Yuklash
Chop etish

Intervyu

Spoiler/Спойлер (click to read/кликните, чтобы прочитать)
Ushbu videoda biz intervyu olish uslublari haqida suhbatlashamiz.
Siz ba’zi odamlar intervyu do’stingiz bilan gaplashish kabi oson, deb aytishini eshitgan bo’lishingiz mumkin. Bu mutlaqo to’g’ri emas.
Intervyu oddiy suhbatdan ko’ra ko’proq strategik maqsadlarga ega bo’ladi. Biror bir masalaga aniqlig kiritishingiz kerak yoki kimdirdan aniq javob olishingiz kerak.
Ushbu maqsadlarga erishishning eng yaxshi usuli intervyu o’tkazishning yo’l-yuruqlarini yaxshi bilishdir. Shunday qilib, birinchi navbatda, siz qaysi turdagi intervyu qilmoqchi ekanligingizni o’zingizga hal qilib olishingiz kerak.
Qisqa ovozli lavhalarni olishga harakat qilyapsizmi? Masalan, siz televizion yangiliklar reportajini tayyorlayapsiz va sizga ushbu formatga mos keladigan juda qisqa iqtibosli lavha kerak. Bunday holda, siz uzoq suhbatni rejalamaysiz va intervyuning borishi haqida qayg’urmaysiz. Tomoshabiningiz ko’radigan maxsulot bu sizning hikoyangizga kiritilgan o’ndan o’n besh soniyagacha bo’lgan qisqa lavha videosi holos.
Bunday holda, ko’pincha suhbatdoshingiz bilan ochiq bo’lganingiz maqul. Agar ular fikrlarini aytishga ozgina vaqtlari borligini bilsalar, ular aniqroq va lo’nda javob berishadi. Ko’pincha, siz bir necha marta bir xil savolni berishingiz kerak bo’ladi, kerakli javobni olish uchun savolni aylantirib har hil qilib so’raysiz, maqsad o’zingizga kerakli javobni olish. Bunday holda, o’z maqsadingizga diqqatli bo’ling. Sizga yoritilayotgan mavzu bo’yicha bitta yoki ikkita yaxshi iqtibos kerak holos.
Intervyuning keyingi turi – bu to’liq (davomiy) intervyu.
Oldingi ssenariydan farqli o’laroq, bu yerda biz to’liq intervyu ko’ramiz yoki eshitamiz. Bu intervyu berayotgan odamga biron bir narsani aytib berish uchun ko’proq vaqt taqdim etadi, lekin siz suhbat qanday o’tishi haqida ko’proq o’ylashingiz kerak bo’ladi. Sizning savollaringizni hamma eshitadi, shuning uchun ularni sinchkovlik bilan o’ylab ko’rish kerak, shuningdek, intervyuning to’g’ri boshlanishi, o’rtasi va oxiri bo’lishi kerak.
Va nihoyat, formatga bog’liq intervyular ham bor. Masalan, televideniya va radioda vaqti chegaralangan intervyular mavjud. Bular bir daqiqaga mo’ljallangan blits savol-javob formatida bo’lishi mumkin, yoki har bir suhbatdoshga bir xil savol berishingiz mumkin, yoki tomoshabinlar taniqli kishilar yoki siyosatchiga yuborgan savollar formatiga ega bo’lishi mumkin. Bunday holda, format intervyuning borishini va savollarni belgilaydi.
Amalga oshiriladigan intervyularning eng qiyinlaridan biri bu – muammoli intervyu. Bunda siz suhbatdoshingizga qiyin savollarni berishingizga to’g’ri keladi. Bu, ehtimol, keskin tarzda o’tishi mumkin va siz gaplashayotgan odam deyarli o’zini mudofaa qilishiga to’g’ri keladi. Xo’sh, bunday intervyuni qanday qilib to’g’ri o’tkazish kerak?
Birinchidan, siz suhbat uchun aniq maqsadga ega bo’lishingiz kerak. Suhbatdoshlaringiz biror bir noto’g’ri ishini tan olishlarini istaysizmi? Muvaffaqiyat deb nimani hisoblaysiz? Keyin mantiqiy chiziq bor. Taqdim etayotgan mavzularingiz tabiiy ravishda biridan ikkinchisiga o’tishiga ishonch hosil qiling. Agar suhbatdoshingiz ketib qolishi yoki quyushqonidan chiqib ketishi xavfi bo’lsa, qiyin savollarni suhbatning yakuniy qismi uchun qoldirgan ma’qul. Agar siz intervyu boshida eng qiyin savollarni bersangiz va ular suhbatni mantiqan tugatib qo’ysa, unda sizda interyuni davom ittirish uchun hech sabab qolmay qoladi.
Sizda dalillar bormi? Agar siz sudda advokat bo’lgan bo’lganingizda, siz dalillarni taqdim qilishingiz kerak bo’ladi. Xuddi shunga o’xshab, ba’zi mavzularda suhbatdoshingizga rad etib bo’lmaydigan dalillarini taqdim etish kerak bo’lishi mumkin. Ulardan qanday foydalanishingizni o’ylab ko’ring.
Masalan, agar sizda siyosatchi yanvar oyida biron bir muammo haqida allaqachon bilganligini isboti bor, lekin avval u bu haqda qachon bilgani haqida undan so’rashingiz kerak. Agar u bu haqda birinchi marta mart oyida eshitganligini aytsa, u haqiqatni gapirmayotganligini ko’rsatib, o’zingizning dalillaringizni taqdim etishingiz mumkin. Qanday qilib va ​​qachon o’zingizning dalillaringizni taqdim etishingiz, intervyuingizning muvaffaqiyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Oxirida bitta fikrni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Muammoli intervyularda biz ba’zan nima qilayotganimizni – tomoshabinlarga xizmat qilishni unutib qo’yamiz.
Ba’zan, ayniqsa radio va televideniyada, jurnalistlar tajovuzkor intervyu qilsalar bu intervyuni yaxshi deb hisoblashlari mumkin. Muammo shundaki, ba’zida bunday intervyular bir-birlariga baqirishdan nariga bormay qoladi.
Har doim o’zingizdan ushbu intervyu sizning auditoriyangizga xizmat qiladimi, ularga ma’lumot beradimi yoki shunchaki qarama-qarshilikmi, deb so’rang.
Siz gaplashayotgan odamdan yaxshi javob olishning eng yaxshi usuli bu ular bilan bog’lanishdir. Buning bir necha usullari mavjud.
Birinchidan, intervyu boshidayoq o’zaro hurmatni o’rnatib olishga harakat qiling. Notanish odamni uchratganingizda, siz ko’proq ehtiyotkorlik va hatto tashvishlanishga moyil bo’lasiz. Xuddi shu narsa intervyu berayotganlarga ham tegishli.
Intervyu beradigan odam bilan oldindan suhbatlashish uchun vaqt va imkon bo’lsa, bu ularga o’zlarini hotirjam his qilishga yordam beradi va siz bilan munosabat o’rnatishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, travma olgan yoki intervyu paytida asabiylashgan kishi bilan muomalada bo’lganingizda foydalidir.
Agar siz intervyu uchun uchrashgan zaxoti darhol intervyu olishni boshlasangiz, bunda o’zaro munosabatni shakllantirish ancha qiyin bo’ladi. Keyin, savollaringiz bilan intervyuga yo’nalish bering. Odamlar nima qilayotganingizni o’zlarida aks ettirishga moyildirlar. Ular bilan suhbatlashish uslubingiz, ularning javoblaridan nimani kutayotganingizni ko’rsatadi.
Masalan, agar men samimiy, quvnoq intervyu olishni xohlasam, xuddi shu kayfiyatda savollar berardim. Suhbatdosh, ehtimol mening kayfiyatimga ergashib, engil hech qanday siquvlarsiz javob berishni boshlaydi.
Shunga o’xshab, agar men hissiy intervyu qilmoqchi bo’lsam, xotirjam va o’ychan o’zimni tutsam, ular, ehtimol, xuddi shu tarzda javob berishadi. Intervyu kayfiyatini jurnalist o’rnatadi.
Keyingi maslahat kulgili eshitilishi mumkin, lekin uni gapirish kerak. Javoblarni diqqat bilan tinglayotganingizga ishonch hosil qiling.
Bir nechta savollar to’plami tayyor bo’lganda, javoblarni e’tiborsiz qoldirib, savollarni birma-bir o’qib berish holatiga tushib qolishingiz mumkin.
Men radioda ishlay boshlaganimda bu xatoga yo’l qo’yardim. Suhbatni qayta tinglaganimni eslayman va intervyu davomida qo’shimcha savol talab qiladigan biron bir nuqtasida qo’shimcha savol bermay o’tib ketganman,  buni keyin tushungan edim, lekin noto’g’ri tinglaganim sababli bu laxzani o’tkazib yuborgan edim.
Ehtiyotkorlik bilan tinglang va ular siz ko’proq bilmoqchi bo’lgan narsalar haqida gapirayotganliklariga amal qilishga intiling.
So’nggi gap – ulardan his-tuyg’ular va fikrlarni so’g’irib oling. Jurnalist sifatida siz faktlar va raqamlar haqida yozishingiz yoki gaplashishingiz mumkin. Bu, albatta, gaplashish uchun juda muhim bo’lgan narsalar, lekin suhbatdoshni o’z fikrlari va his-tuyg’ularini ifoda etishga majbur qiladigan savollar berishni ham unutmang.
Birinchidan, bu sizning intervyuingizni insoniy darajada qiziqarli qiladi va shuningdek, yakka o’zingiz qila olmaydigan xususiyatlarni intervyuga qo’shadi. Muxbir sifatida siz biron bir masalani qo’llab-quvvatlamasligingiz yoki qarshi chiqmasligingiz kerak.
Biroq, buni o’zingizning hikoyalaringizga yaxshi intervyularni qo’shish orqali qilishingiz mumkin. Shunday qilib, savollaringiz nafaqat nima bo’lganini, balki odamlar bu haqda qanday fikrda ekanliklariga ham aniqlik kiritsin.
Intervyu muvaffaqiyati rejalashtirish bosqichida boshlanadi. Birinchidan, intervyu olmoqchi bo’lgan manzil bunga mos keladimi?
Agar bolasinini yo’qotgan ota-ona bilan qiyin intervyu bo’lsa, chalg’imaslik uchun uni tinch joyda o’tkazish maquldir.
Agar siz katta o’yin oldidan sport muxlislari bilan suhbatlashayotgan bo’lsangiz, uni gavjum va shovqinli muhitda o’tkazish tabiiyroq bo’lishi mumkin.
Intervyu joyi siz aytmoqchi bo’lgan voqeaga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Bu, ayniqsa, televideniya va video uchun juda muhimdir. Siz qiziqarli joyni tanlashingiz kerak, lekin shu bilan birga, hech narsa chalg’itmasligi zarur.
Keyin, siz mavzuni yaxshilab o’rganib chiqdingizmi? Qancha yaxshi bilsangiz, hikoyaning eng qiziqarli qismlarini tanlash imkoniyati shunchalik katta.
Tasavvur qiling, siz vaktsinalar haqida bir olimdan intervyu olmoqchisiz. Buni amalga oshirishdan oldin, vaktsinalar, atamalar va sizning hikoyangiz bilan bog’liq har qanday muammolar haqida iloji boricha ko’proq ma’lumotga ega bo’lish yaxshi bo’lar edi.
Suhbatdoshingiz haqida iloji boricha ko’proq ma’lumot oling. U bergan eski intervyularni ko’rishga yoki o’qishga harakat qiling. U savollarga qanday javob berishga odatlangani haqida tasavvurga ega bo’ling va intervyuga qo’shmoqchi bo’lgan fikrlarni yozib oling.
Boshqa bir nechta maslahatlar. Ularni hayratga tushirib quying. Bu ko’p marta intervyu bergan taniqli yoki mashxur odamlarga tegishli. Bu odamlarga deyarli xuddi avtopilotdagidek bir xil savollarni berishadi har doim.
Agar siz ularni hayratda qoldirsangiz, bu sizga ko’proq tabiiy, yodlanmagan javobni taqdim etadi. Buning bir necha usullari mavjud: tomoshabinlardan savollar olish, videoklip qo’yib berish, eski fotosuratni ko’rsatish. Tabiiy javob olish uchun qilishingiz mumkin bo’lgan barcha narsa juda samarali bo’lishi mumkin.
Ochiq yoki ikki ma’noli savollarni bering. Ular “ha” yoki “yo’q” javob berishi mumkin bo’lgan savollarni bermang. Agar siz shu kabi savollarni berishni boshlasangiz, unda ularni ikki qismli savollar shaklida berish yaxshiroqdir.
Masalan, “yashayotgan joyingizni yoqtirasizmi” deb so’rasam, siz “ha” yoki “yo’q” deb javob berishingiz mumkin. Agar men savolni “yashayotgan joyingizni yoqtirasizmi va nima uchun?” deb beram, unda to’liq jumla bilan javob berishingiz kerak bo’ladi.
Ba’zida suhbatdoshlardan ularga oldindan savollarni yuborish so’raladi. Bu yaxshi emas. Siz ularga qanday mavzularda gaplashmoqchi ekanligingizni ayta olasiz, lekin agar siz ularga oldindan savol bersangiz, ular ehtimol javoblarini tayyorlab yodlab olishadi va siz juda g’ayritabiiy intervyu olasiz.
Haqiqiy intervyudan oldin ular bilan uchrashganingizda ularga intervyu savollarini bermaslik yaxshiroqdir. Ba’zida birinchi tabiiy ravishda berilgan javob eng yaxshisidir.
Va oxirgi maslahat. Ehtimol siz boshida beriladigan bitta asosiy savolga ega bo’lishingiz mumkin. Siz intervyu boshida bu savolga munosib javob olishingiz ham mumkin, ammo aksariyat hollarda suhbat davomida suhbatdoshlar qizib borishadi va oxirida ular ancha erkin va faol bo’lishadi. Ba’zan bu asossiy savolingizni intervyu oxirida yana boshqacha so’zlar bilan so’rash maqsadga muvofiqdir. Shu tarzda, suhbatdoshlar qizib olgandan so’ng, bo’shashganlaridan so’ng va eng yaxshi formada bo’lganlarida eng muhim savolingizni so’rasangiz, sizda yahshiroq javob olish imkoni ko’proq bo’ladi.
Bular intervyu olish haqidagi ba’zi fikrlar edi. O’zingizga maqsad qo’ying, siz olmoqchi bo’lgan intervyu turini aniqlab oling, tadqiqotlar o’tkazing, savollaringizni tayyorlab oling,  yaqin munosabat qurib oling va diqqat bilan tinglashni unutmang.

Agar siz imlo xatosini topsangiz, iltimos, ushbu matnni tanlab va Ctrl + Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering.

Yuklash
Chop etish