Jurnalistikadagi analitik yo’nalish – bu tahliliy maqola, tahliliy hisobot, ehtimol hatto tahlil elementlari bo’lgan intervyu kabi janrlarni o’z ichiga olgan butun bir majmuadir. Biz ma’lumot bilan ishlashda har tomonlama va kompleks yondashuv haqida gapiramiz. Juda katta miqdordagi ma’lumotlarni o’rganib chiqish, tahlil qilish va o’quvchiga yoki tomoshabinga sodda tarzda taqdim etish muhimdir.
Analitik materialining vazifalari
Uchta asosiy vazifa mavjud: birinchisi, ba’zi bir hodisalar, voqealar, muammolar va fenomenlarning mohiyatini ochib berish. Ikkinchisi – tendentsiyalarni tahlil qilish va ularning ahamiyatini baholash. Uchinchisi – samarasiz rivojlanish modellarini tanqid qilish: jurnalist muammolarni tahlil qiladi va qaysi jarayonlar mamlakatlar miqyosida yoki kompaniyalar miyosida noto’g’ri ketayotganini ko’rsatadi. Boshqa tomondan, har doim tahliliy (analitik) materialda vujudga kelgan muammoli vaziyatdan chiqish yo’li, ba’zi xulosalar va ehtimol muammoning yechimi yoki rivojlanish prognozni hal qilish bo’yicha tavsiyalar ko’rsatilishi muhimdir. Bu jurnalistning tahliliy ishining natijasidir.
Dalillar va mutahassislarning fikrlarga asoslangan tahliliy jurnalistika muhim ijtimoiy muammolarni ko’taradi. Mutaxassislar va ekspertlarning takliflari orqali tahliliy jurnalistika muammolarga yechimlarni taklif qiladi.
Analitik materialni tayyorlashdan oldin o’zingizga savol berishingiz juda muhim: bu mavzu jamiyatga qanday ta’sir qiladi, bu jamiyat uchun muhimmi? Ikkinchi savol – jurnalist tanlagan mavzu qanchalik muhim? Umumiy tendentsiyalarni qanchalik to’g’ri aniqlaydi? Ushbu mavzu jamiyatni qiziqtiradimi? Ushbu mavzu mamlakatning, shaharning kundalik hayotiga ta’sir qiladimi? Bularning hammasi jurnalist nima haqida yozishiga bog’liq.
Agar biz murakkab va butun bir kompleksni qamrab oladigan mavzu haqida gapiradigan bo’lsak, unda har doim bu mavzga doir manbalar ko’p bo’lishi aniq. Bitta, ikkita yoki uchtadan ham ko’p. Bu birinchi bosqich. Ikkinchi bosqich – bu ma’lumotlarni tahlil qilish va o’rganish. Keraksiz ma’lumotlarni filtrlab ajratish va ma’lumotlarning klassifikatsiya qilish kerak.
Bir qoida bor:
Shuningdek, “keyin nima bo’ladi?” degan savolga javob berish juda muhim. Material qanday qilib u yoki bu muammoni hal qilish mumkin degan savolga javob berishi kerak, shunda material bizda hamma narsa yomon degan hulosa bilan yakun topmaydi. Tanqid qilyapasizmi – taklifini ham bering!
Yaxshi analitika qilish qoidalari
- Dolzarb mavzuni tanlang
- Muammolarni to’liq tushunib oling
- O’zingizni hissiyotlaringizni jilovlang
- Maksimal manbalar va fikrlarni to’plang
- Keraksiz ma’lumotlarni olib tashlang – muammoni “yoyib tashlamang”
- Prognozlarni ishlab chiqing
- Muammoning yechimlarini taklif qiling
Anlitik jurnalist uchun qanday fazilatlar muhim?
Bunday jurnalist yaxshi ma’lumotli bo’lishi kerak. U siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va hokazolar haqida asosiy bilimlarga ega bo’lishi kerak, chunki davlat qanday ishlashini, davlat muassasalari qanday ishlashini tushunmaydigan odam uchun mamlakatda byudjet pullari qanday sarf qilinadi, ularni qanday taqsimlanadi va to’g’ri yoki noto’g’ri sarflanyaptimi tahlil qilish juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun, har tomonlama, ehtimol, tahlil bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan odam uchun juda katta talablar mavjud. Ya’ni, asosiy ijtimoiy jarayonlardan doimo xabardor bo’lish va har tomonlama bilimlarga ega rivojlangan shaxs bo’lish kerak.
Jurnalist bitta mavzu bilan shug’ullanganida, u bu mavzuga aloqador mutahasisslar tarmog’ini shakllantiradi. Bu qo’shimcha ma’lumot to’plash uchun muhimdir. Shuningdek, bitta mavzu bo’yicha ixtisoslashgan jurnalist tendentsiyalarni ko’ra oladi. U bir yil yoki ikki yil oldin nima bo’lganini taqqoslay oladi. U katta miqdordagi ma’lumotni qayta o’rganib chiqishi uchun ehtiyoj yoq. Barcha kerkali malumotlar allaqachon uning hotirasida bor, chunki o’zi bu mavzudagi barcha jarayonlarni ko’p yillar davomida kuzatib kelgan. Tahlil sohasida ixtisoslashuv muhimdir. Menimcha, bu barcha jurnalistlar uchun ham muhimdir.
Qanday qilib ob’ektivlikni saqlash kerak?
Bu har doim qiyin. Chunki jurnalist bu jamiyatda yashaydi, barcha adolatsizlikni ko’radi va shuning uchun muammodan o’zini chetga olib yondan nazar tashlab tahlil qilish qiyin. Ammo siz tushunishingiz kerak: muammoni hal qilish uchun tiniq aql va mantiqiy fikrlash kerak. Bu har doim yordam beradi, chunki raqiblar, majoziy aytganda, bu davlat tashkilotlari bo’lishi mumkin, biron bir narsani buzayotgan ba’zi korporatsiyalar bo’ishi mumkin, ular his-tuyg’ular bilan ishlamaydilar – ular sizdan faqat tahlillar va dalillarni talab qiladilar, hissiyotlarni emas, chunki baho berish har doim hissiyot bilan aralashgan bo’ladi. Faqatgina o’zingizni chetga olib, chetdan nazar solib vaziyatni o’rganganingizda siz tahlillar va dalillar keltira olasiz. Jurnalist-tahlilchi his-tuyg’ularga va subyektiv baholarga emas, balki dalillarga tayanishi kerak.
Agar biz taraqqiyotni xohlasak, kimdir haqiqatni aytishi kerak. Agar biz qilmasak, unda kim buni qiladi? Bizning jamiyatimiz yaxshi tomonga o’zgarishi juda muhimdir, buning uchun kimdir vujudga kelgan past-balandlar haqida yozib ularni yoritishi kerak. Bu jurnalistning vazifasi. Jurnalistning vazifasi – jamiyat hal qilishi kerak bo’lgan jiddiy va dolzarb muammolarni ko’rsatish.
Odamlar ma’lumotlarni kerakli miqdorda ololmaganda, ularga mamlakat uchun ba’zi muhim qarorlarni qabul qilish qiyin bo’ladi. Agar ular davlatda, masalan, saylovlarda qanday siyosiy jarayonlar ro’y berayotganini tushunmasa, unda qanday qilib ular ovoz berishlari mumkin? Bu muhimmi? Muhim!
Biz nima qila olishimiz haqida o’ylashimiz va auditoriyamizni shakllantirishimiz kerak. Hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Biz materiallarimiz bilan auditoriyani shakllantiramiz. Jurnalistlar jamiyatning orqasidan ketmasliklari kerak, jamiyat rivojlanish jarayonini ta’minlash uchun bir qadam oldinroq borishlari kerak. OAV vakillari jamiyatning jiddiy va keng ko’lamli muammolariga fuqarolarning o’zlari manfaati yo’lida e’tibor qaratishlari kerak.
Qanday qilib analitik jurnalistikaning eng zo’ri bo’lish mumkin?
- O’z bilimingizni doimiy ravishda chuqurlashtirib boring
- Manbalar va mutaxassislarning ma’lumotlar bazasini yarating
- Mavzularingizni kuzatib boring
- Tuyg’ularga berilmang
- Faqat faktlar bilan ishlash
- Dalillar bazasi eng yaxshi argument
- Axborot maydonini shakllantiruvchi bo’ling
- Auditoriyani fikrlashga undang
Tahliliy yoki analitik jurnalistika jurnalistikaning eng yuqori yo’nalishidir. Uning mezonlari butun dunyoda universaldir. Birinchidan, bu jurnalistning aql-farosatini sifati, mavjud muammolar maydonini tarix bilan bog’lash qobiliyati. Ikkinchidan, nutq qobiliyati. Murakkab fikrlar oddiygina aytilishi kerak. Jurnalist mutaxassislar uchun yozmaydi. Uning auditoriyasi soni cheklanmagan va ideal holda, hohlagan o’qishni istagan kishi jurnalist nima demoqchi ekanligini tushunishi kerak. Uchinchidan, jurnalistning shaxsiy jasorati muhim, u rahbarlarga qarshi chiqishdan qo’rqmasligi kerak, oqni qora deb nomlamasligi kerak. U haqiqatni buzolmaydi. To’rtinchidan, jurnalistning axborot olish imkoniyatiga ega bo’lgan makonning mavjudligi muhimdir.
Tahliliy jurnalistikaning mavzusi – bu ijtimoiy hodisalar, voqealar, jarayonlar, vaziyatlar va ijtimoiy rivojlanishga tegishli nazariy va amaliy muammolardir. Bularning barchasini tushunish uchun jurnalist voqealarni rivojlanishining sabablari va shartlarini aniqlashi, muayyan vaziyatda harakat qilayotganlarning yashirin va ochiq maqsad va niyatlarini aniqlashi, vaziyatni rivojlantirish usullari va yollarini tanlashning to’g’riligini, bildirilyatgan nuqtai nazar va fikrlarning asosliligini baholashi kerak. Aytish kerakki, bunday materiallar odatda katta hajmga ega: ikkita abzats bilan nima sodir bo’layotganini mohiyatini ochib berib bo’lmaydi. Darhaqiqat, agar fakt axborot jurnalistikasida muhim bo’lsa, unda tahliliy jurnalistikada bu faktlardan kelib chiqadigan fikr va muallifning his-tuyg’ulari muhimdir.