilishi va ular uchun qadr-qimmatga ega bo'lishi kerak. Ushbu jarayon juda murakkab, ammo jarayonni optimallashtirishga yordam beradigan umumiy qoidalar mavjud. Ushbu qoidalar ushbu modulning birinchi darsida batafsilroq tasvirlangan. Xulosa qilib, Didem Tali mustaqil jurnalistika yo'lidagi muqarrar bo’lgan qiyinchiliklar haqida va bu yo'l uning hayotga bo'lgan qarashini qanday o'zgartirganini gapiradi. Muallif sizni kariyerangizdagi, shubhasiz, yuzaga keladigan qiyinchiliklarga qaramay, shuni unutmasligingiz kerakki, bugungi kunda qilayotgan ishingiz o'zingizga qilingan sarmoyadir, va siz undan kelajakda foyda olasiz.