Targ‘ibot nima va uni qanday farqlash mumkin

Kursning tavsifi

Mazkur kurs targ‘ibot mavzusiga bag‘ishlangan. Kursning asosiy maqsadi – targ‘ibot narrativlarini aniqlash va ularga qarshi tura olish uslublariga o‘rgatishdan iborat. Kurs targ‘ibotni, zamonaviy dunyoda targ‘ibotning maqsad va vazifalarini aniqlash masalalarini ochib beradi, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kurs qatnashchisi targ‘ibot tushunchasi bilan tanishishdan tashqari, targ‘ibot materiallarida qanday narrativlar mavjudligini anqilashni ham o‘rganib oladi. Targ‘ibot televideniye, yangiliklar nashrlari kabi an'naviy medialar nuqtai nazaridan ham, ijtimoiy tarmoqlardagi pablik va sahifalar kabi raqamli vositalar nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kursda turli darajada targ‘ibotga qarshi kurashish va turish usullari ham tahlil qilinadi.

Mazkur kurs quyidagilarga yordam beradi:

  • Targ‘ibot nimaligi hamda uning maqsad va turlarini bilish;
  • Targ‘ibotni aniqlashga yordam beradigan uning asosiy usul va belgilari bilan tanishish;
  • Targ‘ibotning vositalari bo‘lgan narrativlarni aniqlashni o‘rganib olish;
  • An’anaviy media va raqamli platformalarda targ‘ibot qanday namoyon bo‘lishini bilish;
  • Urush davridagi targ‘ibotning o‘ziga xosliklari va uning asosiy narrativlarini bilib olish;
  • Shaxsiy darajada, jurnalist faoliyatida va ijtimoiy hayotda targ‘ibotga qarshi turish va kurashish usullarni bilan tanishish.

Kursning auditoriyasi

Kurs Markaziy Osiyoning boshlovchi va amaliyotchi yosh tahlilchi va jurnalistlariga, media mutaxassislariga mo‘ljallangan

Kursning formati

Kurs beshta moduldan iborat va 5 hafta o‘qitishga mo‘ljallangan. Ta’lim oluvchilarning bir haftalik yuklamasi 2-3 soatni tashkil qiladi (bo‘lim va amaliy topshiriqlarning murakkabligidan kelib chiqib). U matnlar aytib berilgan qisqa video ma’ruzalardan, matnli  ma’lumotlardan, tarqatma materiallardan  va mustaqil bajariladigan vazifalardan tashkil topgan. Kurs doirasida sizga targ‘ibot kampaniyalari va ularning elementlari aks etgan ko‘rgazmali keyslar taqdim etiladi. Kursda 80 %li yakuniy test ham mavjud. Testni topshirish uchun 10 ta urinish taqdim etiladi. Urinishlar limitidan foydalanib bo‘linganda, tizim bloklanadi va kursga qayta ro‘yxatdan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Shu bois biz barcha ishtirokchilarga test topshirig‘ini bajarishga bo‘lgan dastlabki omadsiz urinishlardan keyin kursning taqdim etilgan materiallarini diqqat bilan qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etamiz. Xohishingizga qarab siz kursda to‘rt marta qayta o‘qishingiz mumkin.

 
5 hafta
Treningni boshlash uchun ro'yxatdan o'ting
Hisobingiz bormi?
Сўровномани тўлдириш

Siz nimani o'rganasiz?

Targ‘ibot nima, uning qanday tur va maqsadlari bor?
Targ‘ibotning asosiy usullari
Targ‘ibotning narrativlari va ularni tarqatish prinsiplari
Urush davridagi targ‘ibotning qanday o‘ziga xosliklari mavjud?
Shaxsiy va jamiyat darajasida targ‘ibotga qarshi qanday kurashish mumkin?
Jurnalist va tahlilchiga targ‘ibot qurboni bo‘lmaslik uchun 10 maslahat

Dastur

O'qituvchilar

Tez-tez so'raladigan savollar