Yuklash
Chop etish

Axborotning buzilishi va noto’g’ri ma’lumotlar nima?

Ushbu videodan siz bugungi kunda axborot chalkashligi nima uchun bunday muammoga duch kelayotganini, kim yolg’on yangiliklar yaratayotganini va kim tarqatayotganini bilib olasiz va ba’zi dezinformatsiyalar haqida bilib olasiz.

Spoiler/Спойлер
Salom va axborot tartibsizligi yoki yolg’on ma’lumot tarqatish haqidagi videoga xush kelibsiz.
Bugungi kunda bu juda muhim mavzu, chunki ijtimoiy tarmoqlarda har qachongidan ham ko’proq yolg’on xabarlar paydo bo’lmoqda, ayniqsa hozir koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq sharoitda.
Shuning uchun, agar sizda jurnalist sifatida o’sishingiz kerak bo’lgan juda muhim mahorat mavjud desak, bu hech shubhasiz ma’lumotni tekshirish usullari bilishdir.
Shunday qilib, ushbu kursda men sizga yolg’on axborot turlari haqida ba’zi bir tushunchalarni beraman. Ular haqiqatan ham muhim. Bunday narsalarni yaratadigan odamlarni va ularni maqsadlarini aniqlash ham muhim. Bundan tashqari, diqqat qilish kerak bo’lgan bir narsa bor, siz bilishingiz kerak bo’lgan ba’zi narsalar mavjud. Shuningdek, men sizga ba’zi asosiy tekshirish usullarini va qo’shimcha ma’lumotni qaerdan olishingiz mumkinligini aytib beraman, chunki bu haqda ko’proq bilishingiz kerak deb o’ylayman. “
Nima uchun hozirgi kunlarda axborot tartibsizligi bunday katta muammo? Ijtimoiy tarmoqlar virus kabi tarqaladi, yangiliklar shunchalik tez tarqaladiki, mish-mishlar qaerdayu, yolg’on ma’lumot qayerda ekanligini boshqarish juda qiyin. Hammasi qaerdan boshlanadi?
Ko’pincha, bu qorong’u tarmoqdan, noma’lum manbadan boshlanadi.

Keyin Reddit yoki YouTube kabi platformalarda va fitna nazariyasi guruhlarida tarqaladi. Keyin ular ijtimoiy tarmoqlariga ko’chib o’tadi va ijtimoiy tarmoqlarda yolg’on ma’lumot paydo bo’lganda, u yong’in kabi o’sib, tom ma’noda virusga aylanadi.

Va shundagina ommaviy axborot vositalari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari buni ko’radilar va u haqida xabar berishni boshlaydilar. Shu yerda ehtiyot bo’lish kerak, chunki bu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarning ma’lum bir platformasidan tashqariga chiqmasligi mumkin edi, ammo ommaviy axborot vositalari bu haqda xabar bergandan so’ng uni yangi bosqichda kengroq auditoriyaga etkazishga sabachi bo’lishadi.
Shuning uchun, ma’lumotni qanday tekshirishimiz, uni qanday taqdim etishimiz va uni qanday oshkor qilishimiz bo’yicha juda ehtiyot bo’lishingiz kerak. Bu bizning jurnalistlar oldidagi vazifalarimizdan biri – dalillarni berish va hamma narsani yahshilab tekshirish.
Xo’sh, qanday axborot tartibsizliklari mavjud?
Turli xil ta’riflar mavjud. Yolg’on ma’lumot bexosdan uzatiladigan narsa bo’lishi mumkin, bu boshqa birovning xatosi, noto’g’ri sana, voqeani yoki kontekstni notug’ri sharhlash bo’lishi mumkin. Bu yomon tarjima yoki kontekstdan yulib olingan biror narsa bo’lishi mumkin. Va yolg’on axborotni tarqatish niyatisiz tarqatilishiga sababchi bo’lish mumkin.
Ikkinchisi – bu qasddan yaratilgan yolg’on, bu sayoz yoki chuqur soxta yangiliklar bo’lishi mumkin yoki kimdir video materialning bir qismini ataylab manipulyatsya qilgan bo’lishi mumkin.
Uchinchisi, ma’lumotlarning sizdirilishidan foydalanish – bu bir odam yoki bir guruh odamlar uchun muammolarni keltirib chiqarish uchun ataylab sizdiriladi. Bu qasddan nafratli so’zlar, haqorat qilish yoki shunga o’xshash vositalardan foydalib qilinadi. Shunday qilib, juda ko’p turli xil noto’g’ri ma’lumotlar mavjud va siz ularni kim yaratganiga e’tibor berishingiz kerak.
Uni kim yaratadi va nima uchun

Bu yolg’on xabarni kim yaratadi va uni kim tarqatadi. BBC buni amalga oshirishi mumkin bo’lgan etti xil shaxs turlarini aniqladi.

Avvalo, prankster (hazilkash) kabi insonlar bor. Joker – biror narsani hazil sifatida joylashtirgan kishi. Va keyin u tarqaladi va ba’zi odamlar bu hazil ekanligini har doim ham tushunishmaydi, lekin bu yolg’on axborot kulgi yoki satira uchun qilingan bo’ladi. Va ba’zida bunday yolg’on kulgili hazil ekanligini inobatga olmasdan tarqatiladi.

Keyingi – qasddan soxta ma’lumotlarni yaratgan kishi. Bu o’zini shifokor qilib ko’rsatadigan yolg’onchi bo’lishi mumkin. Bu shunchaki sizdan pul olishni istagan firibgar bo’lishi mumkin, masalan, koronavirus uchun yolg’on davolash uchun. Shunday qilib, bunday inqiroz paytida pul ishlashga harakat qiladigan boshqalardan foydalanadigan odamlar juda ko’p. Shunday qilib, firibgarlar bu ikkinchi turdagi yolg’on axborot tarqatuvchilardir.
Uchinchi turi – siyosatchi. Siyosatchilar buni o’z maqsadlari uchun qilishlari va hokimiyatga ega bo’lish uchun qilishlari mumkin. Aslida propaganda yangilik emas, u asrlar davomida mavjud bo’lib kelgan. Masalan, Donald Trumpning kiyimni oqartiradigan suyuqlikni koronavirusga qarshi dezinfektsiyalash vositasi sifatida ichkarida qabul qilish mumkinmi degan savoliga o’xshash narsa bo’lishi mumkin. Yuqori martabali kishi bunday ma’lumotni tarqatsa, bu juda xavflidir. Shuning uchun, siyosatchi yoki yuqori martabali odam, odatda, yolg’on ma’lumot tarqatishi va buni faqat hokimiyatni qo’lga kiritish uchun qilishi mumkin.
Keyingi – fitna nazariyotchisi. Fitna nazariyalari deyarli hamma joyda mavjudligini sezishingiz mumkin. Koronavirus qaerdan paydo bo’lgan? laboratoriyada yaratilganmi yoki u 5G tarmog’i bilan bog’liqmi – juda ko’p turli xil fitna nazariyalari mavjud. Ko’pincha odamlar shunchaki ma’lumotga ega emaslar, shuning uchun ular hamma narsani tuqib chiqaradilar. Bu muammolardan biri.
Va keyingi turi – bu insayder (biror tashkilotni ichidan turib tashqariga axborot sizdiruvchi inson). Biror narsani chuqur biladigan kishi. Bu shifoxonadagi noma’lum shifokor bo’lishi mumkin. Laboratoriyada ishlagan odam. Bu hukumat rasmiysi bo’lishi mumkin. Ammo bu odamlarning hech birining ismlari aytilmaydi va agar ularning ismlari ko’rsatilgan bo’lsa ham, unda ular haqiqiy emas. Shunday qilib, bu bilimga ega bo’lgan, ammo aslida hech narsani bilmaydigan qandaydir firibgar yoki insayder.
Keyingi turi – bu biror kishiga yaqin odam – qarindoshingiz yoki do’stingiz yoki sizga foydali bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni uzatish orqali sizga yordam berishni istagan kishi. Bular biz tez-tez bizga ma’lumotlar yuboradigan odamlar, WhatsApp-dagi xabar, Facebook-dagi pochta xabarlari, elektron pochta xabarlari yoki shunga o’xshash narsalarni bizga junatadiganlar. Bunga misol masalan, biz ko’rgan narsadan: sizda koronavirus borligini aniqlash uchun nafasingizni ushlab turish tavsiyasi.
Bu mashhur odam bo’lishi mumkin, ko’p obunachilari bo’lgan yuqori martabali odam. Ular har qanday bilimga ega emaslar, xususan ular gapiradigan mavzu bo’yicha ilmiy bilimlarga ega emaslar. Va ular hech narsani bilmaydigan mavzuni muhokama qilishlari juda xavflidir.
Shunday qilib, asosan yolg’on materialni yaratadigan etti xil odamlar bor, ularning har biri turli xil auditoriyaga va turli xil muammolarga ega. Shuning uchun, bularning barchasini kuzatib borishingiz kerak va har qanday ma’lumotni olganingizda har doim o’zingizdan so’rang – uni kim yaratgan, ular rostdan ham o’zlarini kim deb tanishtirayotgan insonlarmi yoki yo’qmi. Va ular nima haqida gaplashayotganlarini bilishadimi?
Siz nima qilishingiz kerak

“Siz tarkibni kim yaratgan” degan savolni berganingizdan so’ng, bu asl matnmi yoki yo’qligini bilib olishingiz kerak.

Misol uchun, agar kimdir fotosurat bilan bo’lishsa va u biron bir joyda portlash ekanligini aytsa. Agar siz ushbu rasmni olib, uni Google qidiruv tizimiga yoki Tin Eye deb nomlangan veb-saytga joylashtirsangiz, unda ushbu fotosurat avvalroq ishlatilganmi yoki o’zgartirilganmi buni ko’rishingiz mumkin. Fotosuratning haqiqiyligini tezda tekshirishning ko’plab usullari mavjud.
Avvalo, biror bir tarkibni ko’rganingizda o’zingizni qanday his qilayotganingizni o’zingizdan so’rang. U haqiqat bo’lish uchun haddan tashqari yaxshi ko’rinmayaptimi?
Rasmda haqiqatan ham orqasida katta semiz akula bo’lgan bir yigit turibdimi? Ko’zdan kechiring va bu rasm sizni qo’rqitadimi yoki o’ylashga majbur qiladimi, deb o’ylang. “Voy, rostdan ham shunaqa bo’lishi mumkinligi juda ajoyib”. Bilingki, agar bu haqiqat bo’lishi uchun juda ham yaxshi ko’rinadigan bo’lsa, unda haqiqat bo’lishi haddan tashqari yaxshi bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, avval o’zingizga savol bering va nima uchun uni boshqalar bilan bo’lishishdi, bu qanchalik to’gri va siz buni qanday isbotlashingiz haqida o’ylang. Siz yana e’tibor berishingiz kerak bo’lgan turli xil narsalar mavjud.
Shunday qilib, ma’lumot e’lon qilingan sanaga qarang. Rasmda yoki videoda nima borligini ko’ring. Binolar odamlar kiygan kiyimga nisbatan to’g’ri kelyaptimi? Yoki yo’l belgilari to’g’ri o’rnatilganmi, odamlar yo’lning qaysi tomonida harakatlanmoqda va ko’rinayotgan qanday landshaft. Rasmlar yoki videolardagi barcha mayda detallariga qarab chiqing.
Va keyin tekshirishingiz mumkin – qo’shimcha ma’lumot olish uchun sizga havolalarni taqdim etadigan ko’plab vositalar mavjud. Yoki siz First Draf News kabi biron bir joyga borib, kurslarni, vebinarlarni va boshqa foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Agar chindan ham bilishingiz kerak bo’lgan bitta mahorat bo’lsa, demak bu ma’lumotlarni tekshirish mahoratidir»
Qayerdan yordam olsa bo’ladi yolg’on ma’lumotlar bilan kurashayotgan turli saytlar va turli xil tashkilotlar mavjud. Darhaqiqat, bunday tashkilotlar va saytlarning kimligini aniqlash va First Draft News kabi o’quv kurslarini o’rganish, Tomson Reuters matnni tekshirish dasturini o’rganish kerak, har bir mamlakatda ushbu sohada ishlaydigan va hamkorlik qiladigan turli tashkilotlar mavjud.
Siz  o’z materiallaringizga javobgarlikni xis etishingiz kerak. Siz biron bir hikoyani topganingiz yoki biror siyosatchi biror narsa aytayotganini eshitganingizda, ular aytayotgan afsonani takrorlashdan oldin o’ylab ko’ring. Takrorlash bizni o’ylashga majbur qiladi: “bunda bir gap bor, bu haqiqat bo’lishi kerak, men buni oldin ham eshitganman.”
Shuning uchun juda ehtiyot bo’ling, bu ma’lumot asl muhitdan tashqariga chiqdimi yoki yo’qligini o’ylab ko’ring, agar tarqalmagan bo’lsa, siz tarqatuvchi bo’lib qolmasligingiz kerak. Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlardan nimalarnidir olib, bu haqda xabar berishadigan bo’lib qolishgan. Bu siyosatchining nutqi bo’lishi mumkin, mashhur kishi aytgan gap bo’lishi mumkin. Biz hamma narsadan ehtiyot bo’lishimiz kerak, tekshirib va savollar berishimiz kerak.
Bundan tashqari, siz biron bir narsani fosh qilishni xohlaganingizda, odamlarni dalillar bilan ko’mib tashlamang. Nimadir yolg’on ekanligini tushunish uchun juda ko’p dalillarni ko’rib chiqolmaymiz. Shuning uchun, bu yolg’on deb aytishingiz kerak va nima uchun bundayligi haqida bir yoki ikkita misol keltiring. Odatda, uchta qoidaga binoan, biz uchta narsani eslab qola olamiz, qolgan hamma narsani unutishga moyil bo’lamiz.
Shunday qilib, biror narsani fosh qilishda juda ehtiyot bo’lishga harakat qiling.

Shuni yodda tutish kerak bo’lgan yana bir narsa, siz biron bir narsaga samimiy ishonadigan odamning fikrini hech qachon o’zgartira olmaysiz. Masalan, kimdir o’zga sayyoraliklar borligiga chin dildan ishonadi. Bilaman, bu o’ta g’alati misol, lekin agar kimdir bunga ishonsa, unda siz hech narsani o’zgartira olmaysiz. Ammo bu odamning o’zga sayyoraliklar haqida gapirganini eshitgan boshqa odamlar, uning gaplariga o’zlarining dalillarini keltirishadi. Shunday qilib, biror narsaga chin dildan ishonadiganlarni, siz hech qachon ishontira olmaysiz, ammo siz boshqalarning fikrini o’zgartirishingiz mumkin.

Shunday qilib, dalillarni aniq bayon qiling, bilganingiz va bilmagan narsangiz haqida aniq bo’ling. Bu jurnalist bo’lish kabi juda muhimdir. Har doim qilishingiz kerak bo’lgan birinchi narsa – bu savol berish va hissiyotlardan emas, balki tanqidiy fikrlashdan foydalanish … garchi aslida siz hissiyotlardan ham foydalanishingiz mumkin.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish