Yuklash
Chop etish

Anastasiya Valeeva: Ma’lumotlar (raqamli yoki statistik) jurnalistikasi nima?

Data-jurnalistikasi nima ekanligini bilmoqchimisiz, buni yana boshqa nomi ma’lumotlar (raqamli yoki statistik) jurnalistikasidir?

Har bir data-jurnalist bu savolga o’ziga xos javobga ega. Va ko’plab afsonalar va noto’g’ri tushunchalar mavjud. Shunday ekan, keling, avval data-jurnalistika nima ekanligini aniqlab olaylik. Ma’lumot jurnalistikasi faqat ko’p statistik ma’lumotlarga ega bo’lgan maqolalar yoki raqamlar bilan to’ldirilgan hikoyalar bo’lishi shart emas; ma’lumot jurnalistikasi har doim ham infografika yoki juda murakkab narsa emas.

Garchi haqiqatan ham ma’lumotlar jurnalistikasida raqamlar va infografika mavjud va hatto ko’p ma’lumotlardan ham foydalanish mumkin. Va bu juda qiyin bo’lishi mumkin.

Ammo yana bir narsa muhimroq – ma’lumotlar jurnalistikasi – bu birinchi navbatda (statistik yoki raqamli) ma’lumotlardan foydalanadigan jurnalistika.

Eng keng tarqalgan ta’riflardan biri ham huddi shunday deydi: Ma’lumot jurnalistikasi bu “jurnalistik materiallarni yaratish uchun ma’lumotlarni to’plash, tozalash, tartibga solish, tahlil qilish, vizual ravishda nashr etishdir”. Ushbu ta’rifda data-maqola yozishning asosiy bosqichlari keltirilgan. Lekin keling hammasini bir chekkadan ko’rib chiqsak

1-bosqich. Ma’lumotlar to’plash

Data-maqolani yaratishda birinchi qadam bu  ma’lumot to’plashdir. Ammo qanday ma’lumotlarni to’plash kerakligini qanday bilib olasiz? Ikkita variant mavjud: yoki oldindan ma’lum bir savol bor va shu savolga javob qidirishingiz kerak yoki sizning qo’lingizga qiziq ma’lumotlar kelib tushgan va siz bu ma’lumotlarni o’rganib qiziq bo’lgan joylarini topmoqchisiz.

Birinchi usul uchun ilhom har qanday joydan kelishi mumkin. Masalan, kun tartibidan. Siz yangiliklar saytini ochasiz va ular sizning shaharingizda yangi maktab qurishga va’da berishganini o’qiysiz. Siz buni savolga ayalantirib, javobni ma’lumotlardan topishga harakat qilishingiz mumkin. Masalan: shaharda nechta maktab bor, nechta o’quvchi bor va bitta yangi maktab maktablar yetishmovchiligi muammosini hal qila oladimi? Shunday qilib, ushbu savollarga javob berish uchun siz o’rta ta’lim to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni to’plashingiz kerak.

Va ba’zida ma’lumotlar o’zi qo’lingizga kelib tushadi. Aytaylik, Ta’lim va fan vazirligi mamlakatdagi oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari soni to’g’risida ma’lumotlarni e’lon qildi. Ushbu ma’lumotlarga qarab, sizda savol tug’ilishi mumkin: mamlakatda qaysi kasblar egalari  eng ko’p bitiruvchilarga ega? Bu yildan yilga o’zgarmay kelayotgan tendensiyami  yoki yangi trendmi? Bunday mutaxassislar uchun mehnat bozor bormi? Sizda allaqachon ba’zi ma’lumotlar mavjud, ammo sizga qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lishi mumkin, masalan, mutaxassislik bo’yicha bo’sh ish o’rinlari soni.

2-bosqich. Ma’lumotlarni tayyorlash va tahlil qilish

Nihoyat siz hikoya uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni to’plaganingizda, ehtimol siz tahlil qilishni va barcha to’plangan ma’lumotlarni o’rganishni boshlashni juda hohlayapsiz. Ammo juda ko’p shoshilmang, aks holda siz juda ko’p xatolarga yo’l qo’yishingiz mumkin, buning natijasida keyinchalik yana qayta ishlashni boshlashingiz kerak bo’ladi.

Data jurnalistikasida eng muhim va ko’p mehnat talab qiladigan jarayon bu ma’lumotlarni tozalash va tartibga solishdir. Odatda, bu ish Microsoft Excel yoki boshqa jadval protsessorlarida amalga oshiriladi. Siz bu dasturlarni Internetda yoki ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha o’quv kurslarida o’rganishingiz mumkin. Natijada sizning ma’lumotlaringiz «toza» bo’lishi kerak, ya’ni kompyuter yordamida tahlil qilish uchun mos keladigan.

Kompyuter ma’lumotlarni qanday tahlil qilishi mumkin? Avvalo, bu oddiy matematik operatsiyalar, masalan, yig’indisi va o’rtacha qiymatini hisoblash, kasrni hisoblash yoki indikatorni o’zgartirish. Farq shundaki, kompyuterda buni kalkulyatorga qaraganda ancha tez bajarish mumkin va bu hisoblarni juda ko’p ko’rsatkichlar bilan bajarish mumkin.

Ammo bu yerda eng muhimi – jurnalistika; ya’ni ushbu hisob-kitoblar sizga maqola yozishda vujudga kelgan savollarga javob berishga qanday yordam beradi. Masalan, sizning shahardagi maktablarda bitta sinfda o’rtacha qancha talaba borligini bilish uchun sizning shahringizdagi barcha o’quvchilarni qo’shib, barcha sinflarning yig’indisiga bo’lish kerak.

Va qaysi sinf eng gavjumligini bilish uchun har bir sinfda o’quvchilar sonini hisoblab va ushbu qiymatlarni maksimaldan minimalgacha tartiblash kerak.

Hisoblash qanchalik murakkab bo’lsa, siz yaratishingiz mumkin bo’lgan material shunchalik kutilmagan bo’ladi. Masalan, statistik tahlil usullaridan foydalangan holda siz korrelyatsiyani yoki hatto bitta ko’rsatkichning ikkinchisiga bog’liqligini aniqlashingiz mumkin. Maktabda o’tkazilgan milliy test natijalari sinfda qancha o’quvchi borligiga bog’liqmi?

3-bosqich. Ma’lumotni taqdim qilish

Endi siz tahlilni yakunladingiz va bu haqda tinglovchilaringizga aytishga tayyorsiz, endi sizning hikoyangiz uchun kerakli so’zlarni, rasmlarni va qahramonlarni topish vaqti keldi.

Ma’lumotlar haqida zerikarli narsalarni yozishingiz shart emas, barcha matematik hisob-kitoblarga havolani taqdim etish orqali masalan hal qilish mumkin. Maqolaning o’zida esa siz o’zingiz topgan ma’lumot hayotda qanday namoyon bo’lganligi va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasvirlab bering.

O’zingizning materialingizda ko’tarmoqchi bo’lgan muammoni tasvirlash uchun qanday mutaxassislar va qahramonlar kerakligini o’ylab ko’ring. Balkim sizning qahramoningiz ota-onasi uni gavjum maktabdan boshqa sinflarda kamroq o’quvchi bor maktabga o’tkazmaguncha, sinfda eng yomon o’qigan bola bo’lishi mumkin?

O’zingizning hikoyangizni aytib berishning bir usuli – ma’lumotlarni ko’rgazmali tarzda taqdim etish. Buning uchun dizaynning asosiy tamoyillarini bilish va tinglovchilarga yetkazmoqchi bo’lgan ma’lumotingiz uchun diagrammaning to’g’ri turini tanlash bilimiga ega bo’lish juda muhimdir. Klassik jadvallar, masalan, ma’lumotlarni toifalar bo’yicha taqqoslash va tendentsiyalar uchun chiziqli chizma hech qachon modadan chiqmaydi. Va agar siz tajriba o’tkazmoqchi bo’lsangiz, unda sizga kerakli jadval turini tanlashga yordam beradigan ko’plab kataloglar va onlayn manbalar mavjud.


Shuningdek, vizualizatsiyani yaratish uchun juda ko’p onlayn vositalar mavjud, shu jumladan bepul. Yangi boshlanuvchilarga
Datarapper (saytda ko’rsatmalar berilgan blog bor), Infogram dasturidan boshlash tavsiya etiladi, va ilg’or foydalanuvchilar Florish va Tablo bilan tanishishlari kerak.

Maslahatlar:

* raqamlardan qo’rqmang

* ishni g’oyadan vizualizatsiyaga qadar bosqichlarda tashkil eting

* yangiliklarni o’qing va yangiliklardan savol toping va ularga javob berishga ma’lumotlar orqali  harakat qiling

* analitik hisobotlarni va tadqiqotlarni o’qing va ushbu materialda ishatilgan tilni tushunishga harakat qiling

* Microsoft Excel-ning xususiyatlarini o’rganing

* agar siz ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lmasangiz, “Datawrapper” xizmatidan foydalanib ko’ring

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish