-
1-modul
Birinchi modulda siz jahon tajribasi misolida kreativ sanoatlar hodisasi, o‘ziga xosliklari va imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Shuningdek, kreativ iqtisodiyotning paydo bo‘lishiga turtki bergan omillar, uning asosiy tushunchalari, kreativ sanoatlarnining turlari va o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rib chiqiladi
-
2-modul
Ikkinchi modulda siz kreativ sanoatlarning ishlash mexanizmlari bilan tanishasiz, kreativ tadbirkorlikning roli hamda u qanday qimmatliklarni yaratishi haqida bilib olasiz. Markaziy Osiyo mamlakatlarida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning afzalliklari haqidagi bo‘limga qo‘shimcha tarzda Doniyor Amanaliyevning Qirg‘iziston bu sohada mintaqaning ilk qaldirg‘ochi ekani borasidagi keysi bilan tanishasiz
-
3-modul
Uchinchi modulda siz zamonaviy tadbirkorning profili bilan tanishasiz, hamda tadbirkorona fikrlash, xatto siz o‘z shaxsiy biznesingizni ochish niyatida bo‘lmasangiz ham, mavqeingiz va martabangiz oshishiga qanday yordam berishi mumkinligini bilib olasiz. Sizda Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatidan olingan kreativ loyihalarga oid ilhomlantiruvchi misollar bilan tanishish hamda mintaqadagi kreativ hamjamiyatlarga yo‘l topish imkoniyati paydo bo‘ladi